Hisob siyosatida asosiy vositalarni hisobga olish tartibini aks ettirish




Download 227,31 Kb.
bet8/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

1.2. Hisob siyosatida asosiy vositalarni hisobga olish tartibini aks ettirish

Asosiy vositalar – har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yektning sohasi, uning egalik huquqi va huquqiy shaklidan qat’i nazar eng keng tarqalgan aktiv turi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2021-yillarda harakatlar strategiyasida doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirilgan qonunlar sifatini oshirishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardagi ko‘chmas mulkni buxgalteriya hisobida aks ettirishda uning boshlang‘ich qiymatini shakllantirish, mulkni to‘g‘ri baholash muhim hisoblanadi. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘RQ-404-sonli qonunning (2016-yil 13-aprel) 17-moddasida aktivlarni, shu jumladan, asosiy vositalarni baholash bo‘yicha quyidagi norma keltirilgan: “Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ularning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi1.


Buxgalteriya hisobi tizimini moliyaviy hisobotni xalqaro standartlaridan foydalangan holda takomillashtirishda har xil muammolar kelib chiqmoqda. Shunday muammolardan biri bu asosiy vositalarning boshlag‘ich qiymatini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Chunki asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini to‘g‘ri aniqlanishi, ularni soliqqa tortish metodikasiga ham ta’sir qiladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida asosiy vositalarni ikki model asosida hisobga olishni tavsiya qilinadi. Birinchisi - asosiy vositalarni “haqiqiy xarajatga” asosan hisobga olish modeli. Ikkinchi - model qayta baholangan qiymatda yoki “haqqoniy qiymatda” hisobga olish2. Moliyaviy hisobotning xalqaro 13-sonli MHXS “Haqqoniy qiymatni baholash” standartida haqqoniy qiymatga quyidagicha ta’rif berilgan: Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo‘lgan yoki majburiyatni o‘tkazishda to‘lanishi mumkin bo‘lgan narxdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda “haqqoniy qiymat” va “bozor qiymati”tushunchalari bir xil degan fikrlar ham bor. Bizning fikrimizcha, bu iqtisodiy tushunchalar bir biridan farq qiladi. Bu to‘g‘risida E.S.Drujilovskaya quyidagi fikrlarni bildirgan: Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 13-“Haqqoniy qiymat bo‘yicha baholash”da keltirilgan “haqqoniy qiymat” va “bozor qiymati” tushunchalar sinonimlar emas3. Xorijlik olimlar hisob ob’yektlarini haqqoniy qiymatini aniqlashda muammolar borligini tan olishmoqda4.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuning 10-moddasiga muvofiq, buxgalteriya hisobi standartlari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilaydi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni belgilaydi. Buxgalteriya hisobi sub’yektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashi mumkin. 2021-yil 1-yanvardan boshlab, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi. Agar boshqa standartlarda buxgalteriya hisobining boshqa tartibi ko‘rsatilmagan yoki ruxsat etilmagan bo‘lsa, asosiy vositalarni hisobga olish uchun 16-MXHS qo‘llaniladi. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida tan olish mezonlari va boshlang‘ich qiymat tarkibini BHMS-5 bilan MHXS-16dagi asosiy normalarni taqqoslamasi
2-jadvalda keltirilgan. 16-MXHSning b – d bandlarida tavsiflangan aktivlarni rivojlantirish yoki ishlatish uchun foydalaniladigan asosiy vositalarga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa standartlar asosiy vositalarni ushbu standartdan farqli usul bilan tan olishni talab qilishi mumkin. Masalan, 17-MXHS (IAS) korxonadan tavakkalchiliklarni va foydalarni.


2-jadval

Download 227,31 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisob siyosatida asosiy vositalarni hisobga olish tartibini aks ettirish

Download 227,31 Kb.