Asosiy vositalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini takomillashtirish




Download 227,31 Kb.
bet19/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

2.3. Asosiy vositalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini takomillashtirish


Asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad deb buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanuvchi asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda e’tirofi Soliq Kodeksining 298-moddasida o‘z aksini topgan17.
Beg‘araz, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan asosiy vositalar daromad deb e’tirof etgan 299-moddada, ushbu bepul olingan mol-mulkning bozor qiymati qaysi hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozimligini belgilab beradi 18.
Uzoq muddatli aktivlar bu avvalo mulk, shu sababli Soliq Kodeksining
375-moddasida Mulkiy daromadlar deb nomlanadi. Bu moddada mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiritilgan:

  1. foizlar;

  2. dividendlar;

  3. mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

  4. soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

  5. sanoat mulki ob’yektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (lisenziya) egasi bo‘lgan soliq to‘lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki lisenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;

  6. royalti;

  7. ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo‘yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad.

Soliq kodeksining 59-bobi Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq deb nomlanadi. Ko‘chmas mulk buxgalteriya hisobida asosiy vosita hisoblandi va Soliq kodeksida ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;

  2. qurilishi tugallanmagan ob’yektlar. Qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga qurilish ob’yektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu ob’yektning qurilishiga vakolatli organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’yektlar kiradi;

  3. temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur ob’yektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;

  4. qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik, ko‘chmas mulk ob’yekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach, sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk ob’yektlari.

Shu bilan birga ushbu moddada kuchmas mulk tarkibiga kirmaydigan ob’yektlar ko‘rsatilgan, ammo aynan shu ob’yektlar BHXSga asosan va BHMSga muvofiq asosiy vosita hisoblanadi. Masalan, turar joy-kommunal xo‘jaligi va belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi ob’yektlari. Turar joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari ob’yektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ob’yektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar va issiqlik taqsimlanuvchi tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek turar joy-kommunal xo‘jaligi ob’yektlariga texnik jihatdan xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan binolar; sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari; еr uchastkalari kiradi. Bugungi kunda xalqaro standartlar joriy etilgan bir vaqtda, asosiy vositalar hisobi va auditi yangi me’yor hamda metodologiyaga ehtiyoj sezadi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida har bir BHXS bosqichma-bosqich rasman qabul qilingan.
Har bir qabul qilingan standartga asosan metodologiyada qo‘shimcha yo‘riqnomalar, nazoratning yangi raqamlashtirilgan usullarini ishlab chiqilgan. O‘zbekiston hisob tizimi bugungi kunda xuddi shunday takomillashtirilgan hisob va nazorat tizimiga ehtiyoj sezmoqda. Normativ hujjatlarga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hisob siyosatidan moliyaviy hisobot taomillarini yuritishda andoza sifatida foydalanadilar. Mamlakatimiz hozirgi bosqichida buxgalteriya hisobi va hisobotini isloh qilish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, keng doiragi iqtisodiy o‘zgarishlarning ajralmas qismidir.
Iqtisodiyotning zamonaviy globalizatsiyasi milliy hisob tizimlaridagi farq bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlarning taqqoslanuvchanligi muammosini keltirib chiqaradi. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (BHXS) bu muammoni hal qilish uchun eng munosib vosita hisoblanadi.
BHXS – tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini tayyorlash tamoyillari majmui bo‘lib, nafaqat yirik, balki o‘rta kompaniyalarda ham boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur asos sifatida harakat qilishi mumkin. BHXS yordamida tayyorlangan moliyaviy hisobot ko‘proq axborot hisoblanadi. So‘nggi bir necha yilda mamlakatimiz me’yoriy-huquqiy bazasi BHXSning qo‘llanish doirasini tartibga soluvchi hujjatlar ro‘yxati bilan to‘ldirildi.
BHXS jadal amaliyotga kirib kelishi natijasida, bir qator muammolar paydo bo‘ldi, ya’ni:

  1. BHXS va BHMS parallel hisob natijasida, buxgalteriya hisobi murakkablashdi;

  2. mavjud dasturiy mahsulotlar mukammal emasligini ko‘rsatdi;

  3. ikki standart maqsadlari farqlanishi, mamlakatimiz hisobotlari moliyaviy tavsifga ega bo‘lgan bir vaqtda, BHXS investorlar uchun eng shaffof ma’lumotlarni taqdim etishga qaratilgan (ichki korxonalar bunga tayyor emas).

Bunday ziddiyatli holatlarda buxgalteriya ma’lumotlari farqlanadi, auditorning xulosasi to‘g‘ri, ishonchli va bexato deb aytishimiz mumkinmi.

  • Boshlang‘ich qiymat 5-BHMSga asosan “asosiy vositalarni yaratish (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar qiymati, shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek, aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq еtkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlar” 19kiradi.

Vaholanki, BHXSga asosan boshlang‘ich qiymat o‘z ichiga demontaj va buzish harajatlarini oladi.

  • “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi, Soliq Kodeksining 306-moddasi, 5-BHMSning 35-bandiga asosan еr qiymati amortizatsiya qilinmaydi. 16-son “Mulk, mashinalar va uskunalar” nomli BHXSning 56-paragrafida еr va bino birga xarid qilinganda ham alohida amortizatsiya qilinadi.

  • 5-BHMSga asosan asosiy vositalar tarkibiga 0170 schyotda “Ish hayvonlari” , 0171 schyotda yuritilayotgan “Mahsuldor mollar”, 0180 schyotida “Ko‘p yillik o‘simliklar” kiritilgan. BHXS 16 Hayvonlar va o‘simliklarning 41 BHXS “Qishloq xo‘jaligi” standarti asosida hisobi yuritiladi; sotish uchun tavsiflanayotgan Mulk, mashinalar va asbob- uskunalar BHXS (IFRS) 5 “Sotishga mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat” standart asosida hisobi yuritiladi. Demak, xalqaro standartlarga o‘tishda biz me’yoriy-huquqiy bazaga o‘zgartirishlar kiritishimiz lozim ekanligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu holat, audit to‘la va asosli buxgalteriya hisob standartlari asosida olib borilishida auditorlik xulosalari ishonchligini ta’minlanish uchun mutanosibdir. Xalqaro standartlar asosida yaratilgan hisob tizimini Milliy hisobga yaqinlashtirishda ko‘pgina muammolar mavjud.

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari bilan Xalqaro audit standartlarining (AXS) o‘zaro bog‘liqligi qo‘yidagilardan iborat:

  1. Umumfoydalanishdagi terminning rasmiy abriviaturalari BHXS hamda AXS auditorlar va moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tekshiriluvchi shaxslar o‘rtasida auditning maqsadi va ob’yektlarini taqdim etish to‘g‘risidagi kelishmovchiliklarning oldini oladi.

  2. Auditorlar umumiy va tekshirilayotgan moliyaviy hisobotlarning belgilangan talablar mezoniga muvofiqligini BHXSdan foydalanadilar.

  3. Agar tekshirilayotgan shaxs BHXSga muvofiq hisobot tuzsa, audit davomida barcha moliyaviy hisobot standartlarini qo‘llash zarur bo‘ladi. Unda auditor BHXS tomonidan va davlatning qonuniy me’yorlariga, ishlab chiqilgan standartlarga murojaat qiladi.

Tadqiqot ishimizda turdosh bo‘lgan ikki standart, ya’ni IAS 16 Mulk,mashina va asbob-uskunalar va 5-son BHMS tadbiq etish asosida ularga tayangan holda ushbu standartlarning farqli va o‘xshash jihatlarini keltirdik. “Asosiy vositalar” ga oid qoida va tushunchalarning xalqaro va milliy standartlardagi talqini natijalarini quyidagi 9-jadvalda aks ettiramiz. Ushbu jadval ma’lumotlari asosida quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin: Birinchidan, xalqaro standartda Mulk, mashinalar va asbob- uskunalar atamasi o‘rniga “Mulk (yer), bino, mashina va asbob-uskunalar” atamasidan foydalanilgan.

Download 227,31 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy vositalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini takomillashtirish

Download 227,31 Kb.