• 1. ADABIYOTLAR SHARHI
  • Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/11
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #257388
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Kurs ishini maqsadi:
    Xarajatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va va daromadlarni
    oshirish ha ularni hisobga olishni amalga oshirish.
    Ushbu kurs ishining vazifalari:

    Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va huquqiy-me’yoriy asoslari

    Xarajatlarni guruhlanishi

    Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi

    Korxonaning daromadi turlari


    5
    1. ADABIYOTLAR SHARHI
    1. D.Q.Usmanova Buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand,
    SamDU, 2020. -388 bet.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma «Buxgalteriya hisobi» fanining o‘quv dasturi asosida
    tayyorlangan. Unda Buxgalteriya hisobi va hisobotining konseptual asoslari, aktivlar,
    majburiyatlar va xususiy kapitalning hisob va hisobotda aks ettirilish xalqaro hamda
    milliy standartlarga asoslangan holda ochib berilgan.
    Oliy o‘quv yurtlarida 5230100 – «Iqtisodiyot», 5111000 – “Kasb ta’limi
    iqtisodiyot” 5231700 - “Kadrlar menejmenti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat
    talabalari uchun mo‘ljallangan.
    Ushbu kitob 9-mavzusi: Xarajatlar hisobi nomlangan. Unda xarajatlar
    to‘g‘risida tushuncha va ular hisobini tashkil qilishning huquqiy me’yoriy asoslari,
    xarajatlarni guruhlanishi, egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi,
    mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va
    uni hisobdan chiqarish hisobi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va
    ularning hisobni tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobiga oid
    mavzular yoritilgan.
    2.S. Yuldasheva, I. Masteyeva, B. Maxkamov “Buxgalteriya hisobi asoslari”
    «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2007
    Mazkur o‘quv qo‘llanma Germaniya texnikaviy hamkorlik tash kiloti (GTZ)
    hamda Germaniya taraqqiyot banki (KFW) ishtirokidagi «Axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalari sohasida kasb-hunar ta'li mini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi
    doirasida ishlab chi qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
    vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan axborot-kommu
    nikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan.


    6
    Ushbu kitob 9-mavzusi: Xarajatlar hisobi deb nomlangan.
    Unda daromad olishga xarajatlarning ta'siri, qo‘shimcha xarajatlarni taqsimlash
    usullari, mahsulot birligiga xarajatlarni taqsimlash tizimlari, buxgalteriya hisobi
    schyotlarida tannarxni aks ettirish haqida mavzular yoritilgan.
    3. R.D.Dusmuratov “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” Toshkent - «Fan va
    texnologiya» - 2013
    Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim
    yo‘nalishining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Muallif buxgalteriya hisobining
    asosiy tamoyillarini, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rolini batafsil bayon etgan
    va
    tahlil
    qilgan.
    Shuningdek,
    hisobning
    ahamiyati
    va
    axborotdan
    foydalanuvchilaming har xiI toifalari uchun taqdim etiladigan ma'lumotlarga batafsil
    to‘xtalgan.
    Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va
    uslubi,balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan
    holdagi yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik
    va sintetik hisobning xususiyatlari kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan masalalar
    tushunarli va batafsil bayon qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni
    baholash, kalkulatsiyalash uslublari va ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish
    jarayonlarini hisobga olishning xususiyallarini yoritish muhim o‘rin egallagan.
    Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya
    hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning hisob
    siyosati, buxgalteriya hisobini miIliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish
    masalalari alohida o‘rin tutadi. Darslikdagi barcha materiallar yangi huquqiy-me'yoriy
    hujjatlar, jumladan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan.
    Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo‘nalishi
    talabalari, magistrantlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.Shuningdek,
    kitobamaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va korxona rahbarlari uchun
    hamfoydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz.


    7
    Ushbu 9-bobida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulatsiyalash dab
    nomlangan. Kalkulatsiyalashning mohiyati va ahamiyati, xarajatlarning turkumlanishi
    KaIkuIatsiyaning turlari, xarajatlar hisobi va kaikulatsiyalash obyektlari, kalkulatsiya
    birligi va kalkulatsiyalash bosqichlari, xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash
    usullari mavzulari to‘liq yoritilgan.
    4. Hasanov Bahodir Akramovich, Xashimov Akram Abdievich, “Boshqaruv
    hisobi” darslik
    Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish,
    ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, byudjetlashtirish, segmentlar bo'yicha hisob
    va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan.
    Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan o‘quv dasturiga muvofiq
    tayyorlangan. Kitobda rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan va BMT tomonidan
    tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng
    foydalanilgan."Boshqaruv hisobi" darsligi iqtisodiy oliy o'quv yurtlarining shu
    sohadagi o'qituvchilari, aspirantlari, magistrlari va yuqori bosqich talabalariga
    mo'ljallangan. Shuningdek, korxona boshqaruvchilari va mutaxassislar ham
    foydalanishlari mumkin
    Ushbu 2-bobi xarajatlarni turkumlash va hisobga olish deb nomlangan. Unda
    xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi,
    ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga
    olishni tashkil etish, qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olishga oid ma’lumotlar to‘liq
    yoritilgan.


    8

    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi

    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish