|
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida tan olish mezonlari va boshlang‘ich qiymat tarkibini BHMS-5 bilan MHXS-16 dagi asosiy normalarni taqqoslama jadvali
|
bet | 9/37 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 227,31 Kb. | | #249533 |
Bog'liq Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштиришAsosiy vositalarning buxgalteriya hisobida tan olish mezonlari va boshlang‘ich qiymat tarkibini BHMS-5 bilan MHXS-16 dagi asosiy normalarni taqqoslama jadvali
Ko‘rsatkichlar nomi
|
MHXS 16 “Asosiy vositalar”
|
5-sonli BHMS “Asosiy vositalar”
|
Asosiy vositalar tushunchasi va tan olishning mezonlari
|
Kompaniya tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki еtkazib berish, boshqa kompaniyalarga ijaraga berish yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalanadigan va bir muddatdan ko‘proq foydalanilishi kutilayotgan moddiy boyliklar (16-IAS) 16-bandining 6-bandi). Aktivlarni tan olish mezonlari: Asosiy vositalar ob’yektining tannarxi faqatgina quyidagi shartlar bajarilganda aktiv sifatida tan olinadi: a) tadbirkorlik sub’yekti tomonidan asosiy vosita bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy naf olinishi ehtimoli mavjud bo‘lsa; b) aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.
|
Asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar; (5-son BXMS 3-bandi) Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) bir yildan ortiq xizmat muddati; b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
|
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati tarkibi
|
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi: a) savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog‘liq qoplanmaydigan soliqlar. b) aktivni undan tadbirkorlik sub’yektining rahbariyati tomonidan ko‘zlangan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga olib kelish bilan bog‘liq bevosita xarajatlar. v) asosiy vosita ob’yektini demontaj qilish va olib tashlash xamda u joylashgan joydagi tabiy resurslarni qayta tiklash xarajatlarining boshlang‘ich bahosini.Tadbirkorlik sub’yekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki undan ma’lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida ushbu xarajatlar bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.
|
Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisobga olinadi.Asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo‘lgan huquqni xarid qilish (olish) bo‘yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
bojxona bojlari va yig‘imlari;
asosiy vositalar ob’yektlarini xarid qilish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); asosiy vositalar ob’yektlarini xarid qilish (barpo etish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summalar; asosiy vositalar ob’yektlarini еtkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; asosiy vositalar ob’yekti vositachilar orqali olinganda ularga to‘lanadigan mukofotlar;asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish xarajatlari; aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga
|
Investisiya mulki uchun 40-sonli MXHS (IAS)ga muvofiq investisiya mulki uchun xarajatlar modelidan foydalanadigan korxona ushbu standartdagi xarajatlar modelidan foydalanishi kerak. Xalqaro amaliyotda ko‘chmas mulk ob’yektlarining buxgalteriya hisobi har xil MHXSlari bilan tartibga solinadi (3-jadval).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida tan olish mezonlari va boshlang‘ich qiymat tarkibini BHMS-5 bilan MHXS-16 dagi asosiy normalarni taqqoslama jadvali
|