• 2.2. Asosiy vositalarni hisobinining uslubiy jihatlarini takomillashtirish
  • Inventar kartochkalarning ro‘yxati




    Download 227,31 Kb.
    bet16/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    AV-7 namunaviy shakli
    6-jadval

    Inventar kartochkalarning ro‘yxati


    Kartochkaning raqami

    Inventar raqami

    Ob’yektning nomi

    981 va hokazo

    2264

    Tokar stanogi

    0100-schyotlarning kreditida 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa chiqimlari” schyotining debeti bilan korrespondensiyada quyidagi muomalalar aks ettiriladi:



      • sotilishi, ishdan chiqishi natijasida hisobdan chiqarilishi /tugatilishi/, sotib olingan aksiyalar uchun to‘lov shaklida, tekinga berish, barter almashuv ob’yektlarini chiqarish, ro‘yxatga olish na­tijasida asosiy vositalarning kam chiqishi, ija­rachi tomonidan qilingan kapital qo‘yilmalarning ija­raga beruvchi tashkilotga o‘tkazilishi, asosiy vosita­larning keyinchalik sotib olish xuquqi bilan uzoq muddatli ijaraga berilishi, inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadlar, mustaqil balansga ajratilgan bo‘linmalarga berilishi va hokazolar ko‘rsatiladi.




    2.2. Asosiy vositalarni hisobinining uslubiy jihatlarini takomillashtirish



    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi
    PF-5853-son “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning
    2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, bozor mexanizmlarini joriy qilish tizimini takomillashtirish hamda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish va tadbirkorlik subyektlarining moddiy manfaatdorligini oshirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashda qishloq xoʻjaligi mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalarni tan olish, baholash, hisobga olish, amortizatsiya hisoblash va moliyaviy hisobotda aks ettirishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
    Maʼlumki, qishloq xoʻjaligida mahsulot еtishtirish maqsadida foydalanilayotgan asosiy vositalardan biri - koʻp yillik oʻsimliklar hisoblanadi. Milliy hisob tizimimizda ularni hisobga olishdagi asosiy qoidalar, xususan aktiv sifatida tan olish paytini aniqlash, ularning mazkur aktivlarga nisbatan qoʻllanilishi shart boʻlgan balans qiymatini va amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, shuningdek balans qiymatidagi boshqa oʻzgarishlarni va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda hisobga olish tartibi 5-sonli “Asosiy vositalar” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)da belgilangan. Mazkur belgilangan qoidalarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu esa, birgina qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarishda foydalanilayotgan koʻp yillik oʻsimliklarga amortizatsiya hisoblashning uslubiy jihatlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi5.
    Albatta, asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash, hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish masalalari iqtisodchi olimlar R.D.Dusmuratov6, A.A.Karimov7, K.B.Urazov8, Z.N.Kurbanov9, I.N.Ismanov10[6], S.N.Tashnazarov11, K.X.Xotamov12 va G.M.Raximovalarning ilmiy va oʻquv-uslubiy asarlarida oʻz aksini topgan. Yaʼni, ular tomonidan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash, hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish masalalari milliy qonunchilik bazasi va xalqaro standartlar talablari hamda ularda belgilangan qoidalarga muvofiq tasniflangan holda tavsiflab berilgan. Biroq, ularda qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjalik faoliyatida foydalanilayotgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash masalasi еtarli darajada oʻrganilmagan. Masalan, iqtisodchi olimlar A.A.Karimov, A.K.Ibragimov, N.K.Rizayev va N.M.Imamovalar tomonidan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi 16-son “Asosiy vositalar” nomli buxgalteriya hisobi xalqaro standariti (BHXS) talablari va unda belgilangan qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda keltirib oʻtilgan. Shuningdek, iqtisodchi olimlar tomonidan asosiy vositalar 16-son BHXS talablari asosida turkumlanadi. Biroq, unda asosiy vositalar boʻlgan koʻp yillik oʻsimliklar guruhi inobatga olinmagan13.
    Iqtisodchi olim S.N.Tashnazarov esa «Har bir korxona oʻzining hisob siyosatida bir davrdan ortiq xizmat qiladigan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish yoki maʼmuriy boshqaruv jarayonida foydalanadigan “mulk: еr, bino, mashina va asbob-uskunalar” tarkibini standart talablaridan kelib chiqib mustaqil belgilashlari kerak, deb oʻylaymiz. 5-son BHMS “Asosiy vositalar”da “mulk: еr, bino, mashina va asbob-uskunalar”ning xalqaro standartlarga muvofiq tarkibiy moddalarini keltirish hamda ishchi va mahsuldor hayvonlar hamda koʻp yillik oʻsimliklarni biologik aktiv sifatida tan olish tamoyillarini belgilovchi standart ishlab chiqish kerak. Xalqaro standartlar talablariga muvofiq “investitsiyaviy koʻchmas mulk” (080-satr), “biologik aktivlar” (120-satr) hamda “sotish uchun moʻljallangan deb tasniflangan uzoq muddatli aktivlar va chiqib ketayotgan guruhlar aktivlari” (150-satr) uchun balansda alohida satr ajratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz” deb taʼkidlaydi. Iqtisodchi olimning yondashuviga koʻra “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” va “Koʻp yillik oʻsimliklar”ni xalqaro standartlarga muvofiq biologik aktiv sifatida tan olish va moliyaviy hisobotda alohida satrda ajratib koʻrsatish lozim. Shuningdek, yuqoridagi yondashuvga muvofiq koʻp yillik oʻsimliklar biologik aktivlar sifatida tan olinsa, ularga amortizatsiya hisoblanmaydi.
    Shu bilan birga, iqtisodchi olima G.M.Raximova tomonidan asosiy vositalarni milliy va xalqaro standartlar asosida turkumlanishi taklif etilgan boʻlib, uning fikriga koʻra “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” va “Koʻp yillik oʻsimliklar” miliy standartlarimizga muvofiq asosiy vosita sifatida, 41-son “Qishloq xoʻjaligi” buxgalteriya hisobining xalqaro standarti boʻyicha biologik aktiv sifatida tan olinishi taʼkidlab oʻtilgan. Iqtisodchi olimaning fikriga koʻra, moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar talablari asosida tuzuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” va “Koʻp yillik oʻsimliklar” biologik aktiv, milliy standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzuvchilar uchun ular asosiy vosita sifatida tan olinishi lozim. Bunday yondashuvni umumiy asoslarda berilgan yondashuv sifatida baholash mumkin. Chunki, amaldagi 5-BHMSga muvofiq ular asosiy vosita sifatida tan olinadi va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. Lekin, mazkur aktivlarga amortizatsiya hisoblash, hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish masalalari koʻrsatib berilmagan.14[10]
    Iqtisodchi olim K.B.Urazovning yozishicha, « ... kutubxona fondiga; koʻp yillik oʻsimliklarga; ishchi va nasldor hayvonlarga; konservatsiya qilingan asosiy vositalarga» amortizatsiya hisoblanmaydi. Amaldagi 5-BHMSga muvofiq esa koʻp yillik oʻsimliklarga va ishchi hayvonlarga amortizatsiya hisoblanishi, ular tarkibida faqat mahsuldor chorva mollari amortizatsiya qilinmaydi.
    Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning yondashuvlarini eʼtirof etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar sharhiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularda buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibiga doir belgilangan qoidalarda farqli jihatlarni kuzatish mumkin.
    Shuningdek, olib borilgan monografik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy vositalarga, xususan koʻp yillik oʻsimliklarga amortizatsiya hisoblashda soliq solish maqsadlarida belgilangan normalardan foydalanishmoqda. Fikrimizcha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday yondashuv toʻgʻri emas. Chunki, korxonada buxgalteriya hisobi subyekti va buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari oʻzida mavjud boʻlgan koʻp yillik oʻsimliklarning foydali xizmat muddatlari belgilashlari va amortizatsiya hisoblash usulini tanlashlari lozim. Shu bilan birga, ular bilan bogʻliq turli oʻzgarishlar (iqtisodiy naf sezilarli darajada oʻzgarishi, foydali xizmat muddatining uzayishi yoki qisqarishi) yuz bersa, foydali xizmat muddati va amortizatsiya hisoblash usullarini qayta qoʻrib chiqishlari zarur. Albatta, bunday oʻzgarishlar tadbirkorlik subyektining hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
    Shu oʻrinda tadbirkorlik subyektlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida bir xil normalarda yoki turli normalarda yoxud buxgalteriya hisobi maqsadlarida Soliq kodeksida belgilangan normalardan yuqori normalarda amortizatsiya hisoblash, umuman buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatidagi qoidalarni qanday muvofiqlashtirish mumkin degan savollar tugʻiladi?
    Mazkur savollarga quyidagi tushuntirishlar orqali oʻz yondashuvlarimizni keltirib oʻtmoqchimiz:
    birinchidan, bir xil normalarda amortizatsiya hisoblash. Soliq kodeksining 306-moddasiga muvofiq koʻp yillik oʻsimliklarga belgilangan amortizatsiya normasi 15 foiz. Bu ulardan 7 (100 : 15) yil mobaynida foydalanishni nazarda tutadi. Tadbirkorlik subyekti esa, koʻp yillik oʻsimliklarning foydali xizmat muddatini 8 yil deb belgiladi. Demak, buxgalteriya hisobi maqsadlarida mazkur koʻp yillik oʻsimliklar uchun hisob siyosatida amortizatsiya normasi 12,5 (100 : 8) foiz miqdorida belgilangan. Soliq kodeksining 306-moddasida belgilangan normalardan pastroq amortizatsiya normalarini qoʻllash imkonini berishi bois, buxgalteriya hisobi maqsadlarida belgilangan 12,5 foiz normani soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida ham mustahkamlab quyilishi, ularning oʻzaro muvofiqligini va bir xil normalar qoʻllanilishini taʼminlaydi.

    Download 227,31 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inventar kartochkalarning ro‘yxati

    Download 227,31 Kb.