|
-jadval
Asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlari tahlili
|
bet | 26/37 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 227,31 Kb. | | #249533 |
Bog'liq Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш11-jadval
Asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlari tahlili.
,,Mexmash” misolida
Asosiy vositalar
|
Asosiy vositalar yil boshiga koldigi
|
Yangidan kabul kilingan asosiy vositalar
|
Chiqim kilingan
asosiy vositalar
|
Asosiy vositalar yil oxiriga koldigi
|
Yangilanish koeff.
|
Chiqib ketish koeff.
|
O‘tgan yil
|
155690
|
14500
|
1290
|
168900
|
8,6
|
0,8
|
Hisobot yili
|
168900
|
22380
|
3960
|
187320
|
11,9
|
2,3
|
Farqi
|
+13210
|
+7880
|
+2670
|
+18420
|
+3,3
|
+1,5
|
Korxonada asosiy vositalarning harakat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi tahlili shuni ko‘rsatadiki joriy davrda asosiy vositalarning yangilanish darajasi oldingi yilga nisbatan 3,3 % ga o‘sgan. Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi esa +1,5 % ga ortgan. Ular orasidagi nisbat 2.2 ga
(3.3 / 1.5) teng bulgan.
Tahlilda asosiy vositalarning yangilanish va chiqib ketish sabablariga ham muhim e’tibor beriladi.
Asosiy vositalarning yangilanish manbalari
-kapital qo‘yilmalar va investisiyalar;
-hususiy kapitalning o‘sishi;
-uzoq muddatli kreditlar va qarzlar;
Asosiy vositalarning chiqib ketish sabablari
-ma’naviy eskirishi;
-jismoniy eskirishi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelishi;
-ortiqchalik;
-sotishlar;
-o‘g‘irliklar, yo‘qotishlar va boshka sabablar.
Korxona (firma) ning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi deb ishlab chiqarishning me’yor darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlanganliga aytiladi.
Avvalo, korxona (firma) ning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligida quyidagi jihatlarini farqlash lozim.
O‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat vositalar hisobiga ta’minlash;
Ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlash.
Demak korxona har ikkala holatda xam asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxona (firma) da asosiy vositalarning rejaga va o‘tgan yillarga nisbtan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
|
| |