|
O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat dasturi
|
bet | 4/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 127,45 Kb. | | #247170 |
Bog'liq kurs ishi yoqubboyev13.O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat dasturi
“Qishloq qurilish bank” ATB negizida Beznesni rivojlantirish bankini tashkil qilish va uning faoliyatini ustuvor ravishda kichik biznes yo‘nalishidagi, shu jumladan mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirish. Kichik biznes loyihalarini amalga oshirish uchun zarur kredit mablag‘larining yarmini banklar tomonidan mustaqil jalb qilish va qolgan yarmini davlat ko‘magida yo‘naltiriladigan resurslar va investitsiyalar hisobidan moliyalashtirish dasturini yo‘lga qo‘yish. Bunda Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 2023-yil 1-oktabrdan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi;kreditlar qulay shartlarda 7 yilgacha muddatga ajratiladi;qo‘shimcha resursga ehtiyoji bor tadbirkorlik subyektlariga mavjud kreditga qo‘shimcha kredit ajratishga ruxsat beriladi;
ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratishda ularga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi;maxsus elektron platformani ishga tushirish orqali kredit olish uchun ariza berish, uni ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish va kredit ajratishning barcha bosqichlari raqamlashtiriladi;kredit miqdoridan kelib chiqib, bankning hududiy filiallari tomonidan qaror qabul qilish vakolatlari kengaytiriladi.
Yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil qilinadigan kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar tadbirkorligi va yoshlar tadbirkorligi uchun: kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotni realizatsiya qilishga amaliy yordam berish; davlat xaridlari doirasida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni 2 yil davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat berish. Bunda, yiliga jami 10 milliard so‘mgacha qiymatdagi shartnomalar tuzilishi mumkin. Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda kichik biznes loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni soddalashtirish; Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasidagi loyiha ishga tushirilgandan so‘ng, tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlarni 2 yil davomida Biznesni rivojlantirish bankiga yo‘naltirish; Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturida ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar bo‘yicha ajratilgan bank kreditlaridan olingan foiz ko‘rinishidagi daromadlarini dastlabki ikki yil davomida foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlash. 2024 — 2025-yillarda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan kichik biznes, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar tadbirkorligi va yoshlar tadbirkorligi loyihalari doirasida olib kiriladigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash, xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ma’lum qilindi Kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qancha ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi. Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,8 foizni tashkil etdi. Bundan oldin xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi oshgandi. 2022 yil yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 40,3 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasida 2014-yilning to‘qqiz oyida yalpi ichki mahsulotda kichik biznesning ulushi 52,9 foiz (2013-yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 51,2 foiz bo‘lgan)gacha o‘sdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.Bundan tashqari, kichik biznesning ulushi sanoatda 31,1 foiz (27,9 foiz), investitsiyalarda 33,2 foiz (32,2 foiz), pullik xizmat ko‘rsatishda 47 foiz (43,1 foiz), bandlik sohasida 76,5 foiz (76 foiz)gacha o‘sdi.
Kichik ishlab chiqarish korxonalari tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida o‘tgan davrda kichik biznes subyektlariga umumiy qiymati 60,5 milliard so‘mlik 224 davlat aktivi (jumladan, 151 obyekt nolga teng qiymatda) sotildi, foydalanilmayotgan 23 mingta davlat mulki obyekti ijaraga berildi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 7,3 trillion so‘m miqdorida kredit va mikrokreditlar (jumladan, 1,5 trillion so‘mlik mikrokredit) berildi. Bu 2013-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir. Xalqaro moliya institutlarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun taqdim etilgan 129 million dollarlik (1,2 barobar) kredit liniyalari o‘zlashtirildi.Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning to‘qqiz oyida 20,2 mingta yangi kichik biznes subyektini (fermer va dehqon xo‘jaliklari hisobga olinmagan holda) tashkil etish imkonini berdi. Eng ko‘p kichik biznes subyektlari sanoat va qurilish tarmoqlarida (umumiy miqdorning 38,6 foizi) tashkil qilindi. Natijada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes korxonalari umumiy soni 2020-yilning shu davriga nisbatan 5 foiz ko‘paydi.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davrida 39 foizni tashkil etgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda xizmatlar sohasi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgan.
O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohani qo'llab-quvvatlash uchun hukumat tomonidan turli dasturlar va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar kichik va o'rta biznes (KO'B) sub'yektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ularning huquqiy muhitini yaxshilash va zarur infratuzilmani yaratishga qaratilgan.Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi davlat dasturlari"Har bir oila - tadbirkor" dasturi.Maqsadi: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini oshirish va oilalarning daromadini ko'paytirish.Yo'nalishlari: Oilaviy tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyozli kreditlar ajratish, yangi bizneslarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish.
"Yoshlar - kelajagimiz" dasturi.Maqsad: Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, ularga biznesni boshlash va rivojlantirish uchun moliyaviy va maslahatchilik yordami ko'rsatish.Yo'nalishlar: Yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar ajratish, maxsus o'quv kurslari va treninglar tashkil etish.
"Ayollar daftari" dasturi.Maqsad: Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularning ijtimoiy himoyasini ta'minlash.Yo'nalishlar: Ayol tadbirkorlar uchun maxsus moliyaviy resurslar ajratish, ularni o'qitish va malakasini oshirish.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi maqsadi: Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini kompleks qo'llab-quvvatlash, ularning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish.Yo'nalishlar:
Konsultatsion xizmatlar ko'rsatish,
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda yordam berish
biznes rejalar tuzishda ko'maklashish.
Davlat dasturlari doirasidagi qo'llab-quvvatlash choralar
Moliyaviy qo'llab-quvvatlash:
Imtiyozli kreditlar va subsidiyalar.
Grantlar va sarmoyalar.
Lizing xizmatlari va moliyaviy lizing.
Huquqiy qo'llab-quvvatlash:
Tadbirkorlik faoliyatini yengillashtiruvchi qonun hujjatlari qabul qilish.
Soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari.
Tadbirkorlik faoliyatini ro'yxatdan o'tkazish jarayonlarini soddalashtirish.
Infratuzilmani rivojlantirish:
Ishlab chiqarish va biznes markazlari qurish.
Axborot-resurs markazlari va biznes inkubatorlar tashkil etish.
Savdo va logistika markazlarini rivojlantirish.
O'qitish va malaka oshirish:
Tadbirkorlar uchun treninglar va seminarlar.
Biznes maktablari va kurslari tashkil etish.
Mahoratli mutaxassislar tomonidan maslahatchilik xizmatlari.
Natijalar va istiqbollar
O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlari joriy etilganidan beri ko'plab yutuqlar qayd etildi. Jumladan, yangi ish o'rinlari yaratildi, ko'plab oilalar va yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshladi, ayollar tadbirkorligida sezilarli o'sish kuzatildi. Kelgusida bu dasturlarni yanada kengaytirish va takomillashtirish orqali kichik va o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish rejalashtirilgan.
|
| |