• I-BOB. Asosiy vositalar hisobining nazariy va normativ huquqiy asoslari
  • Magistrlik disseratsiyasi ilmiy nazariy va uslubiy asosi




    Download 227,31 Kb.
    bet5/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    Magistrlik disseratsiyasi ilmiy nazariy va uslubiy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari. “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonun kabi bir qator meyoriy hujjatlar tashkil etdi.
    Mavzuni tadqiq etish jarayonida tizimli va dasturiy yondashuv kompleks iqtisodiy tahlil, tarkibiy funksional tahlil va statistik guruhlashtirish kabi uslublardan foydalanildi.
    Magistrlik disseratsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki unda bayon etilgan asosiy xulosa va tavsiyalar asosiy vositalar holati vaulardan samarali foydalanishning tahlili mavzusini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga xizmat qiladi.
    Magistrlik disseratsiyasining tarkibiy tuzilishi: Kirish qismida – mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, tadqiqotning ilmiy nazariy uslubiyoti kabi masalalar yoritilgan.
    Tadqiqot ishining birinchi bobi Asosiy vositalar hisobining nazariy va normativ huquqiy asoslari masalalariga bag‘ishlangan.
    Tadqiqotning ikkinchi bobida Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari keltirilgan.
    Uchinchi bobda Asosiy vositalar tahlilini takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
    Xulosa qismida muallifning umumiy xulosa va takliflari berilgan.

    I-BOB. Asosiy vositalar hisobining nazariy va normativ huquqiy asoslari

    1.1.Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati va mahsulot ishlab chiqarish jaryonida tutgan o‘rni


    Jamiyatga zarur bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan foydalaniladi. Mehnat vositalari deb, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan mehnat qurollari hamda shu ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan, lekin uning uchun ma’lum sharoitlar yaratib, uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, uy-joy binolari, xo‘jalik inventarlari va hokazolar kiradi va uzoq muddatli aktivlar hisoblanadi. Uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘lib:
    a) bir yildan ko‘proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo‘ladi;
    b) ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladi yoki ijaraga beriladi;
    v) sotish uchun mo‘ljallanmaydi.
    Uzoq muddatli aktivlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
    Moddiy aktivlar (asosiy vositalar); jismoniy tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, uzoq muddatda foydalaniladigan, aktivlar; еrlar, binolar, inshootlar, uskunalar, tabiiy resurslar va shunga o‘xshashlar.
    Moddiy aktivlar ham o‘z navbatida uchta guruhga bo‘linadi:

    • amortizatsiya qilinishga tegishli bo‘lgan moddiy aktivlar, masalan, binolar, inshootlar, uskunalar, mebellar, qurilmalar;

    • yemirilishga tegishli bo‘lmaganlari, masalan foydali qazilmalar, o‘rmon boyliklari va shunga o‘xshashlar;

    • amortizatsiya yoki еmirilishga tegishli bo‘lmaganlari, masalan еr;

    Mehnat vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o‘zining jismoniy ko‘rinishini saqlab qoladi. Lekin ular mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga qisman o‘tkazilib boriladi. Sub’yektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar sub’yektga olinadi va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir bo‘limdan ikkinchi bo‘limga o‘tkaziladi, eskirishi, sotilishi va tekinga berilishi natijasida sub’yektning hisobidan chiqariladi, vaholanki doimo harakatda bo‘ladi.
    Sub’yektlar asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, boshqa sub’yektga sotish, tekinga (ehson sifatida) berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha tekinga foydalanishga berish va hisobdan chiqarish xuquqlariga egadirlar.
    Asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • joylashgan joylari bo‘yicha mavjud asosiy vositalar butligi ustidan nazorat qilish;

    • ularning kirimi, chiqimi va joyini o‘zgartirishni hujjatlar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisobda o‘z vaqtida aks ettirish;

    • asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘lardan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish;

    • korxona xarajatlariga kiritish uchun foydalanish va eskirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy vositalar qiymati ulushini hisoblash;

    • ish mashinalari, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish maydonlari, transport vositalari va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish;

    • asosiy vosita ob’yektlarini hisobdan chiqarish va tugatishdan olingan natijalarni to‘g‘ri aniqlash.

    Ushbu huquqlardan faqatgina dastlabki hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lg‘azish natijasidagina samarali foydalanishi mumkin.
    Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mavjud asosiy vositalarni to‘g‘ri hisobga olish va ularni mulk sifatida saqlash, ta’mir qilish, aso­siy vositalarning kelishini, chiqib ketishini va sub’yektning ichidagi harakatini tegishli hujjatlarga asosan hisob registrlarida to‘g‘ri aks ettirib borishdan iborat.
    Shuningdek buxgalteriya hisobi asosiy vositalarning mahsulot tannarxiga o‘tkazayotgan eskirish summasini to‘g‘ri aniqlash uchun ham xizmat qiladi va ushbu hisoblangan eskirish summasini kalkulyasiya ob’yektiga qaysi tartibda olib borishni ko‘rsatib beradi.
    Asosiy vositalarni buxgalteriyada hisobga olishning eng asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, u mavjud asosiy vositalardan to‘g‘ri va unumli foydalanib, imkoni boricha ko‘p va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni va ishlab chiqarishga sarflangan har bir so‘mning rentabellik darajasini oshirishni ta’minlashi kerak. Chunki mavjud qarorlarga ko‘ra, barcha sub’yektlar mulklar uchun budjetga soliq to‘lashlari kerak. Bu to‘lovlarning summasi mulklarning miqdoriga qarab mutanosib ravishda o‘zgaradi, asosiy kapitalning qiymati oshgan sari to‘lovlarning summasi ham oshib boradi, bu esa sub’yekt foydasining kamayib ketishiga ta’sir qiladi. Bun­day iqtisodiy siyosat sub’yektlarni ortiqcha asosiy mablag‘lardan voz kechishga, eng zarur bo‘lgan asosiy vositalarni olib qolib, ulardan unumli foydalanishga majbur qiladi.
    Buxgalteriya hisobi yordamida sub’yektda bekor turgan va ortiqcha asosiy vositalar aniqlanadi, ularni boshqa tashkilotlarga ijaraga topshirish yoki sotish choralarini ko‘rishga yordam beradi va mavjud asosiy vositalardan qanday foydalanayotganligi va ulardan yana ham unumliroq foydalanish yo‘llarini izlab topishga yordam beradi.
    Asosiy vositalar ishlab chiqarishga qatnashishi nuqtai nazaridan ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalari va noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalariga bo‘linadi.
    Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalardan moddiy ishlab chiqarish sohasida foydalaniladi, ishlab chiqarishning bir nechta jarayonida qatnashib, asta-sekin eskiradi, o‘zining qiymatini yaratilgan mahsulotning, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning tannarxiga qisman o‘tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish soha­sida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o‘tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, yirik shohli ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi.



    Download 227,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistrlik disseratsiyasi ilmiy nazariy va uslubiy asosi

    Download 227,31 Kb.