|
-jadval
Xalqaro amaliyotda ko‘chmas mulk ob’yektlarining buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi MXHS (IAS) standartlar
|
bet | 10/37 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 227,31 Kb. | | #249533 |
Bog'liq Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш3-jadval
Xalqaro amaliyotda ko‘chmas mulk ob’yektlarining buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi MXHS (IAS) standartlar
№
|
Aktivlar
|
MXHS
|
MXHS nomi
|
1.
|
Ijara shartnomasi va adolatli qiymat modeli bo‘yicha to‘liq ijaraga olingan bino korxonaning hisob siyosatiga muvofiq foydalaniladi.
|
40 MXHS
|
Investisiya ko‘chmas mulk
|
2.
|
Binoning 40 foizi operasion ijaraga olingan va adolatli qiymat modeliga binoan foydalaniladigan korxona hisob siyosatiga muvofiq foydalaniladi.
|
40 MXHS
|
Investisiya ko‘chmas mulk
|
3.
|
Tashkilotning ishlab chiqarish faoliyatida 60% foydalaniladigan binoning bir qismi
|
16 MXHS
|
Asosiy vositalar
|
4.
|
Boshqaruv tashkilotning o‘z еhtiyojlari uchun foydalanmoqchi bo‘lgan ofis binosini qurish bilan bog‘liq qurilish jarayoni
|
16 MXHS
|
Asosiy vositalar
|
5.
|
Mehnat shartnomasi bo‘yicha qurilayotgan bino
|
11 MXHS
|
Qurilish shartnomalari
|
6.
|
Ilgari sotish uchun asosiy vosita sifatida ishlatilgan uskunalar
|
5 MXHS
|
Sotish uchun ushlab turilgan va to‘xtatilgan operatsiyalar
|
7.
|
Korxonaning odatdagi faoliyati davomida sotiladigan avtotransport vositalari
|
2 MXHS
|
Zahiralar
|
Asosiy vositalar - bu moddiy boyliklar, ular:
- tovarlarni ishlab chiqarish yoki еtkazib berish va xizmatlarni ko‘rsatish, ijaraga berish yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan;
- uzoq davr davomida ishlatiladi.
- o‘zining natural shaklini o‘zgartirmaydi, faqat eskirish qiymatini ishlab chiqarilgan maxsulot (ko‘rsatilgan xizmat) tannarxiga yoki davr xarajatlariga o‘tkazib boradi.
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobi uchun quyidagicha tasniflanadi;
ishlab chiqarish asosiy vositalari - bu bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan yoki unga sharoit yaratadigan asosiy vositalar. Ular tarkibiga binolari va inshootlari, sanoat mashinalar va jihozlar, o‘lchash va tartibga solish asboblari va moslamalari, laboratoriya uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish asbob va uskunalar hisoblanadi; noishlab chiqarish asosiy vositalari – ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan, korxona boshqaruv xodimlarining madaniy va kundalik ehtiyojlariga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan vositalardir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-jadval
Xalqaro amaliyotda ko‘chmas mulk ob’yektlarining buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi MXHS (IAS) standartlar
|