Tizim o’zgarishlariga qanday moslashadi?




Download 1,65 Mb.
bet10/14
Sana20.01.2024
Hajmi1,65 Mb.
#141672
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish-www.fayllar.org

Tizim o’zgarishlariga qanday moslashadi?

Bozor sistemalari dinamik ko’rinishdadir: iste’molchilar talabi, texnologiya, va resurs ta’minotlar, bularning barchasi o’zgaruvchandir. Bu degani, iste’molchining talabining muayyan ko’rinishi, texnologik alternativlarning turlichaligi hozirdagi eng samarali resurslarning taqsimlanishi demakdir. Vaqt o’tgan sari iste’molchining talabining o’zgarishi, ishlab chiqarishning yangi usullarining kashf etilishi va resurs ta’minotining o’zgarishi natijasida mavjud resurslarning miqdori eskirib, samarasiz bo’lib qoladi. Masalan, iste’molchilar bozor yetkazib berishi mumkin bo’lgan darajadan kamroq sut va ko’proq sharbat xohlaydi deb tasavvur qilaylik. Iste’molchilarning talabining o’zgarishi sut va sharbatni ma’lum bir miqdorda ishlab chiqarishga turtki bo’ladi. Boshqa omillarni hisobga olganda, sharbat sanoatidagi narx va foydalar oshadi va sut sanoatidagi narx esa pasayadi. Insonning shahsiy ehtiyoji mavjud raqobatchilarni mahsulot ko’lamini oshirishga va yangi raqobatchilarni ko’proq sharbat ishlab chiqarishga chorlaydi va shu bilan mos ravishda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini yopilib ketishiga olib keladi. Sharbat sanoatidagi baland narxlar va yuqori darajadagi iqtisodiy foyda nafaqat o’sha sanoatni kengayishiga, balki, shuningdek, o’sha sanoatga o’z tovar ishlab chiqarish ko’lamini ta’minlovchi muhim resurslarni qo’lga kiritishiga kerak bo’lgan mablag’ni berib yuboradi. Balandroq narxlar va foydalar sharbat ishlab chiqaruvchi sanoatni ishlatilinmayotgan boshqa ta’minot vositalaridan ko’qroq resurslarni jalb etishga undaydi. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida buni aksi kuzatilib, u yerga kamroq ishchilar va resurslar jalb etiladi. Iqtisodiyotdagi bunday sharoitga moslashuv, iste’molchi talablaridagi o’zgarishlarga muvofiq javob bo’ladi. Bu esa iste’molchini amaldagi ustunligini ko’rsatadi.

Bozor tizimi ulkan tizimli sistemadir. Narx va foydalarni o’zgarishi orqali u iste’molchini talab istaklarini qondirish payida bo’ladi va ishlab chiqarish korxonalari va resurs ta’minotlari o’ziga kerakli xulosa chiqaradi. Narx va foyda ta’sirida iste’molchi talabidagi o’zgarishlar ba’zi sanoatlarni kengayishiga va boshqalarini qaiqarishiga olib keladi. Bunday moslashuv resurslar bozoriga yo’naltiriladi. Kengayib borayotgan sanoatlar ko’proq resurslarni jalb etishi va qisqarib borayotgan sanoatlar o’z faoliyat ko’rsatish ko’lamlarini qisqartirishi bilan resurs narxlaridagi yuzaga kelgan o’zgarishlar (misol uchun, oylik maoshlari) va daromatga yo’naltirilgan resurslar qisqarib borayotgan sanoatdan kengayib borayotganiga yo’naltiriladi. Narxlar va foydalarning yo’naltirilgan vazifasi bozor tizimini eng muhim asosidir. Bunday tizimiz, ba’zi boshqaruv idoralari ishlab chiqarish va resurslarni mavjud sanoatlarga yo’naltirgan bo’lar edi. Huddi shunday yuzaga kelgan tahlil bu tizimni boshqa fundamental o’zgarishlarga, misol uchun, turli resurslar va texnologiyalardagi o’zgarishlarga moslashuviga imkoniyat berishini ko’rsatadi.


Download 1,65 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizim o’zgarishlariga qanday moslashadi?

Download 1,65 Mb.