II-bob. Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish




Download 227,31 Kb.
bet14/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

II-bob. Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish

2.1. Asosiy vositalarni tan olish va baholashning uslubiy jihatlari


Asosiy vositalarning harakati ularning kelib tushishi, chiqib ketishi va korxona ichidagi harakati xo‘jalik jarayonlari ta’siri ostida sodir buladi. Ushbu xo‘jalik jarayonlari tegishli hisob hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qabul kiladi. Komissiya qabul kilgan xar bir obyekt uchun alohida bir nusxada asosiy vositalarni qabul qilish - topshirish dalolatnomasi (OS-1 shakl) tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi. Bir nechta obyekt uchun umumiy dalolatnoma faqat ushbu obyektlarning hammasi yagona tipda bo‘lsa va ularning qiymati bir xil bo‘lsa, shuningdek bir kunda bitta javobgar shaxs tomonidan qabul kilinganda tuzish mumkin. Dalolatnomalarda obyektlarning nomi, qurilgan yoki zavoddan chiqarilgan vakti, dastlabki qiymati, berilgan inventar nomeri, foydalanish joyi va boshqa zarur ma’lumotlar kursatiladi. qabul kilingan obyektni tavsiflovchi texnik hujjatlar dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va ularga asosan buxgalteriyada asosiy vositalarning inventar kartochkalarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Undan so‘ng texnik hujjatlar doimiy saqlash uchun tegishli bo‘limlarga beriladi.
Asosiy vositalarning korxona ichidagi harakati yuk xatiga asosan (OS-2 shakl) rasmiylashtiriladi. Unda topshiruvchi va qabul kiluvchining ismi, sharifi, lavozimi, asosiy vositalarning birini ikkinchisiga berish sabablari va asosi, obyektning qisqacha tavsifi, texnik holati kursatiladi. Yuk xati ikki nusxada tuziladi va topshiruvchi hamda qabul kiluvchi imzo chekadi. Yuk xatining bir nusxasi korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi topshiruvchida koladi va u asosiy vositalarning inventar ro‘yxatidan chiqishi to‘g‘risida belgini qo‘yish uchun asos buladi.
Kapital kuyilmalar hisobidan qurib bitkaziladigan obyektlarni qurish va asbob uskunalar bilan jihozlash bilan bog‘lik bo‘lgan tugallangan ishlarni qabul qilish, ta’mirlangan, rekonstruksiyalangan va kayta modernizatsiyalangan obyektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan (OS-3 shakli) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada obyektning dastlabki qiymati va sodir bo‘lgan texnik o‘zgarishlardan so‘nggi qiymati va boshqa zarur texnik ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Ushbu ishlarni korxonaning o‘zi amalga oshirsa akt bir nusxada agar boshqa tashkilot amalga oshirsa ikki nusxada tuziladi va dalolatnomada obyektni qabul kiluvchi va topshiruvchilar o‘z imzolari bilan tasdiqlaydi.
Asosiy vositalarlarning soni unchalik ko‘p bulmagan korxonalarda ob’yektlar bo‘yicha hisob asosiy vositalarning inventar daftarida (№OS-11 shakl) yuritilishi mumkin. Daftarga asosiy vositalar ularning turkumlari bo‘yicha va foydalanilayotgan joylari bo‘yicha yoziladi.
Buxgalteriyada ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha inventar kartochkalari ochilmaydi. Analitik hisobni tashkil qilish uchun esa ijaraga beruvchi tomonidan berilgan asosiy vositalarning inventar kartochkasining ko‘chirmasidan foydalaniladi.
Inventar kartochkalar to‘lg‘azilgandan so‘ng maxsus ro‘yxatda qayd etiladi. kartochkalar ro‘yxatda turkumdagi guruxlari bo‘yicha joylashtiriladi.
Inventar kartochkalardan tashkari asosiy vositalarning harakatini hisobga olish kartochkasi ham yuritiladi. Unda korxona va uning bo‘limlari bo‘yicha asosiy vositalarning harakati mikdori va qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning sintetik hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasidagi kuyidagi schetlarda hisobga olinadi:
0100 “Asosiy vositalar” (aktiv schyot);
0200 “Asosiy vositalarning eskirishi” (kontr-aktiv schyot);
9310 “Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqarishlardan kurilgan foyda” (tranzit schet);
9431 “Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqimidan kurilgan zarar” (tranzit schet).
Barcha turdagi asosiy vositalarning korxonadan chiqib ketishi asosiy vositalarning tugatilishi tugrisidagi dalalotnoma bilan rasmiylashtiriladi. Faqatgina bundan yuk va еngil avtomobillar istisno. Ular avtotransport vositalarini tugatish xakidagi dalolatnomaga binoan hisobdan chiqariladi.(№ OS-4a).
Asosiy vositalarni tugatilishi tugrisidagi dalolatnomalarda ularni tugatishdan olingan materiallar extiyot qismlar va boshqalar, shuningdek tugatish uchun kilingan xarajatlar, boshlang‘ich ishlab chiqarish qiymati, eskirish qiymati va tugatish natijasi ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yoki kapital qo‘yilmalar shaklida, yoki daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar shaklida hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning harakati ustidan quyidagi hujjatlar yordamida nazorat o‘rnatish mumkin.


  1. Download 227,31 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-bob. Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish

Download 227,31 Kb.