|
Tadbirkorlik faoliyati va uning turlari
|
bet | 2/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 127,45 Kb. | | #247170 |
Bog'liq kurs ishi yoqubboyev11. Tadbirkorlik faoliyati va uning turlari
Hozir jahonda xo‘jalik yuritish shakllarining turli tumanligiga mos ravishda tadbirkorlikning davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash shakllari mavjud. Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligiga, milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha ulushi to‘g‘ri keladi. Davlat korxonalari ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki katta kapital qo‘yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:
–byudjet korxonalari;
–davlat ishlab chiqarish korxonalari;
–aralash kompaniyalar;
Byudjet korxonalari huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalardir. Ular davlatning ma‘muriy – boshqarish tizimiga kiradi va olgan foydadan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya‘ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi.
Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalar paketi davlatga taalluqli bo‘ladi. Shu bilan birga, ular ma‘lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan pul va dotatsiyalar berilishi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalari bilan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat‘iy 213214 belgilangan narxlarda o‘zaro yetkazib berish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta‘minlanganlik va shu kabilar.
Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a‘zolari faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona korparatsiya tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘ladi.
Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a‘zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Bu odatda kichik savdo shahobchalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy kasbi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. Faoliyat turining mazmuniga bog‘liqlikda tadbirkorlikning quyidagi turlari farqlanadi:
- Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish va ma‘naviy qimmatliklar yaratish amalga oshiriladi.
- Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi; - Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valyuta, qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi;2
- Vositachilik tadbirkorligi tomonlarningo‘zaro bitimlaridan manfaatdorligini bog‘lovchi faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari tadbirkorlar faoliyatini tashkil qilish sohasi bo‘yicha kelishuvlarni tavsiflab, ular Kartel, Sindikat, Konsorsium, Kontsern to‘pida bo‘lishi mumkin: Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aktsionerlik) jamiyatlaridir.Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun qatnashchilar o‘zlarining mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini birlashtirishlari lozim bo‘ladi. Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo‘jaligi va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Evropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug‘urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib qoldi. Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish, korxonani boshqarish va tugatilganda mulkiga sheriklik huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir. Aksiya kursi. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi, aktsiya bozorida sotiladigan narx aktsiya kursi deyiladi. Aksiya kursi olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda foiz stavkasiga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Aksiya bo‘yicha olinadigan daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmasa, u sotib olinadi. Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi: Ssuda foizi o‘sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada ortsa, aktsiya kursi ko‘tariladi. Aksiyaning haqiqiy bozor kursiga dividend va ssuda foizi darajasi bilan birga, unga bo‘lgan talab va taklif nisbati ham ta‘sir qiladi. Hissadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo’yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi.
Ta’sischilik foydasi. Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta‘sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta‘sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat. Hissadorlik korxonasida ta‘sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend ham shakllanadi. Dividend (lotincha dividendus – bo‘lishga tegishli) – aktsiya egasiga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘larining tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog‘liq va uning darajasi odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi. Odatdagi aktsiyalar bo‘yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy yilda olgan foyda miqdoriga bog‘liq. Imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat‘iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o‘rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aktsiya egasiga shu maqsadda qo‘yilgan mablag‘ uning nominal qiymati bo‘yicha qaytariladi. Respublikada aktsionerlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi davlat mulkchiligidagi yirik va o‘rta korxonalar negizida ochiq hissadorlik jamiyatlari tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi jamiyatlar ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko‘zda tutilgan. Buning ma‘nosi shuki, aktsionerlik jamiyatiga o‘tish jarayoni respublika aholisining keng qatlamlari uchun, shuningdek, horijiy jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq bo‘lishi lozim.
Bunga qimmatli qog‘ozlarning ochiq savdosini o‘tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investittsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladiShuni ta’kidlash joizki, tadbirkorlik turlari va shakllarining o‘zaro challkashtirib yuborish asosiy sabablaridan biri ikki bir-biriga yaqin biri tadbirkorlikning o‘z turlari, ikkinchisi esa tadbirkorlik shakllarining turlaridir. Bunday anglashilmovchilikni bartaraf etishga tadbirkorlik shakllari iyerarxiyasini aniqlash va tahlil qilish yordam beradi. Bu iyerarxiya umumiylik, xususiylik, ayrimlik, alohidalik kabi to‘rt darajadan iborat tizimdir. Unda tadbirkorlik shakllarining tahlili yuqori, umumiylik darajadan boshlanib, xususiylik va ayrimlik darajalari orqali quyi ayrimlik darajasiga qarab chuqurlashib boradi. Bunday tahlil natijasida tadbirkorlik shakllarining to‘rt darajali iyerarxik tizimi shakllantirildi. Unga ko‘ra tadbirkorlik (alohida turi) umumiy shaklining bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular umumiy shaklning xususiy ko'rinishlari (xususiy shakllari) hisoblanadi. 0 ‘z navbatida, ikkinchi darajada har bir xususiy shaklning ham o‘z turlari bo‘lib, ular xususiy shaklning ayrim ko‘rinishlari (ayrim shakllari)ni tashkil etadi. Har bir ayrim shakl ham o‘z turlariga ega bo‘lganda, ular ayrim shaklning alohida ko‘rinishi hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Bu faoliyat foyda olish maqsadida tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tijorat faoliyatini amalga oshirish jarayonini anglatadi. Tadbirkorlik faoliyati turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin va quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
1. Ishlab chiqarish tadbirkorligi
Ishlab chiqarish tadbirkorligi bu tovarlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatdir. Ushbu turdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
2. Savdo va tijorat tadbirkorligi
Bu turdagi tadbirkorlik tovarlarni sotib olish va sotish bilan bog‘liq. Savdo va tijorat tadbirkorligining asosiy yo‘nalishlari:
Chakana savdo
Ulgurji savdo
Eksport va import operatsiyalari
3. Xizmat ko‘rsatish tadbirkorligi
Xizmat ko‘rsatish tadbirkorligi turli xil xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bu turdagi tadbirkorlikning namunalariga quyidagilar kiradi:
Ta'lim
Sog‘liqni saqlash
Transport va logistika
Mehmonxona va turizm
Axborot texnologiyalari
4. Innovatsion tadbirkorlik
Innovatsion tadbirkorlik yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va joriy etishga yo‘naltirilgan. Bunga startaplar va ilmiy-tadqiqot faoliyatlari kiradi. Bu turdagi tadbirkorlikning asosiy xususiyatlari:
Yangi g‘oyalarni amalga oshirish
Yangi bozorlarni o‘zlashtirish
Yangi mahsulotlar yaratish
5. Ijtimoiy tadbirkorlik
Ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy muammolarni hal qilish va jamiyatga foyda keltirishga qaratilgan faoliyatdir. Bu turdagi tadbirkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
Xayriya tashkilotlari
Ijtimoiy loyihalar
Ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi tashabbuslar
6. Moliyaviy tadbirkorlik
Moliyaviy tadbirkorlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bu turdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
Banklar
Sug‘urta kompaniyalari
Investitsiya fondlari
7. Aralash tadbirkorlik
Aralash tadbirkorlik bir nechta turdagi faoliyatni birlashtirgan tadbirkorlikdir. Misol uchun, korxona bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati har bir turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning har biri iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik faoliyati orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, texnologik rivojlanish amalga oshiriladi va umuman olganda, iqtisodiy o‘sish ta'minlanadi.
|
| |