• Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga
  • Bozorning beshta asosiy savoli
  • Qanday tovarlar va hizmatlar ishlab chiqariladi
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish




    Download 1,65 Mb.
    bet8/14
    Sana20.01.2024
    Hajmi1,65 Mb.
    #141672
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    Korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish-www.fayllar.org

    mintaqaviy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Evropa bozori) va jahon bozori.

    Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.

    Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. CHakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir.

    Bozorning beshta asosiy savoli
    Bozor tizimining asosiy xususiyatlari bozor iqtisodiyotining quyidagi beshta muhim savolga javob bo’la olishini tushunishga yordam beradi:

    • Qanday mahsulot va xizmat turlari ishlab chiqariladi?


    • Ular qay yo’sinda ishlab chiqariladi?


    • Ulardan asosan kimlar foydalanishi mumkin?


    • Bu tizim o’zgarishlarga qanday bardosh beradi?


    • Tizimning muvaffaqiyat garovi nimalardan iborat?


    Mazkur beshta savol birinchi bo’limdan muhokama qilingan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini belgilovchi iqtisodiy tanlovlarni yoritib beradi. Ular inson ehtiyojlari cheksiz bo’lgan bu dunyoda tanqis resurslarni aks ettiradi. Iqtisodiyotning barcha ko’rinishlari shu beshta savolga murojaat etadi.



    Qanday tovarlar va hizmatlar ishlab chiqariladi?
    Bozor tizimi muayyan turdagi va miqdordagi xizmat va tovarlarni ishlab chiqarishni qanday hal etadi? Bu savolga jo’yali javob mana bunday: Doimiy foyda keltirayotgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarilaveradi va foyda keltirmayotganlari ishlab chiqarilmaydi. Daromatlar va kamomatlar mahsulot sotuvidan tushadigan umumiy tushumlar (UT) va o’sha mahsulotlarning ishlab chiqarishning umumiy muqobil narxi (MN) o’rtasidagi farqlaridir. (Iqtisodcgilar uchun esa, iqtisodiy narxlarga mehnatga to’lanadigan to’lovlargina emas, balki tovar ishlab chiqarishda ishlatilgan boshqa resurslarni jamlash va tashkillastirish uchun sarflangan harajatlar ham kiradi.)

    Sanoatdagi davomiy iqtisodiy foyda (UT>MN) mahsulot ko’lamini kengaytirishga va resurslarni o’sh sanoatga yo’naltirishni taqozo qiladi. Amaldagi karxonalar o’sib boradi va yangilari qo’shiladi. Shunday qilib, sanoat ko’lami kengayadi. Sanoatdagi davomiy iqtisodiy kamomat (UT tovar ko’lamini kamaytiradi va o’sha karxonaga resurslar yo’naluvini to’xtatib qo’yadi. Ba’zi amaldagi ishlab chiqarish karxonalarining hajmi torayadi; hatto ba’zilari o’z faoliyatlarini tamomlashga majbur bo’ladi. Sanoatning ishlash sur’ati qisqaradi. Bozor tizimida haridorlarni qo’li ustundir. Chunki ishlab chiqarilgan tovarlarning miqdori va turlarini belgilashda iste’molchi ustunligi asosiy ahamiyatni kasb etadi. Iste’molchilar o’z ta’blari va hamyoniga mos keladigan tovarlar uchun daromatlarini tovar sotib olishda sarflaydilar. Huddi shu yo’sinda, ular bozordagi o’zlarining ehtiyojlarini belgilaydilar. Agar ma’lum turdagi tovarga ko’proq talab bo’lsa, korxonalar o’sha mahsulotni ishlab chiqarib, savdoga chiqaradi. Yoki aksincha, tovar o’ziga sarflangan harjni qoplay olmasa, u mahsulot savdoga qo’yilmaydi. Ular asosan iste’molchilarning talablariga to’liq mos keladigan mahsulotlarnigina sotuvga chiqaradilar. Iste’molning talablari nafaqat qaysi ishlab chiqarish korxonalari ishlay olishini, balki qaysi turdagi tovarlar bozor talablariga bardosh bera olishini belgiluvchi muhim ko’rsatkichdir. Faqatgina foyda keltirayotgan sanoatlar, korxonalar va raqobatbardosh mahsulotlargina saqlanib qoladi. Shuning uchun, korxonalar o’zlari xohlagan tovar–mahsulotlarni ishlab chiqaraverishi mumkin emas. Iste’molchilarni bozordagi talablari qay bir turdagi tovarlar foy keltirishi yoki qaysilari kamomat keltirishlarini ko’rsatib beradi. Shunday ekan, bu qanday turdagi iste’mol tovarlarini sotuvga chiqarish mumkin emasligini aniqlab beradi. Ishlab chiqaruvchilar iste’molchi didi va xohishiga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi, aks holda ular bankrotlikka yuz tutishi mumkin. Huddi shu qonuniyat resurs ta’minotlariga ham ta’luqlidir. Resurslardan foydalana olishlik o’sha tovar- mahsulot va xizmatlarni sotuvidan kelish chiqib amalga oshiriladi. Avtomobil sanoari ishchilar xizmatidan foydalanishga muhtojlik sezadi sababi avtomobillar sotilmoqda. Lotin tilini o’rganuvshilar va shu tilga talab borligi tufayli doim Lotin tili o’qituvchilariga talab bo’laveradi. Daromatga yo’naltirilgan resurs ta’minotchilari iste’molchilar didiga va vaqt sinovida bardosh bermagan tovarlar uchun reusrslardan foydalanishga imkoniyat bermaydi. Bozorning samarali ishlashiga yordam beruvchi asosiy omil iste’molchilardir; mos ravishda ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar ularning talablarini qondirish uchungina xizmat qiladi. (Muhim savol 8)




    Download 1,65 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 1,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish

    Download 1,65 Mb.