• 3.2. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilini takomillashtirish
  • III-BOB. Asosiy vositalar tahlilini takomillashtirish




    Download 227,31 Kb.
    bet24/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    III-BOB. Asosiy vositalar tahlilini takomillashtirish

    3.1. Asosiy vositalar tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


    “Asosiy vositalar” nomli 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) ning 3a-bandiga asosan, “asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xoʻjalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir” deyilgan. Shu bilan birga, mazkur BHMSning 4-bandiga asosan, asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:


    - bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
    - bir birlik (toʻplam) uchun qiymati Oʻzbekiston Respublikasi (xarid payti)da belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq boʻlgan buyumlar.
    Asosiy vositalar hisobini yuritishda korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqli hisoblanadi. Albatta, asosiy vositalar qiymatining eng kam chegarasi “Hisob siyosati”da belgilab qoʻyishi kerak.
    Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari M.Q.Pardayev, I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilov, A.Vahobov, A.T.Ibrohimovlar N.F.Ishonqulov, T.Qudratov, R.D.Dusmuratov va A.S.Boltayevlarning ilmiy-uslubiy asarlarida asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligi tahlili oʻrganilgan boʻlib, ular tomonidan asosiy vositalar tushunchasiga mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar A.Vahobov va A.T.Ibrohimovlar “Asosiy vositalar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib, oʻzining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman oʻtkazuvchi hamda fizik shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi”23 deb taʼrif berganlar.
    Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardayev, I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilovlar esa “Asosiy vositalar mehnat jarayonida mulkiy shaklini saqlab qolib, har bir bosqichdan keyin ishlab chiqarish sohasini tark etmaydi. Ularning qiymati mahsulotga darhol emas, qismlarga boʻlingan holda bosqichma-bosqich oʻtib boradi. Xoʻjalik subyekti aniq baholangan aktivdan iqtisodiy foyda olishiga ishonchi boʻlgan taqdirdagina asosiy vositalarni aktiv sifatida tan oladi”24 deb taʼkidlab oʻtishgan.
    Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulovlar “Asosiy fondlar deb, ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib, oʻzining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman oʻtkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi”25 deb taʼrif berishgan.
    Iqtisodchi olimlar R.D.Dusmuratov va A.S.Boltayevlar yozishicha, “Asosiy vositalar – bu mehnat vositalari boʻlib, moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham ishtirok etadigan va korxonada uzoq muddat davomida xizmat qiladigan, eskirish hisoblanadigan hamda natural shaklini saqlab qoluvchi moddiy aktivlarga aytiladi”26.
    Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yuqoridagi iqtisodchi olimlarning asosiy vositalar tushunchasiga yondashuvlarida asosan asosiy vositalar ishlab chiqarish siklida qatnashashi eʼtirof etilgan. Lekin, tadbirkorlik subyektlari tomonidan noishlab chiqarish jarayonida ham asosiy vositalardan foydalaniladi. Shu sababli, bizning fikrimizcha asosiy vositalar tushunchasining quyidagicha tavsiflanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: “Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham foydalaniladigan natural shaklini saqlab qoluvchi va uzoq muddat davomida xizmat qiladigan moddiy aktivlardir”.
    Bugungi kunda barcha sohalardagi tadbirkorlik subyektlari moliya-xoʻjalik faoliyatini asosiy vositalarning ishtirokisiz tashkil etib boʻlmaydi. Chunki, asosiy vositalar faoliyatni tashkil etishda muhim omillardan biri boʻlib, muhim ahamiyatga ega boʻlgan moddiy aktiv hisoblanadi. Shu bois, asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib oʻrganish muhim hisoblanadi. Tahlil natijasida asosiy vositalar holatini yaxshilash va ulardan samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi. Shu sababli, asosiy vositalarning holati va ulardan foydalanish samaradorligi tahlil qilib oʻrganilar ekan, dastlab uning maqsadi, vazifalari va axborot taʼminotini aniqlashtirish zarur hisoblanadi.
    Asosiy vositalar tahlilining maqsadi tadbirkorlik subyektlarida asosiy vositalar holatini oʻrganish asosida ular bilan taʼminlanish darajasini yaxshilash va foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini koʻrsatib berish hisoblanadi.
    Fikrimizcha, ushbu maqsadga quyidagi vazifalarni hal qilish orqali erishiladi:

    • asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik oʻzgarishlariga baho berish;

    • asosiy vositalar bilan taʼminlanish darajasiga baho berish uning holatini yaxshilash boʻyicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash;

    • asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;

    • asosiy vositalarning harakat koʻrsatkichlarini oʻrganish va ularga baho berish;

    • asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajalariga baho berish;

    • asosiy vositalarning samaradorlik koʻrsatkichlari oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar taʼsirini aniqlash va samaradorligini oshirish boʻyicha mavjud imkoniyatlarni koʻrsatib berish va hokazo.

    Asosiy vositalar tahlilida foydalaniladigan axborot manbalarini, tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagicha tarkiblash mumkin:
    1. Buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlari. Ularga:

    • buxgalteriya balansi (1-shakl);

    • moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-shakl);

    • buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlari maʼlumotlari.

    2. Tanlab olingan maʼlumotlar. Ular:

    • biznes reja maʼlumotlari;

    • statistik hisobot shakllari;

    • tezkor hisob maʼlumotlari;

    • vakolatli davlat organlarining taftish maʼlumotlari;

    • tahlil uchun zarur boʻladigan boshqa hisob va hisobdan tashqari maʼlumotlar.

    Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, asosiy vositalar tahlilda foydalaniladigan axborot manbalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

    • axborot manbaida ifodalangan koʻrsatkichlar ishonchliligi va xolis boʻlishi lozim;

    • axborot manbalaridagi maʼlumotlarning taqqoslanuvchanligi. Koʻrsatkichlar bir xil, turli davrlardagi faoliyat natijalarini miqdor va sifat jihatdan toʻgʻri baholash imkonini beradigan maʼlumotlardan foydalanish kerak;

    • axborot manbalaridagi koʻrsatkichlar pul oʻlchov birligi soʻmda ifoda etilishi lozim.

    • barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bogʻliqligi saqlangan holda ulardagi axborotlar bir-birini toʻldirib turishi lozim;

    • axborot manbalaridagi koʻrsatkichlarni aniqlash tartibi va aks ettiriladigan davrlari mosligi taʼminlanishi kerak.

    Mazkur talablarga javob beruvchi axborot manbalari va ulardan tahlilda foydalanish, asosiy vositalar tahlili natijalari ishonchliligini taʼminlash imkonini beradi.
    Shunday qilib, asosiy vositalar va ularni tahlil qilishning ayrim masalalarini oʻrganish asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
    1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va iqtisodchi olimlarning ilmiy va oʻquv-uslubiy asarlari oʻrganilgan holda asosiy vasitalar tushunchasiga mualliflik yondashuvi berildi. Bu esa, asosiy vositalar faqat mahsulot ishlab chiqarish siklida emas, balki toʻliq tadbirkorlik subyektining moliya-xoʻjalik faoliyatida foydalaniladigan moddiy aktiv sifati eʼtirob etilishiga imkon beradi.
    2. Asosiy vositalar tahlilida dastlab uning maqsadi va vazifalari belgilab olinishi lozimligi taʼkidlandi. Oʻz navbatida, tahlilning maqsadi va undan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim boʻlgan vazifalar koʻrsatib berildi. Mazkur belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil maqsadiga erishish imkonini taʼminlaydi.
    3. Asosiy vositalar tahlilida foydalaniladigan axborot manbalari tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda ikki guruhga tasniflangan holda tarkiblab koʻrsatildi va ular qanday mezonlar asosida baholanishi asoslab berildi.


    3.2. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlilini takomillashtirish


    Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi
    -Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;
    -Asosiy vositalarning eskirish darajasi;
    Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldik qiymatini ularning boshlangich qiymatiga bo‘lish orqali;
    Eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlangich qiymatiga bo‘lish asosida aniklanadi.
    Yaroklilik va eskirish koeffisentlari yigindisi koeffisiyentda 1 ga, foizda 100 teng buladi.
    Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
    Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
    Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl «Buxgalteriya balansi» va buxgalteriya tizimining ma’lumotlari va boshqa hisobot shakllaridan olinadi.
    Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning xarakat ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi.

    Download 227,31 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III-BOB. Asosiy vositalar tahlilini takomillashtirish

    Download 227,31 Kb.