• Asosiy vositalar moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi
  • Asosiy vositani sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar
  • Asosiy vositalar tegishligiga ko‘ra




    Download 227,31 Kb.
    bet11/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    Asosiy vositalar tegishligiga ko‘ra:
    bu korxonaga tegishli va uning balansida aks ettirilgan asosiy vositalar; ijaraga berilgan asosiy vositalar bu - boshqa korxonadan ijara shartnomasi bo‘yicha ko‘rsatilgan muddatga berilgan asosiy vositalar. Asosiy vositalardan foydalanish xususiyatiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi. operasion - ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) va xo‘jalik faoliyatida foydalanilayotgan asosiy vositalar;
    harakatsiz - vaqtincha buzuq yoki ishlab chiqarish xajmi kamayganligi sababli foydalanilmaydigan asosiy vositalar;
    zaxirada - mavjud bo‘lgan asosiy vositalarni ta’mirlash, tugatish, zarur holatlarida ularni almashtirish uchun zaxirasi shakllantirilgan asosiy vositalar.
    Asosiy vositalar moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
    inventarizatsiyalanadigan asosiy vositalar - moddiy ko‘rinishga ega,o‘lchash va baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan (binolar, inshootlar,imoratlar, mashina va asbob uskunalar);
    inventarizatsiya qilinishi mumkin bo‘lmagan asosiy vositalar, ya’ni moddiy shaklga ega bo‘lmagan (kapital xarajatlar, еr uchastkalarini obodonlashtirish va boshqalar). Asosiy vositalarni dastlabki baholash va ularning kelib tushishini hisobga olishda aktiv sifatida tan olinadigan asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati bo‘yicha baholanadi.
    Asosiy vositani sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar:
    - ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo‘lgan huquqni sotib olish bo‘yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
    - asosiy vositalar ob’yektlarini еtkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
    - asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
    - bojxona bojlari va yig‘imlari;
    - asosiy vositalar ob’yektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan
    mukofotlar;
    - aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;
    - asosiy vositalar ob’yektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summalar;
    - asosiy vositalar ob’yektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summalari;

    Download 227,31 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy vositalar tegishligiga ko‘ra

    Download 227,31 Kb.