Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich




Download 227,31 Kb.
bet33/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

Xulosa


Asosiy vositalar tushunchasini yangi bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirish zarurati mavjud, deb o‘ylaymiz. Fikrimizcha, uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirsak, “Mulk (yer), bino, mashina va asbob-uskunalar” atamasini amaliyotga kiritish maqsadga muvofiq.
Milliy standartlarimizda asosiy vositalarga berilgan ta’rif xalqaro standartda “mulk, bino, mashina, asbob-uskunalar”ga berilgan ta’rifga to‘liq muvofiq keladi.
Standartga ko‘ra “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yektlari aktiv sifatida tan olinadi, bunda:
(a) katta ehtimol bilan ta’kidlash mumkinki, korxona aktivlarni foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy naf oladi; va (b) korxona uchun aktivning qiymati ishonchli baholanishi mumkin.
Misol uchun, AVS kompaniyasi mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda shahardagi zavod hududiga yaqin, ya’ni asoiy kompaniya ishchilari yashovchi zavod posyolkasidagi maktablardan birining bozor qiymati 15 000 000 AQSH dollari miqdorida baholangan binosini o‘z qaromog‘iga oldi. Bu binoni profilini o‘zgartirish, sotish yoki kafillikka qo‘yish mumkin emas. Bu maktabda asosan kompaniya xodimlarining bolalari o‘qiydilar va u tarixiy qadriyatlarga ega.
Bundan xulosa qilish mumkinki, kompaniya bu maktabdan bilvosita naf oladi, chunki unda kompaniya xodimlarining bolalari tahsil oladilar. Bu olinayotgan nafni iqtisodiy jihatdan baholab bo‘lmaydi. Shu bois, uni “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yekti sifatida e’tirof etib bo‘lmaydi28.
Ikkinchidan, xalqaro standartlarda “mulk, bino, mashina va asbob- uskunalar” ni tan olishda bir davrdan ko‘p vaqt deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, respublikamiz milliy standartida bir yildan ortiq deyilgan. Bundan tashqari, milliy standartda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan minimal ish haqining 50 barobaridan ortiq buyumlar Mulk, mashinalar va asbob-uskunalar sifatida tan olinishi e’tirof etilgan. Fikrimizcha, bu mezonni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim.
Har bir korxona o‘zining hisob siyosatida bir davrdan ortiq xizmat qiluvchi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy boshqaruv jarayonida foydalanuvchi “asosiy vositalar” tarkibini standart talablaridan kelib chiqib mustaqil belgilashi kerak. Chunki biror-bir kichik korxona uchun qiymati minimal ish haqining 50 barobaridan kam vositalar ham mashina va asbob-uskuna bo‘lishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra hozirgi kunda qiymati 50 minimal ish haqidan kam bo‘lgan vositalar “asosiy vositalar” sifatida e’tirof etilmasligi natijasida ularga depresiatsiya hisoblanmay qolmoqda, ularning to‘liq qiymati shu davr xarajatlariga kiritilmoqda. Bu jarayonlarni hisob tamoyillariga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Uchinchidan, “Asosiy vositalar” ning tarkibi(klasslari)ni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish kerak. Xalqaro standartda “Mulk, mashinalar va uskunalar” ning klasslari keltirilgan. 5-son “Asosiy vositalar” BHMSda asosiy vositalar tarkibi belgilanmagan. Bu tarkib 21- son BHMSda schetlar rejasidagi asosiy vositalarning klasslariga alohida schetlar ajratilgan. Fikrimizcha, 5-son BHXSda “Asosiy vositalar” ning klasslarini keltirish kerak.
Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati o‘rtasidagi nomuvofiqlik muqarrar ravishda bunday ob’yekt uchun amortizatsiya miqdorini kamida ikkita hisob-kitob qilish zarurligiga olib keladi. Xarajatlarni to‘g‘rilash, soliq solinadigan bazani kamaytirish uchun olinadigan ob’yektning amortizatsiya miqdorini hisoblash uchun zarur, ya’ni uni soliqqa tortish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlariga qo‘shilishi mumkin. Soliq hisobini yuritishda buxgalteriya hisobi va soliq hisobi ma’lumotlari o‘rtasida vaqtinchalik farqlar paydo bo‘lib, amaldagi daromad solig‘i budjetiga to‘lanadigan summani to‘g‘rilash zarurligiga olib keladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mol-mulk solig‘i hisoblashda soliq kodeksining 7- moddasi “Soliq solish prinsiplari”, 8-modda “Majburiylik prinsipi”, 10-modda “Adolatlilik prinsipi” 22-modda “Soliq to‘lovchining majburiyatlari” kabi bir qator moddalarining ijrosini ta’minlash zarur. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning hisob siyosati 1-son BHMS "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot", 8-son BHXS “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o‘zgarishlar va xatolar” va O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi talablari asosida shakllantirilishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektning hisob siyosatida ko‘chmas mulkning baholash va boshlang‘ich qiymatini aniqlash usullari, amaortizatsiya ajratmasini hisoblash usuli va qoldiq (balans) qiymatini aniqlash tartibi ko‘rsatilishi zarur.
Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, asosiy vositalarni tahlil etishda quyidagi munozarali jihatlar mavjud:

  1. asosiy vositalar tarkibi haqidagi axborotning oshkor etilmasligi tashqi foydalanuvchiga ularning aktiv va passiv qismini aniqlashni qiyinlashtiradi;

  2. asosiy vositalarning texnik holatini aniqlash uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarning umumiy tavsifi noto‘g‘ri tahliliy xulosaga olib keladi (jumladan, aynan aktiv asosiy vositalarning texnik holati salbiy ko‘rinish kasb etgan bo‘lishi mumkin);

  3. aynan mahsulot (ish, xizmat) hajmi haqidagi axborotning moliyaviy hisobotlarda va ularning izohida aks ettirilmasligi tashqi foydalanuvchilar uchun asosiy vositalardan samarali foydalanish darajasini aniqlash imkonini cheklaydi.

Asosiy vositalar tahlili boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun еtarli axborot bazasini shakllantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Asosiy vositalardan samarali foydalanish darajasi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi, mahsulot (ish, xizmat) tannarxi kabi ko‘rsatkichlarning ijobiy tavsifga ega bo‘lishini rag‘batlantiradi.



Download 227,31 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich

Download 227,31 Kb.