|
-jadval
Mashina va uskunalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili
|
bet | 29/37 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 227,31 Kb. | | #249533 |
Bog'liq Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш14-jadval
Mashina va uskunalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili
,,Mexmash” misolida
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi
|
Mahsulot xajmi ming so‘m hisobida, korxona ulgurji bahosida
|
125463
|
254698
|
+129235
|
Ishlangan stanok soatlar, ming stanok soat
|
14780
|
16587
|
+1807
|
Bir stanok soatda ishalb chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so‘m
|
8,488
|
15,355
|
+6,867
|
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish xajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 129235 ming so‘mga o‘sgan. Bu o‘zgarish bevosita sanoat ishlab chiqarish vositalari tarkibida mashina va uskunalar ish vaqtining o‘zgarishi hamda ularning har bir stanok soatiga to‘g‘ri keladigan ish unumining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Ishlangan jami stanok soatlari o‘tgan yilga 1807 ming stanok soatga o‘sgan, bir stanok soatda ishalb chiqarilgan mahsulot xajmi esa 6,867 ming so‘mga o‘sgan.
3.3. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilining uslubiy jihatlarini takomillashtirish
Iqtisodiyot sub’yektlari xo‘jalik yuritish turlari va sharoitlari o‘zgarishi, raqamli va innovasion faoliyatning rivojlanishi bilan iqtisodiy tahlilning metodologiyasi ham o‘zgarmoqda.
Korxonaning strategik rivoji asosiy vositalarning mavjudligi, ularning holati, harakati va foydalanish samaradorligiga bog‘liq. dan biri asosiy vositalardan samarali foydalanish hisoblanadi. Asosiy vositalar bilan to‘liq ta’minlanganlik belgilangan ishlab chiqarish hajmiga erishish va operasion faoliyat samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
Yangi asosiy vositalar va zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligining oshishi, innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish imko nini beradi.
O‘z navbatida, ishlab chiqarishning sama radorligiga ta’sir etuvchi muhim omillar
Asosiy vositalar tahlilining metodikasini belgilash qo‘yilgan maqsad va vazifalarning ko‘lamiga bog‘liq. Tahlil metodikasining to‘g‘ri tanlanishi asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri va o‘z vaqtida nazorat qilish hamda tahlil ishlarini tizimli tashkil etish imkonini yaratadi. Tahlil bosqichlarining to‘g‘ri va maqsadga muvofiq belgilanishi tahlil metodikasining asosini tashkil etadi. A.I.Kagarmanova, K.M.Xachapuridze asosiy vositalar tahlili metodikasini quyidagicha tadqiq etgan (15-jadval):
Tadqiqotlarga tayanib, biz asosiy vositalar tahlilini quyidagi bosqichlarda tashkil etish lozim deb, hisoblaymiz (16- jadval):
15-jadval
Korxona asosiy vositalarini baholash metodikalari tavsifi [1]
,,Mexmash” misolida
Muallif
|
Maqsad
|
Vazifalar
|
Metodikalar tavsifi
|
I.N.Chuyev,
L.N.Chuyeva [8]
|
Korxona asosiy
vositalaridan foydalanish samarador-
ligini oshirish
|
Korxona va uning tuzilmaviy bo‘linmalarining asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash
|
Asosiy fondlar harakati va ularning texnik holati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni aniqlash
|
Asosiy vositalardan foydalanishning mahsulot hajmi va xo‘jalik sub’yektining boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash
|
Fond qaytimining omilli tahlilini o‘tkazish;
|
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, jumladan: asosiy fondlarning tarkibi, dinamikasi, tuzilishi, sifat holati
|
G.V.Shadrina
[6]
|
Korxona va uning tuzilmaviy bo‘linmalarining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini aniqlash
|
Asosiy vositalar harakati va texnik holati ko‘rsatkichlari dinamikasini ko‘rib chiqish
|
Asosiy vositalar tuzilishi va dinamikasini o‘rganish
|
Ulardan foydalanishi samaradorligi ko‘rsatkichlari
|
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun rezervlarni aniqlash
|
Asosiy vositalar fond qaytimining omilli tahlilini o‘tkazish
|
G.V.Saviskaya
[4]
|
Korxona rivojining texnik darajasi tahlilini o‘tkazish
|
Korxonaning asosiy vositalari tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o‘rganish
|
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi tahlilini o‘tkazish
|
Asosiy vositalarning harakati va texnik holatini baholash
|
Ulardan foydalanish samaradorligi
tahlilini o‘tkazish
|
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi
ko‘rsatkichlarini hisoblash, shuningdek, fond qaytimining o‘zgarishi omillarini ko‘rib chiqish
|
Mahsulot hajmi va fond qaytimini oshirish rezervlarini aniqlash
|
N.V.Klimova fikriga ko‘ra, asosiy vositalar tahlilining maqsadi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash, texnik qayta jihozlash, texnik bazani yangilash va kengaytirish uchun investision qo‘yilmalar zarurligini asoslash, shuningdek, korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun amortizatsiya hisoblash metodini tanlashni iqtisodiy asoslash27.
Fikrimizcha, asosiy vositalar tahlilining maqsadi korxona faoliyati uzluksizligini ta’minlash uchun asosiy vositalardan samarali foydalanish, ularning texnik holati, uni oshirish imkoniyatlarini aniqlashdir.
Tahlilning asosiy vazifalari:
asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o‘rganish;
korxona va uning bo‘limlarining asosiy vositalar bilan to‘liq ta’minlanligini aniqlash;
asosiy vositalardan foydalanish holatining ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganish;
asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlari tahlili;
asosiy vositalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari, ularning o‘zgarishi va ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish.
16-jadval
|
| |