AV-1 shakli – “Asosiy vositalarni qabul qilish va berish akti” - asosiy vositalarning kirim va chiqimini qayd qilish uchun. AV-2




Download 227,31 Kb.
bet15/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

AV-1 shakli – “Asosiy vositalarni qabul qilish va berish akti” - asosiy vositalarning kirim va chiqimini qayd qilish uchun.

  • AV-2 shakli – “Ta’mirlangan, mukammallashtirilgan va rekonstruksiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi”- ob’yektlarning boshlang‘ich qiymatining oshishini qayd qilish uchun.

  • AV-3 shakli – “Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish” ob’yektlarni tugatish uchun.

  • AV-4a shakli – “Avtotransport vositalarini tugatish dalolatnomasi”.

  • AV-7 shakli – “Asosiy vositalarni hisobga olish uchun inventar kartochkalari” har bir asosiy vositaning holati va harakatini alohida qayd qilib boradi.

  • AV-8 shakli – “Asosiy vositalarning harakatini qayd qilish kartochkasi”-ularning kirim va chiqimini hisobga olib boradi.

  • AV-9 shakli – “Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati” ularning foydalanish joylari bo‘yicha hisobini tashkil qilish uchun ishlatiladi.

    Sub’yektlarning mulki bo‘lgan asosiy vositalarning eskirishi 0200-“Asosiy vositalarning eskirishi” passiv, sintetik schyotlarning guruhida hisobga olinadi.
    Asosiy vositalarning eskirishi har oyda belgilangan va amaldagi me’yorlar bo‘yicha to‘la tiklash uchun ajratilgan amortizasiya summasi miqdorida aniqlanadi.
    0200-“Asosiy vositalarning eskirishi” schyotlarining guruhi quyidagi schyotlardan tashkil topgan:
    0211-“Yerni obodonlashtirishning eskirishi”.
    0212-“Lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”.
    0220-“Imoratlar va inshootlarning va o‘zatuvchi moslamalarning eskirishi”.
    0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” va hokazo.
    0240-“Mebel va idora jixozlarining eskirishi”.
    0250-“Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasining eskirishi”.
    0260-“Transport vositalarining eskirishi”.
    0270-“Ishchi hayvonlarning eskirishi”.
    0280-“Ko‘p yillik daraxtlarning eskirishi”.
    0290-“Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
    0299-“Moliyalashtiriladigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
    Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi – jismoniy eskirish va ikkinchisi, ma’naviy eskirishdir.
    Avariya, e’tiborsizlik, sovuqqonlik, zararkunandalik qilish, o‘g‘irlik natijasida paydo bo‘lgan xarajatlar zararlarga olib boriladi. Asosiy vositalarni xarid qilgandan so‘ng paydo bo‘ladigan ushbu xarajatlar, to‘rtta asosiy turlarga bo‘linadi:

    1. Ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash;

    2. Yaxshilash (mukammallashtirish);

    3. Qo‘shimchalar kiritish (kengaytirish);

    4. Qayta ko‘rish va boshqarish.

    Saqlab turish va joriy ta’mirlash xarajatlari.
    Ishchi holatda saqlab turish xarajatlariga moylash, tozalash, tartibga solish, bo‘yashdan iborat bo‘lib – bularning hammasi uskunani ishchi holatida saqlab turishning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy ta’mirlash xarajatlari ehtiyot qismlarning sarflari, profilaktika va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlardan iborat.
    Asosiy vositalarni inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
    Joylashgan еri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
    Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart:
    - mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
    - yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan "Tovar-moddiy zaxiralar" deb nomlangan 4-son BHMAga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98 yilda 491-son bilan ro‘yxatga olingan "Asosiy vositalar" deb nomlangan 5-son BHMAga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.

    Download 227,31 Kb.
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AV-1 shakli – “Asosiy vositalarni qabul qilish va berish akti” - asosiy vositalarning kirim va chiqimini qayd qilish uchun. AV-2

    Download 227,31 Kb.