-jadval Asosiy vositalarining tasnifi




Download 227,31 Kb.
bet6/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

1-jadval
Asosiy vositalarining tasnifi

Tasniflash
Belgisi

Asosiy vositaning turi

1.Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra

  • ishlab chiqarish asosiy vositalari

  • noishlab chiqarish asosiy vositalari

2.Ishlab chiqarishni borishi-ga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra

  • faol ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy vositalar

  • nofaol ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy vositalar

3.Mulkiy kimga tegishligiga ko‘ra

  • xususiy asosiy vositalar

vaqtinchalik foydalanishga olingan asosiy vositalar

4.Sotib olish va kelib chiqish manbalariga ko‘ra

  • sotib olingan import asosiy vositalar

  • sotib olingan mahalliy asosiy vositalar

  • o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalar

  • ta’sis badali sifatida kiritilgan asosiy vositalar

bepul kelib tushgan asosiy vositalar

5.Sotib olingandagi holati-ga ko‘ra

  • butkul yangi asosiy vositalar

oldinlari foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar

6.Real holatiga ko‘ra

  • ishlatilayotgan asosiy vositalar

  • kapital ta’mirlashdagi asosiy vositalar

  • konservatsiya qilingan asosiy vositalar

  • zahiradagi o‘rnatilmagan jihozlar

  • sotishga tayyorlangan asosiy vositalar

  • tugatishga tayyorlangan asosiy vositalar

ijaraga berilgan asosiy vositalar

7.Alohida ishlarni baja-rishga mo‘ljallanganligiga ko‘ra

8.Turi va ko‘rinishiga ko‘ra

  • yer va еr uchastkalari

  • bino va inshoatlar

  • mashina va mexanizmlar

  • ofis mebellari va jihozlari

  • kompyuterlar

  • transport vositalari

  • ishchi xayvonlar

  • ko‘p yillik o‘simliklar

  • boshqa asosiy vositalar

Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan madaniy-maishiy, sog‘liqni saqlash muassasalari, kommunal xo‘jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlarga xizmat qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, lekin sub’yektning moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda yordam beradi. Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, o‘z qiymatini qisman yo‘qotib boradilar. Asosiy vositalar xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘ida ishlatilishiga qarab, shuningdek tarmoqlar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va hokazo) bo‘yicha ham guruhlashtiriladi.


Asosiy vositalarni xalq xo‘jaligining tarmoqlari va turlari o‘rtasida taqsimlashda ular yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar qanday tarmoq yoki faoliyatning turiga taalluqliligiga qarab, tegishli asosiy vositalar ham o‘sha tarmoq yoki faoliyat turiga kiritiladi, masalan, xalq xo‘jaligining tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishidagi asosiy vositalarning qanday maqsadda foydalanishi va qanday ishlarni bajarishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Imoratlar – bularga syex, ombor, tajribaxona, idora, o‘t o‘chirish deposi, garaj va shunga o‘xshash mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tashqi atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi va moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi binolar kiradi.

  2. Inshootlar – bularga mehnat buyumlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, texnikaviy vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan suv minorasi, ko‘priklar, temir yo‘llar, asfalt ko‘chalar, devorlar, nasos stansiyalari, kanallar va hokazolar kiradi.

  3. O‘tkazuvchi moslamalar – bular yordamida elektr va issiqlik energiyasi, hamda mexanika energiyasi o‘tkaziladi, bir inventardan ikkinchi inventarga suyuq va gazsimon moddalar yuboriladi. Bunday moslamalarga elektr o‘tkazish yo‘llari, gaz suv va bug‘ o‘tkazuvchi quvur yo‘llar, telefon o‘tkazuvchi simlar, kabellar va hokazolar kiradi.

  4. Mashina va asbob uskunalar, shu jumladan:

a) kuchlantirish mashinalari va asbob-uskunalar (issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlari, transformatorlar, yordamchi stansiyalarning asbob-uskunalari);
b) ish mashinalari va asbob-uskunalar (mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarish xususiyatidagi xizmatlarni bajarish jarayonida mexanik ta’sirni ko‘rsatuvchi mashinalar, jumladan tokarlik stanoklari, tikuv mashinalari, kranlar, kompressorlar);
v) o‘lchov va tartiblovchi uskunalar, moslamalar va tajribaxonaning asbob-uskunalari;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa xil mashina va asbob-uskunalar.

  1. Transport vositalari – samolyotlar, avtomashinalar, vagonlar, kemalar, aravalar, avtobuslar va hokazolar kiradi.

  2. Uskunalar – asosiy vositalarning ushbu turiga mehnat buyumlariga ishlov berishga xizmat qiladigan mexanizatsiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan qo‘l mehnatining qurollari yoki mashinalari kiradi.

  3. Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, jihozlar va boshqa asosiy vositalar – xo‘jalik va idora inventarlari, idora jihozlari, yozuv mashinalari, telefon apparatlari, texnika kutubxonalari va boshqa buyumlardan iborat.

  4. Ishchi va mahsuldor hayvonlar (otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, buqalar, qo‘toslar, qo‘ylar, echkilar va boshqalar).

  5. Ko‘p yillik daraxtlar – mevali, dekorativ va ixota daraxtlari.

  6. Boshqa asosiy fondlar (kutubxona fondlari, muzeydagi qiymatliklar (muzeydagi eksponatlardan tashqari) zoopark va boshqa muassasalardagi tirik hayvonlarning eksponatlari, budjet muassasalari va tashkilotlarida asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan ish kiyimlari, o‘rin-ko‘rpalar, kiyim va poyabzal, sahna uskunalari hamda ijarachining balansida hisobga olinadigan ijaraga olingan asosiy vositalarga ketgan kapital sarflar).

Asosiy vositalar foydalanilishiga qarab harakatdagi, zaxiradagi va harakatsiz yotgan asosiy vositalarga bo‘linadi.
Xo‘jalik jarayonida foydalanilayotgan barcha asosiy vositalar harakatdagi asosiy vositalar deb hisoblanadi.
Zaxiradagi asosiy vositalar deb kapital tuzatishdagi va eskirishi natijasida ishdan chiqqan mehnat vositalarini almashtirish uchun mo‘ljallangan vositalarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi har bir sub’yektda mavjud zaxiradagi asosiy vositalar ushbu sub’yektga kerakli miqdorda bo‘lishini nazorat qilib borishi va ularning me’yordan oshishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Harakatsiz yotgan asosiy vositalar deb sub’yektning o‘zida yoki uning ayrim bo‘linmalarida ishlab chiqarish faoliyatining to‘xtab qolishi (tegishli tashkilotlar tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi) natijasida ishlatilmayotgan va sub’yektning omborlarida bekor turgan mehnat vositalariga aytiladi.
Sub’yektlarning qaramog‘ida ularning o‘zlariga tegishli asosiy vositalardan tashqari vaqtincha foydalanishga, ya’ni ijaraga olingan asosiy vositalar ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun asosiy vositalar mazkur sub’yektlarga tegishliligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga sub’yektning mulki hisoblangan asosiy vositalari kirsa, ikkinchi guruhga ijaraga olingan asosiy vositalar kiradi. Sub’yektning asosiy vositalari ushbu sub’yektning balansida aks ettirilib, ijaraga olingan asosiy vositalar ham sub’yektning ushbu balansida aks ettiriladi va ular bo‘yicha ushbu sub’yektda amortizatsiya (eskirish) hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarning baholanishi. Asosiy vositalardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, ularni baholashda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish zarur.
Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni baholash yagona prinsipi hisoblanadi.
Asosiy vositalar quyidagicha baholanadi: dastlabki, tiklash, qoldiq, tugatish.

Download 227,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval Asosiy vositalarining tasnifi

Download 227,31 Kb.