• Koʻrsatkichlar Buxgalteriya hisobi maqsadlarida Soliq solish maqsadlarida
  • -jadval Buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibining qiyosiy tahlili15




    Download 227,31 Kb.
    bet17/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    8-jadval
    Buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibining qiyosiy tahlili15
    ,,Mexmash” misolida

    Koʻrsatkichlar

    Buxgalteriya hisobi maqsadlarida

    Soliq solish maqsadlarida

    Amortizatsiya hisoblash:

    • obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlanadi;

    • obyektning amortizatsiyala-nadigan qiymati toʻliq soʻndirilgan yoki u balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan toʻxtatiladi.

    • foydalanishga (asosiy vositalar tarkibiga) topshi-rilgan sanadan eʼtiboran boshlanadi;

    • asosiy vositalarning qiymati toʻliq hisobdan chiqarilgan sanadan eʼtiboran yoki amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibidan har qanday asosga koʻra chiqaril-ganda tugatiladi.

    Amortizatsiya normalari

    Hisob siyosatida asosiy vositalarning baholangan foydali xizmat muddati va amortizatsiya hisoblash usuliga bogʻliq holda belgilanadi.

    Soliq soliq maqsadlaridagi hisob siyosatida belgilanadi. Ular amortizatsiya xarajat-lari chegiriladigan xarajat-larga kiritiladigan norma-lardan oshmasligi lozim.

    Amortizatsiya hisoblash
    usullari

    Amortizatsiya hisoblash quyidagi usullarni qoʻllash yoʻli bilan hisoblanadi:
    - amortizatsiyani bir maromli (toʻgʻri chiziqli) hisoblash;
    - amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
    - ikki baravar amortizatsiya meʼyori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
    - yillar yigʻindisi usuli (kumulyativ usul).

    Amortizatsiya hisoblash toʻgʻri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi.

    Qayta baholangan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash

    Asosiy vositalarning boshlangʻich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymat hisobidan amalga oshiriladi.

    Amortizatsiya boʻyicha chegiriladigan xarajatlarni aniqlashda faqat 2021-yil 1-yanvarga qadar oʻtkazilgan qayta baholash natijalari hisobga olinadi.

    Amortizatsiya qilinmaydi

    Soliq kodeksining 306-moddasi 7-qismining 8-11 bandlarida keltirilgan manba-lar hisobidan olingan, yoki sotib olingan (yaratilgan) tegishli qismi boʻyicha amortizatsiya hisoblanadi.

    Soliq kodeksining 306-moddasi 7-qismining 8-11 bandlarida keltirilgan manbalar hisobidan olingan, yoki sotib olingan (yaratilgan) tegishli qismi boʻyicha amortizatsiya hisoblanmaydi.



    ikkinchidan, turli normalarni qoʻllagan holda amortizatsiya hisoblash. Aytaylik, tadbirkorlik subyekti koʻp yillik oʻsimliklardan 10 yil foydalanish maqsadida foydali xizmat muddatini 10 yil deb belgiladi va buxgalteriya hisobi maqsadlarida amortizatsiya normasini 10 (100 : 10) foiz sifatida oʻrnatgan holda hisob siyosatida aks ettirdi. Soliq kodeksining 306-moddasida belgilangan normalar doirasida amortizatsiya normalarini qoʻllash imkonini berishi sababli, tadbirkorilk subyekti koʻp yillik oʻsimliklar boʻyicha 15 foiz normani soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida belgilab qoʻydi. Ushbu holatda vaqtinchalik farq yuzaga keladi. Chunki, buxgalteriya hisobi maqsadlarida amortizatsiya muddati 10 yilni tashkil qiladi. Soliq solish maqsadlarida esa koʻp yillik oʻsimliklarning qiymati 7 yilda xarajatlarga hisobdan chiqariladi.
    uchinchidan, buxgalteriya hisobi maqsadlarida belgilangan normalar Soliq kodeksida belgilangan normalardan yuqori boʻlgan taqdirda amortizatsiya hisoblash. Masalan, tadbirkorlik subyekti asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan koʻp yillik oʻsimliklardan 5 yil foydalanishni koʻzlagan holda hisob siyosatida buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun amortizatsiya normasini 20 (100 : 5) foiz miqdorida belgiladi. Mazkur holatda tadbirkorlik subyekti soliq solish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar tarkibiga faqat Soliq kodeksining 306-moddasida belgilangan 15 foiz normasidagi amortizatsiya summasini olib borishga haqli. Yaʼni, oʻrtadagi 5 foiz farq boʻyicha amortizatsiya summasi joriy yilda chegirilmaydi, ammo keyingi davrlarda soliq hisob-kitobida chegiriladigan xarajatlarga olib boriladi.
    Maʼlumki, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining qishloq xoʻjalik faoliyati 41-son “Qishloq xoʻjaligi” nomli buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS)da belgilangan qoidalar uslubiy asos boʻladi. Mazkur BHXSga koʻra 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar sifatida tan olinadigan koʻp yillik oʻsimliklar biologik aktivlar hisoblanadi. Demak, MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishga oʻtgan tadbirkorlik subyektlari koʻp yillik oʻsimliklarni buxgalteriya hisobida biologik aktivlar sifatida tan olishi, hisobga olishi va moliyaviy hisobotda aks ettirishi lozim. Albatta, bunda tadbirkorilik subyekti biologik aktivlardan qanday maqsadlarda foydalanishni belgilaganligi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Yaʼni, baʼzi biologik aktivlar tarkibiga kiruvchi koʻp yillik oʻsimliklar 41-son BHXSning qoʻllash doirasidan qishloq xoʻjaligi faoliyati taʼrifiga toʻgʻri kelmasligi sababli chiqishi mumkin. Chunki, 41-son BHXSda «Qishloq xoʻjalik faoliyati - bu tadbirkorlik subyekti tomonidan sotish yoki qishloq xoʻjaligi hosiliga yoki qoʻshimcha biologik aktivlarga aylantirish uchun biologik aktivlarning biologik transformatsiyasini va yigʻimini boshqarishdir» deb taʼriflangan.
    Demak, tadbirkorlik subyektida biologik aktivlar sotish, qishloq xoʻjaligi hosiliga yoki qoʻshimcha biologik aktivlarga aylantirish maqsadida foydalanilsagina ular 41-son BHXSning qoʻllash doirasiga kiradi. Mazkur talablarga javob bermaydigan biologik aktivlar 16-son «Asosiy vositalar» nomli BHXS talablari asosida asosiy vositalar sifatida tan olinadi. Bunday aktivlar BHXSlarga muvofiq hosildor oʻsimliklar hisoblanadi. Ularga choy oʻsimliklari, tokzorlar, mevali daraxtlar va kauchuksimon daraxtlarni kiritish mumkin. Biroq, ulardan olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti 41-son BHXSning qoʻllash doirasiga kiradi. Shu bois, tadbirkorlik subyektlari asosiy vositalar sifatida tan olingan hosildor oʻsimliklarga amortizatsiya hisoblashlari lozim. Bunda hosildor oʻsimlikning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida tizimli asosda taqsimlash uchun amortizatsiya hisoblashning turli usullaridan foydalanish mumkin. 16-son BHXSda asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya etilgan (rasm).
    Albatta, hosildor oʻsimliklarga amortizatsiya hisoblash uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan tanlangan usul ulardan kelgusida olinadigan iqtisodiy nafni kutilayotgan isteʼmolining xususiyatlarini hisobga olgan holda aks ettirishi kerak. Shu sababli, tadbirkorlik subyekti 16-son BHXSda tavsiya etilgan muqobil usullardan kelgusida olinadigan iqtisodiy nafning isteʼmol xususiyatlarini aniqroq aks ettiradigan usulni tanlashi lozim. Tadbirkorlik subyekti tomonidan tanlangan usul esa uning hisob siyosatida belgilab quyilishi zarur.



    Download 227,31 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibining qiyosiy tahlili15

    Download 227,31 Kb.