|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish
|
bet | 12/14 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 1,65 Mb. | | #141672 |
Bog'liq Korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish-www.fayllar.orgSamaradorlik. Jamiyat tomonidan ko’p ehtiyoj sezilgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishda resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash kerak. Bunda o’z navbatida usullardan ham tartibli foydalanishni ko’zda tutadi va bu mahsulot ishlab chiqarishning yangi va mahsuldor yo’li hisoblanadi.
Rag’batlantirish. Bozor tizimi mahorat, qattiq mehnat va tashabbuskorlikni rag’batlantiradi. Ishdagi katta tajriba va say-harakat ko’proq tovar ishlab chiqarishga va ko’proq daromat olishga yordam beradi. Pirovard natijada, bu insonlarni turmush darajasini tubdan yaxshilashga yordam beradi. Shunga o’xshash tarzda, tadbirkorlarni tavakkallardan qo’rqmasligi yuqori darajadagi foydali daromatni qo’lga kiritishga yordam beradi. Muvoffaqiyatli innovatsiyalar iqdisodiy rag’batni jadallashtiradi.
►
Erkinlik. Bozor tizimining eng katta noiqtisodiy mulohazasi shahsiy erkinlikka ko’p e’tibor berishdir. Markaziy rejalashtirishdan farqli o’laroq, bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni hech qanday zo’rlashlarsiz muvofiqlashtiradi. Bozor tizimi, darhaqiqat, buni tanlov va korxonaning erkinligini kuchayishini ta’minlaydi. Korxonalar va ishchilar bozor tizimi taqdim etayotgan mukofot va jazolarga tayyor turadi.3
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo‘jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo‘g‘inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
|
| |