|
O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish chora-tadbirlari
|
bet | 5/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 127,45 Kb. | | #247170 |
Bog'liq kurs ishi yoqubboyev1O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish chora-tadbirlari
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yengillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha keskin va ta’sirchan chora tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada turtki bo‘lmoqda.
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har to monlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2019 yil davomida 92,9 mingtadan ortiq yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2020 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 334767 tani tashkil etib, o‘tgan 2019 yilning shu davriga nisbatan 71837 taga ko‘paydi. Bundan tashqari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining 3.4-bandiga ko‘ra, “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish”14, kabi vazifalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.2019 yilda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, - sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 115406,4 mlrd.so‘mni (jami sanoat ishlab chiqarishning 34,9 foiz); - 89352,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 47,0 foizi) o‘zlashtirildi va 2018 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 166,1 foizni tashkil qildi; - 51949,8 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlarining umumiy hajmining 75,4 foizi) bajarildi va 2018 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 122,8 foizni tashkil qildi; - 99139,3 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib (respublika jami xizmatlar hajmining 52,1 foizi) bajarildi va 2018 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 104,8 foizni tashkil qildi.Mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda. Natijada o‘tgan bir yilda 55 mingdan ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, jami eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi.
2023-yilning 22-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti” doirasida tadbirkorlardan kelib tushgan 12 mingdan ortiq murojaatda ko‘tarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda “ochiq muloqot”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida:
Quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) tasdiqlansin: tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli ishlash; tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish; tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish; mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozoraktiviga aylantirish; tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish; tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini keng targ‘ib qilish.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashini (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
rasm. Kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlar (xizmatlari) hajmi
So‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy biznesning barqaror o‘sishini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, hududlarda ishlab chiqarishning muttasil o‘sishini ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni takidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach hamma sohada bo‘lgani kabi tadbirkorlik va kichik biznes sohasida katta muvaffaqiyatlar qozondi va qozonib kelmoqda. Istiqlol yillari davlatimiz tomonidan tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan insonlarga barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. Tadbirkorlik faoliyatining turli xil shakllari rivojlana boshladi. Tadbirkorlar tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradigan, biznesni yuritish jarayonida qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladigan shaxs bo‘lishi shu bilan birga tashkilotchilik qobiliyatiga ega, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladigan va tahlikaga boruvchi inson bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorning nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, aksiyadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga borishini taqazo etadi. Qolaversa tadbirkorlar biznesda muvaffaqiyatga erishishlari va yaxshi foyda topishlari uchun topqirlik va moslashuvchanlik xususiyatiga ham ega bo‘lishlari kerak, chunki ular iqtisodiy faoliyat davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishning oson yo‘llarini va cheklangan resurslardan maksimal darajada foydalanish usullarini topishlari kerak. Hozirgi zamon muvaffaqiyatli tadbirkorlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular o‘zlarida kuchli yetakchilik va muloqot qobiliyatlarini shakllantirishgan, chunki ular xodimlarni oqilona boshqarishlari va o‘z ishchilari va biznes hamkorlariga shaxsiy qarashlarini aniq va tushunarli ravishda yetkazib bera olishlari kerak. Umuman olganda, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Chunki aynan ma’lum bir tadbirkorlik faoliyatini olib borish orqali aholining ishsiz qatlami ish bilan ta’minlanadi. Mamlakatda tadbirkorlik faoliyati rivojlangan sari yangi ish o‘rinlari paydo bo‘la boshlaydi. Vatanimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun mamlakat miqyosida tadbirkorlik faoliyatini keng ommalashtirish va xalqqa bu borada yordam berishimiz kerak bo‘ladi
|
| |