|
Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning zaruriyati, biznes reja va uning tarkibi
|
bet | 3/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 127,45 Kb. | | #247170 |
Bog'liq kurs ishi yoqubboyev12. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning zaruriyati, biznes reja va uning tarkibi.
Tadbirkorlikda, biznesda muvaffaqiyat qozonishda yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlar va vazifalari yaxshiroq anglab olish, aniqroq tasavvur qilish, ularni to‘g‘ri baholash va qo‘yish muhim rol o‘ynaydi.Bu ishlarni aniq bir tartibda amalga oshirish rejalashtirish orqali ta’minlanadi. Bundan tashqari, amalga oshirish ko‘zda tutilgan faoliyatni chuqurroq va toiliqroq tushunish, aniqroq tasavvur etish uchun uni rejalashtirish zarur. Rejalashtirish - bu ma’lum davrda mo‘ljallangan maqsadga erishish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar, ishlar, tadbirlar, vazifalar vaularni amalga oshirish aniq tartibi, izchilligi, muddatlari, xarajatlarinianiqlash hamda ularni muvofiqlashtirish jarayonidir. Rejalashtirish butun faoliyatni tartibga solish jarayoni bo'lib, tadbirkorlik subyektlarining kelajakdagi harakatlarini aniqlash, asoslash, belgilash, izohlash, nazorat etishga xizmat qiladi. U tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan davr mobaynida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar aniqlashtirilgan rejalarda o‘z aksini topadi. Demak, bunday jarayon natijalari aks ettiriladigan hujjat reja yokibiznes reja bo‘lib hisoblanadi. Reja - bu moijallangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar, ishlar, vazifalar va ularni bajarish tartibi, izchilligi, muddatlari, sarf-xarajatlaribatafsil aniqlangan va aks ettirilgan hujjatdir. Rejalashtirish boshqaruvida xo‘jalik qarorlari qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida tadbirkorlik faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari, tadbirkorlik muhitidagi o‘zgarishlami inobatga olgan holdavaqt bo‘yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni ro‘yobga chiqarish uchun kerakli resurslar aniqlanadi. Tadbirkorlikda rejalashtirishning zaruriyati va ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
- tadbirkorlik g'ovasi va ishini yaxshiroq tushunish va aniqroq tasavvur etish;
- tadbirkorlik g ‘oyasini ro‘yobga chiqarishga ishonch hosil qilish;
- ishning istiqbolini aniqlash va prognoz qilish;
- maqsadlami aniq ifodalash, shakllantirish, qo‘yish;
- maqsadga erishish uchun kerakli resurslar va ularning manbalarinianiqlash;
- resurslarni samarali taqsimlash va yo‘naltirish;
- mas’ul xodimlarga aniq vazifalar qo‘yish;
- ish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlami oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash;
- tadbirkorlik strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
- olinadigan foydani samarali yo‘naltirish va ishlatish;
- ishning borishini nazorat qilib borish;
- tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari rejalashtirishning ahamiyati ortib, zaruriyati sezilib boradi. Rejalashtirish tadbirkorlik faoliyati istiqbollarini chuqurroq o‘rganish, qo‘yilgan maqsadga erishishda kuch-g'ayratni muvofiqlashtirish va aniq yo‘naltirish, ishni borishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash, bozordagi kutilmagan o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish, rahbarlar va xodimlaming majburiyatlari va mas’uliyatlarini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Biznes reja tadbirkor uchun faoliyatining strategik yo‘nalishlari va maqsadlari, ularni ro‘yobga chiqarish shart-sharoitlari va muddatlarini belgilash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Ayni paytda, u tadbirkorning kundalik va moliya-xo‘jalik faoliyati asosini tashkil etadi va faoliyat natijalarini muntazam nazorat qilib borish uchun muhim rol o‘ynaydi. Tuzilgan rejalar esa xodimlar uchun tadbirkorlik faoliyatining boshlang‘ich nuqtasi, rejalashtirish va ijrochilik intizomi uchun bazis bo‘lib xizmat qiladi. Rejalashtirish tadbirkorga, korxona rahbariyatiga marketing, moliya, menejment (boshqarish) sohalarida strategiyaning variantlarini shakllantirish va sinab ko‘rish, asosiy prognozlaming oqibatlarini tahlil qilish imkonini beradi. Rejalashtirish jarayonida rahbariyat tomonidan turli senariyalar o‘ynalib, biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun xalaqit berishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Senariyalami ishlab chiqish rahbariyatga bu to‘siqlami oldindan ko‘ra bilish va ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab qo‘yish imkonini beradi. Natijada tadbirkor (rahbariyat) o‘z faoliyatini boshlashdan avval uning muvaffaqiyatiga ishonch hosil qiladi yoki bartaraf etish qiyin bo’lgan to‘siqlarni aniqlab, bu ishdan voz kechishi yoxud yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Belgilangan moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni izohlash va asoslash biznesning barcha jihatlarini (tomonlarini) baholashni talab qiladi hamda barcha bo‘lg‘usi muammolar sharhi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Prognozlar esa tadbirkorlar, korxona pul mablag'lariga qanday va qachon muhtojlik sezadi, ulardan qanday foydalanadi va ular qanday qaytariladi degan savollarga javob beradi. Rejalashtirish jarayoni tadbirkor va uning xodimlarini mazkur ishning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi aniq sharoitlar va omillami tahlil qilishga majbur etadi. Natijada biznes reja tuzishda ishtirok etuvchi tadbirkor va xodimlarga har tomonlama takomillashib borish va boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoniyatini beradi va shunday qilishga undaydi. Rejalaming turlari ko‘p bo‘lib, biz ularni quyidagicha tasniflashni lozim topdik.3
|
| |