198
Immunitet –
biror
narsadan
xolis
bo‗lish,
qutulish,
organizmning o‗zidan
irsiy jihatdan yot
xususiyatlari bilan farq qiladigan tirik tanacha va
moddalardan himoyalanish uchun ko‗rsatadigan
kompleks reaksiyasi
Immobilizatsiya –
qimirlamaydigan, harakatsiz ma‘nosini anglatib,
gavdaning shikastlangan
yoki kasal qismini,
ko‗pincha qo‗l-oyoq, umurtqa pog‗onasini
qimirlamaydigan qilib qo‗yish. Vaqtincha va
doimiy immobilizatsiya qilinadi.
Ionlashtiruvchi nurlanish –
radioaktiv
parchalanishda,
yadroviy
yemrilishlarda,
moddadagi
zaryadlangan
zarralar
harakatining
sekinlashuvida
hosil
bo‗ladigan hamda muhit bilan o‗zaro ta‘sir etish
chog‗ida har xil
qutubli ionlarning hosil
qiladigan nurlanish.
Ionlashtiruvchi
nurlanish
manbai –
o‗zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi
yoki chiqarishga qodir bo‗lgan
qurilma yoki
radioaktiv modda.
Issiq urishi –
tashqi muhitning yuqori harorati ta‘sirida
organizmning qizib ketishi natijasida sodir
bo‗ladigan kasallik holati.
Issiq stexlarda
ishlash, issiq kunlarda uzoq muddat davomida
havo o‗tkazmaydigan kiyim kiyib yurish issiqlik
urishiga olib keladi.
Individual dori quti –
AI
yadro
va
kimyoviy
qurollardan
shikastlanganda shikastlovchi omillar ta‘siridan
saqlash yoki ta‘sirini
kamaytirish, shuningdek,
yuqumli
kasalliklarning oldini olishda, o‗z-
o‗ziga va bir-biriga xizmat ko‗rsatish uchun
mo‗ljallangan dori-darmonlar majmui.