• Ob’ekt soyalarini yaratish.
  • Uch o‘lchovli o‘zgartirishlar.
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/75
    Sana25.01.2024
    Hajmi15,83 Mb.
    #145778
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
    Bog'liq
    kommunikacion tehnologijalar 2020 j

    Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 
    123 
    Harakatlanuvchi tugma ajratilgandan so‘ng Internet panelidan «Extract Rollover 
    Obj ect» tugmasi bosilganda barcha qismlar bir-biriga joylashgan alohida ob’ektlar 
    ko‘rinishda ajratiladi. Ularni sichqoncha orqali boshqa qismga ko‘chirib bunga 
    amin bo‘lish mumkin. Tayyor rasmni Internetdagi ko‘rinishini ko‘rish uchun 
    Internet panelida «Internet» tugmasini bosiladi. Natijada ekranda muloqot oynasi 
    hosil bo‘lib, unda Internet - hujjat formati o‘zgartiriladi. Xotirada saqlanganda esa 
    faqatgina rasmlar yaratilmasdan, balki WWW -sahifalarda ob’ektlar ko‘rinishlarini 
    o‘zgartirish mumkin bo‘lgan kodlar ham hosil qilinadi. 
    Ob’ekt soyalarini yaratish.Ob’ekt soyasini unga hajm o‘rnatish orqali ham hosil 
    qilish mumkin bo‘lsada, maxsus uskuna yordamida unga soya o‘rnatish 
    qulayroqdir. Bunda yarim shaffof bo‘lgan, turli tomonlar bo‘yicha tushib turgan 
    soyalarni hosil qilamiz. Yordamchi paneldagi interaktiv uskunalardan «Interactive 
    Drop Shadow Tool» ni tanlab, siqchoncha ko‘rsatkichini tuzilgan ob’ekt markaziga 
    o‘rnatish, so‘ngra tugmasini bosib turib sichqonchani chetga ko‘chirish lozim. 
    Ekranda soya konturlari va sozlash vektori hosil bo‘ladi

    Sichqoncha tugmasini 
    qo‘yib yuborganda ob’ekt soyasi chizilgan bo‘ladi
    .
     
    16.3-rasm. Matnlarga soyalar berish.
    Soya tushish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun vektor oxirini ko‘chirib, sozlash 
    vektori markazida joylashgan konturli to‘rtburchakni vektor oxiriga yaqin qismga 
    ko‘chiriladi, bunda soya Yanada to‘q tuslanadi. Property 
    Soyani o‘chirish uchun Property Bar (Xususiyatlar) panelida «Clear» tugmasini 
    bosish lozim. 
    Uch o‘lchovli o‘zgartirishlar.Rastrli grafiklar bilan ishlaganda hajmiy 
    ko‘rinishlarni beruvchi imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Buning uchun 
    menyudan Bitmaps/3D Effects  (Rastrrli tasvirlarda uch o‘lchovli o‘zgartirishlar) 
    buyrug‘i tanlanadi.  
    16.3-rasm. Uch o‘lchovli o‘zgartirishlar. 
    O‘rnatilgan menyuda bir necha ko‘rinishdagi o‘zgartirish amallari mavjud 
    bo‘lib, ular tasvirlar ustida uch o‘lchovli o‘zgartirish amallarini bajaradi. Misol 
    sifatida qush uyasi rasmidan foydalanamiz va unga turli xildagi harakatlar qo‘llaymiz. 
    Barcha keyingi ko‘riladigan misollar faqat Shu suratdan foydalanib quriladi. 


    124 
    16.4-rasm. Uch o‘lchovli harakatlar. 
    Uch o‘lchovli aylanma harakat menyudagi 
    3D 
    Rotate (uch o‘lchovli harakat) 
    buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Buyruq berilgandan so‘ng ekranda harakatni 
    boshqarish muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Harakatlarni o‘rnatish muloqot oynas ishlash 
    tamoyili Yuqorida ko‘rib o‘tilgan rangni o‘rnatish oynasi bilan bir xil bo‘lib, unga 
    ortiqcha izoh Shart emas. Tasvirni o‘zgartirish amali sichqoncha ko‘rsatkichi 
    yordamida yoki muloqot oynasi satriga qiymatlarni kiritish orqali bajarilishi 
    mumkin.Maxsus belgi yordamida o‘rnatilayotgan silindr diametri, Ya’ni rasm egriligi 
    belgilanadi. Manfiy qiymatlar botiq silindrni, musbat qiymatlar esa - qavariq silindrni 
    aniqlaydi. O‘zgartirishlar natijasida rasm markazi juda siqilgan yoki yoyilgan bo‘lib 
    chekka qismlari o‘zgAРMAy qoladi. Bir xil rangda qoplangan tasvirlar Emboss 
    (Qoplama) orqali yaratiladi. Harakatni o‘rnatish muloqot oynasida chiziqlar qalinligini 
    Depth (Qalinlik), qavariqlik darajasini esa Level (Daraja) yordamida belgilash mumkin. 
    Hajmiy ko‘rinishni hosil qiluvchi yorug‘likning tushish burchagi quyida berilgan. 
    Muloqot oynasining o‘ng qismida qoplash rangini tanlash
    mumkin. Qog‘oz varag‘ining bukilishni hosil qilish amali menyudagi Page Curl 
    (Varaq bukilishi) buyrag‘i orqali bajariladi. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida bukilishi 
    lozim bo‘lgan varaq burchagi tanlanadi, shimga mos ravishda muloqot oynasining 
    chap qismidan foydalaniladi. Direction (Yo‘nalish) tugmasi esa gorizontal yoki 
    vertikal bukilish yo‘nalishini belgilaydi.
    16.5-rasm. Perspektiva ko‘rinishni hosil qilish. 
    Hosil bo‘lgan muloqot oynasida perspektiva ko‘rinishni hosil qilish uchun tasvir 
    burchaklaridan tortiladi. Qarama-qrashi tomonlar esa bir-biri bilan bog‘langan holda 
    bo‘ladi. Bunda bir tasvirning bir tomonini o‘zgartirganda, ikkinchi tomon mos 



    Download 15,83 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov

    Download 15,83 Mb.
    Pdf ko'rish