Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich




Download 227,31 Kb.
bet7/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

Dastlabki qiymati mazkur korxonada ob’yektni foydalanishga topshirish vaqtida aniqlanadi.
Tiklash qiymati deb- asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarish qiymati tushuniladi, ya’ni qaytadan baholash vaqtiga bo‘lgan amaldagi bahoda inventar ob’yektlarini sotib olish yoki qurish.
Asosiy vositalar hisob va hisobotda qayta baholash natijasida tiklash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning eskirish qiymati qayta baholangan taqdirda, qayta baholashni o‘tkazish sanasida hisoblab yozilgan eskirish ham qayta baholanadi.
Asosiy vositalarning qayta baholash summasi 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schetida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida ularning qiymati kamaytirilsa (arzonlashtirilsa), kamaytirilgan summa, oldingi qayta baholash doirasida 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schetida aks ettiriladi. Dastlabki qayta baholash qiymati еtarli bo‘lmagan holatlarda, arzonlashtirilgan summa bilan oldingi qayta baholash summasi o‘rtasidagi tafovut xarajat deb tan olinadi va 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schetida aks ettiriladi.
Aktivlarni baholashning umumiy prinsiplari asosiy vositalarni xarid qilish holatlari va usullariga bog‘liq bo‘lmaydilar. Chunki ulardan uzoq muddat foydalanilib, o‘z qiymatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxiga asta-sekin o‘tkazib boradi. Shu o‘tkazilgan qiymatni, ya’ni asosiy vositalarning eskirish qiymatini (summasini) butun foydalanish davrida to‘g‘ri aniqlash va mavjud asosiy vositaning mazkur sanagacha qancha eskirganligini aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobida ular qiymatining doimiyligini saqlash talab qilinadi. Shuning uchun mavjud buxgalteriya hisobotlari va balansi to‘g‘risidagi standartlarga ko‘ra asosiy vositalar foydalanishga topshirilgunga qadar bo‘lgan bahoda, ya’ni dastlabki qiymati asosida hisobga olinadi. Dastlabki qiymat asosiy vositalarni sotib olish yoki qurish, hamda ularni olib kelish va o‘rnatishga ketgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi va asosiy vositalarni hisobga olishda ham qo‘llaniladi. Ma’lumki, xalq xo‘jaligida foydalani­ladigan asosiy vositalar davrimizning turli vaqtlarida ishlab chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan. Ularning ichida bundan bir necha o‘n yillar davomida foydalanib kelinayotganlari ham mavjud. Shuning uchun unumdorligi, myehnat haqi sarflari va materiallarning tannarxlari har xil bo‘lgan boshqa-boshqa davrlarda ishlab chiqarilgan bir xildagi mehnat vositalarining qiymati ham har xil bo‘ladi.
Bir xil vazifani bajaruvchi, lekin turli davrlarda yaratilgan bir turdagi asosiy vositalar har xil dastlabki qiymatga ega bo‘lganligi sababli, ularning bir davr (oy, yil) ichida eskirish qiymati va amortizatsiya summasining aniqlanishi ham har xil bo‘ladi. Bu esa ushbu asosiy vositalarning yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxining har xil bo‘lishiga va iqtisodiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishga sabab bo‘ladi. Mana shunday xulosalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida asosiy vositalarning baholari davlatning qaroriga asosan vaqti-vaqti bilan umumiy ravishda qayta tiklanib (baholanib) turiladi, ya’ni qaytadan baholanayotgan asosiy vositalarga yangi narxlar belgilanayotgan paytida (sharoitda) xuddi shunday asosiy vositalarni ishlab chiqarish necha pulga tushsa, mana shu qiymat tiklash qiymati sifatida belgilanadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida narx-navolarning tez-tez o‘zgarib turishi sababli asosiy vositalarning narxlarini ham qisqarok muddatlarda qaytadan ko‘rib turishni taqozo etadi.
Ushbu talabni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 500-qarori bilan “Asosiy vositalarni
2001-yil 1-yanvar holatiga qayta baholash tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi va 2001-yil 19-fevralda 1008-son bilan Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu Nizom 2001-yil 1-martdan kuchga kirdi.
Asosiy vositalarni baholash prinsipi, mulkchilikning barcha turlari uchun bir xildir. Lekin asosiy vositalarning dastlabki qiymati faqat ularning narxlari qaytadan baholanganda, qo‘shimcha asbob-uskuna o‘rnatilganda, rekonstruksiya qilinganda va tegishli ob’yektlar qisman tugatilgandagina o‘zgartirilishi mumkin.
Ma’lumki, buxgalteriya balansida asosiy vositalarning qiymati ikki xil narxlarda, ya’ni dastlabki va qayta tiklangan qiymatlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularning umumiy summasi asosiy vositalarning balans qiymati deb nomlanadi.
Buxgalteriya hisobida shuningdek asosiy vositalarning qoldiq qiymati ham mavjud. U asosiy vositalarning balans qiymati bilan ularning eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi.
Buxgalteriya balansining aktivida hozirgi paytda asosiy vositalarga tegishli bo‘lgan uchta quyidagi ma’lumot keltiriladi: asosiy vositalarning balans qiymati, ularning shu sanaga bo‘lgan eskirish summasi va qoldiq qiymati. Bunda balansning yakuniy summasiga faqat qoldiq summasi qo‘shilib, asosiy vositalarning dastlabki qiymati va eskirish summasi ma’lumotnoma (axborot) uchungina keltiriladi.
Asosiy vositalar bir necha yo‘llar bilan sotib olinadi va ayrim hollarda tekinga olinadi:

  • pul mablag‘lari evaziga;

  • kreditga;

  • sotib oluvchi kompaniya kapitalining aksiyalariga almashish orqali;

  • qurilish yo‘li bilan;

  • boshqa aktivlarga almashish orqali;

  • davlat subsidiyalari orqali;

  • boshqa sub’yektlardan hadya sifatida;

Asosiy vositalarning turkumlanishi.
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Yer;

  2. Yerni obodonlashtirish;

  3. Bino va inshootlar;

  4. Mashina va uskunalar;

  5. Mebel va jihozlar;

  6. Kompyuter uskunalari;

  7. Transport vositalari;

  8. Ishchi hayvonlar;

  9. Mahsuldor hayvonlar;

  10. Ko‘p yillik o‘simliklar va boshqalar.

Asosiy vositalar va еrning sotib olinishini hisobga olish.
Binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalarning sotib olish qiymatiga tashib keltirish, montaj qilish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha zarur xarajatlar kiradi.

Download 227,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich

Download 227,31 Kb.