• ILOVΑLΑR ................................................................................................. 88
  • Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining o‘rganilganlik darajasi.
  • Magistrlik dissertatsiyasi ning maqsadi.
  • Magistrlik disseratsiyasi mavzusining o‘rganish ob’yekti
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich




    Download 227,31 Kb.
    bet4/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    XULOSA ......................................................................................................

    75

    FOYDΑLΑNILGΑN ΑDΑBIYOTLΑR RO‘YХΑTI ...............................

    78

    ILOVΑLΑR .................................................................................................

    88

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Jahonda qulay investision muhitni shakllantirish hamda biznesni rivojlantirish uchun asosiy fondlarga kiritilgan sarmoyalarning samaradorligini aniqlash, asosiy vositalarni tan olish, baholash, tasniflash, hisobga olish, hisobotlarda aks ettirish va uning auditini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Natijada mulk (shu jumladan еr), bino va inshootlar, mashina va asbob-uskunalarni haqqoniy qiymatda baholash va qayta baholash (doimiy baholash), ularni ilmiy tasnifi bo‘yicha moliyaviy hisobotda aks ettirish, asosiy vositalarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash, xarajatlarni kapitallashtirish, mulkning qadrsizlanishi hisobi hamda auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha umumiy talablar shakllantirilgan. O‘zbekistonda 16-son BHXS (IAS) “Mulk, mashina va asbob-uskunalar” hamda asosiy vositalarga oid auditning xalqaro standartlari joriy etilgan.
    Shu bilan birga, respublikamizda asosiy vositalarning xalqaro standartlarga muvofiq ta’rifi, tan olish mezonlari, tasnifi, mulk (yer), zavod, mashina va asbob-uskunalarni davomiy baholash, depresiatsiya (eskirish) usullari, qadrsizlanishi hisobi, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi moliyaviy hisobot shakllari hamda auditining mukammal tartib-taomillari ishlab chiqilmagan. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish zarur”. Shu jihatdan bugungi kunda asosiy vositalar hisobi hamda auditorlik tahlilini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha alohida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish talab etilmoqda.
    O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonO‘zbekiston Respyblikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020-yil 24-avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2019-yil 19-sentyabrdagi PQ-3946-sonO‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2015-yil 24-apreldagi PQ-4720-sonAksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaryv yslyblarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respyblikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son “Davlat ulishi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurityvchi sub’yektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida»gi nizom qonun meyoriy hujjatlar ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli ijrosi iste’mol hisob tizimining xalqaro standartlarga o‘tish jarayonlari va tendensiyalarini transformatsiya va garmonizatsiyani taqozo etadi.
    Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish tahlili masalalarini o‘rganish doimo iqtisodchi olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan, tadqiq etilayotgan mavzuga oid jihatlar A.Sotvoldiyev, I.Qayumov, B.Hoshimov, A.Karimov, F.Gʻulomova, I.Zavalishina, O.Bobojonov, R,Jumaniyozov, T.Malikov, R. Dusmurodov va boshqalar tomonidan yoritilganligini qayd etish mumkin.
    Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi. Asosiy vositalar hisobi va ulardan samarali foydalanish tahlilini takomillashtirish masalalarini o‘rganib chiqishdir.
    Magistrlik dissertatsiyasi oldiga qo‘yilgan vazifalar qo‘yidagilardan iborat

    • asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati va mahsulot ishlab chiqarish jaryonida tutgan o‘rnini yoritib berish;

    • hisob siyosatida asosiy vositalarni hisobga olish tartibini aks ettirish;

    • asosiy vositalarni tan olish va baholashning uslubiy jihatlari ochib berish;

    • asosiy vositalarni hisobinining uslubiy jihatlarini takomillashtirish;

    • asosiy vositalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini takomillashtirish;

    • asosiy vositalar tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalaridan foydalanish jarayonini tavsiflash;

    • asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilini takomillashtirish;

    • asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilining uslubiy jihatlarini takomillashtirish.

    Magistrlik disseratsiyasi mavzusining o‘rganish ob’yekti asosiy vositalar hisobi va tahlili olingan.

    Download 227,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich

    Download 227,31 Kb.