Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich




Download 227,31 Kb.
bet23/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

Ikkinchidan, xalqaro standartlarda “mulk, bino, mashina va asbob- uskunalar” ni tan olishda bir davrdan ko‘p vaqt deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, respublikamiz milliy standartida bir yildan ortiq deyilgan. Bundan tashqari, milliy standartda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan minimal ish haqining 50 barobaridan ortiq buyumlar Mulk, mashinalar va asbob-uskunalar sifatida tan olinishi e’tirof etilgan. Fikrimizcha, bu mezonni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim.
Har bir korxona o‘zining hisob siyosatida bir davrdan ortiq xizmat qiluvchi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki ma’muriy boshqaruv jarayonida foydalanuvchi “asosiy vositalar” tarkibini standart talablaridan kelib chiqib mustaqil belgilashi kerak. Chunki biror-bir kichik korxona uchun qiymati minimal ish haqining 50 barobaridan kam vositalar ham mashina va asbob-uskuna bo‘lishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra hozirgi kunda qiymati 50 minimal ish haqidan kam bo‘lgan vositalar “asosiy vositalar” sifatida e’tirof etilmasligi natijasida ularga depresiatsiya hisoblanmay qolmoqda, ularning to‘liq qiymati shu davr xarajatlariga kiritilmoqda. Bu jarayonlarni hisob tamoyillariga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Uchinchidan, “Asosiy vositalar” ning tarkibi(klasslari)ni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish kerak. Xalqaro standartda “Mulk, mashinalar va uskunalar” ning klasslari keltirilgan. 5-son “Asosiy vositalar” BHMSda asosiy vositalar tarkibi belgilanmagan. Bu tarkib 21- son BHMSda schetlar rejasidagi asosiy vositalarning klasslariga alohida schetlar ajratilgan. Fikrimizcha, 5-son BHXSda “Asosiy vositalar” ning klasslarini keltirish kerak.
Yer davlatning mulki hisoblanadi. Yerdan uzoq muddatga foydalanish huquqi berilgan. Xuquq bo‘lganligi bois, bu nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etilishi hisob tamoyillariga muvofiq keladi, deb o‘ylaymiz. Yerni obodonlashtirish, uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish xarajatlarini tegishli davrlar xarajatlariga kiritish hisob tamoyillariga muvofiq keladi. Ishchi va mahsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklarni biologik aktiv sifatida tan olish tamoyillarini belgilovchi standart ishlab chiqish kerak.
Xalqaro standartda ehtiyot qismlari va servis asbob-uskunalari odatda zaxira sifatida hisobga olinishi va iste’mol qilinishi mobaynida foyda va zararlarda tan olinishi qayd qilingan. Biroq, agar tashkilot ularni bir davrdan ortiq davrda foydalanishni ko‘zda tutsa, yirik ehtiyot qismlar va rezervdagi asbob-uskunalar “asosiy vosita” sifatida tasniflanadi. Analogik tarzda, agar ehtiyot qismlar va servis asbob-uskunalari “Asosiy vosita” ob’yektlaridan ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq holda foydalanilgan taqdirda “Asosiy vosita” sifatida hisobga olinadi.
To‘rtinchidan, xalqaro standarda tashkilot “Mulk, mashinalar va uskunalar” ga qilingan xarajatlari ularning sarflanish davrida tan olinishi ko‘zda tutilgan. Bular qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yektlarini xarid qilish va jihozlash bilan bog‘liq holda sarflangan xarajatlar;

  • ob’yektni boyitish, qisman almashtirish va unga xizmat ko‘rsatilishi oqibatida amalga oshirilgan xarajatlar sifatida tan olinadi(10§).

Xalqaro standartda “Mulk, mashinalar va uskunalar” boshlang‘ich qiymatini aniqlash bo‘yicha 16 va 17-paragraflar muhim o‘rin tutadi. 16- paragrafning mazmuni yuqoridagi jadvalda keltirilgan. 17-paragrafda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan xarajatlar tarkibi keltirilgan. Ularga quyidagilar kiritilgan: (a) “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yektlarini jihozlash va xarid qilishda bevosita xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha yuzaga keluvchi xarajatlar (19-son BHXS “Xodimlarni rag‘batlantirish” xalqaro standartiga muvofiq); (b) maydonlarni tayyorlash xarajatlari; (s) keltirish, ortish-tushirish xarajatlari; (d) o‘rnatish va terib qo‘yish xarajatlari; (ye) aktivlarni kerakli joyga va kerakli holatga keltirish
jarayonida har qanday ob’yektni (masalan, asbob-uskunalarni sinab ko‘rishdan olingan mahsulot namunasini) sotishdagi sof tushumini chegirib tashlagandan keyingi aktivlarni talab qilinadigan darajadagi ishlashini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar; va (f) professional xizmatlar qiymati.
Milliy standartda ham mulk, bino, mashina va asbob- uskunalarning qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiluvchi xarajatlarni alohida moddada ajratish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Bu holat ularning tannarxi oshishi mexanizmini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi.
Beshinchidan, xalqaro standartga muvofiq mulk, bino, mashina va asbob- uskunalar ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq kelgusida amalga oshiriladigan xarajatlar uchta guruhga bo‘lingan:

  1. Joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari. Ushbu xarajatlar “Asosiy vositalar” ob’yektlarining balans qiymatida tan olinmaydi, ya’ni ular mulk, bino, mashina va asbob- uskunalarning balans qiymati ko‘payishiga olib kelmaydi. Ular amalga oshirilishi davomida foyda va zararlarda tan olinadi.

  2. “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yeklarining yirik qismlari va agregetlarini bino ichida ichki ko‘chma devorlar bilan ajratish, konstruksiya elementlarini jihozlash. Masalan, pech ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin futerovkasini almashtirish yoki samoletning ichki jihozlanishi, misol uchun fyuzelyajning foydali xizmat qilish muddati davomida o‘rindiqlar va bort oshxonasi bir necha marta almashtirishni talab etadi. Tan olish tamoyillariga muvofiq bunday xarajatlar amalga oshirish davrida mazkur ob’yektlarning qisman almashtirilishi uning balans qiymatida tan olinadi.

  3. “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yektlarini ekspluatatsiya qilishni davom ettirishning muhim shartlaridan biri ayrim nosozliklarni aniqlash uchun yirik texnik tekshiruvlar (masalan samolyotlar) o‘tkazishdir. Bunda mos ravishda ayrim ehtiyot qismlari almashtirilishi va almashtirilmasligi mumkin. Bunday har bir tekshiruv xarajatlari tan olish mezonlariga rioya etgan holda ob’yektning balans qiymatida tan olinadi.

Agar “Mulk, mashinalar va uskunalar” bilan bog‘liq kelgusi xarajatlar boshlang‘ich hisoblagan normativlarga nisbatan mehnat unumdorligini oshirishga olib kelsa, aktivlarning holatini yaxshilashga sabab bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi: (a) xizmat qilish muddati va uning quvvatini
oshiruvchi “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yektlari modifikatsiyasi; (b) ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatining salmoqli darajada yuksalishiga olib keluvchi mashinalar detallari va qismlarini takomillashtirish; (s) oldingisiga nisbatan ishlab chiqarish xarajatlarini salmoqli darajada qisqarishini ta’minlovchi yangi ishlab chiqarish jarayonlarining joriy qilinishi.
Xorijiy tajribalarga muvofiq kapital xarajatlar aktivlarning xizmat qilish muddati uzayishiga olib kelsa, bunday xarajatlar depresiatsiya summasini kamaytirishga moslashtiriladi. Natijada aktivlarning boshlang‘iya qiymati o‘zgarmaydi, uning qoldiq qiymati esa ushbu kapital xarajatlar summasiga oshadi.

  1. misol. AESga ega kompaniya qonunchilikka muvofiq, 4 yilda bir marta o‘zining yadro reaktorini reglament tekshiruvidan o‘tkazadi. 10.02.2019 yili firma bu tekshiruvni o‘tkazdi va buning xarajati 30000 AQSH dollariga teng bo‘ldi. 3 yildan keyin qonunchilik o‘zgardi va tekshiruv har 3 yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi. QQS – 15 %.

Bu ma’lumotlar asosida kompaniya 10.02.2019 yilda moliyaviy hisobotda tekshiruv bo‘yicha xarajatlarni tan oldi. Buni quyidagi buxgalteriya yozuvida ko‘rish mumkin:

D t “Mulk, mashinalar va uskunalar” tekshiruv ishlari

30 000 doll.

D t To‘langan QQS – QQS summasiga

3000

K t To‘lanadigan schyotlar “”

33 000 doll.

Keyingi uch yil davomida majburiy tekshiruv xarajatlarini depresiatsiyalaydi: D-t Depresiatsiya bo‘yicha xarajatlar depresiatsiya summasi 7500 dollar. K-t Jamg‘arilgan depresiatsiya- (30000/4 = 7500) 7500 Belgilangan tartib o‘zgargandan keyin navbatdagi tekshiruv 15.02.2014 navbatdagi sinov tekshiruv o‘tkazildi va bu firmaga 40000 dollarga tushdi. QQS 15 %. Standart talablariga muvofiq firma tekshiruv xarajatlarini mulk, bino, mashina va asbob-uskuna sifatida tan oladi va oldingi o‘tkazilgan sinov tekshiruv xarajatlari “Mulk, mashinalar va uskunalar” dan hisobdan chiqariladi va depresiatsiya qilinmay qolingan qismi kompaniyaning operasion xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

D t “Mulk, mashinalar va uskunalar” – sinov tekshiruv
xarajatlari



40000 doll.

D t To‘langan QQS – QQS summasiga

4000

K t To‘lanadigan schyotlar

44000 doll.

D t Jamg‘arilgan depresiatsiya (7500*3)

22500 doll.

D t Operasion xarajatlar

7500

K t “Mulk, mashinalar va uskunalar”

30000

Amaliyotda kapital ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritish ko‘rsatilgan. Xalqaro standartlar talabalaridan kelib chiqib, kapital ta’mir mehnat unumdorligi oshishi yoki mahsulot sifati yaxshilanishiga olib kelsa, uni “Mulk, mashinalar va uskunalar” qiymatida hisobga olish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.

Download 227,31 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich

Download 227,31 Kb.