• Tasarruf etilishi (disposals)
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich




    Download 227,31 Kb.
    bet22/37
    Sana22.05.2024
    Hajmi227,31 Kb.
    #249533
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
    Bog'liq
    Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

    Depresiatsiya (depresiation) – “Mulk, mashinalar va uskunalar” (yer kirmaydi) depresiatsiyalanuvchi qiymatini ularning foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o‘zaro bog‘liq holda taqsimlash

    Amortizatsiya – foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanuvchi qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi va davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishining qiymat ifodasi

    Tasarruf etilishi (disposals) – mulkdorlar tomonidan mulk (yer), bino, mashina va asbob- uskunalar realizatsiyasi, realizatsiya oid bo‘lmagan to‘liq eskirishi va yaroqsizligi, buzib tashlanishi, almashtirilishi, buzish va olib tashlash bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oladi.

    Mulkning tasarruf etilishi huquqiy atamalarda mavjud, lekin buxgalteriya hisobi ma’nosida foydalanilmaydi. Asosiy vositalarning sotilishi, buzib tashlanishini natijasida hisobdan chiqarilishi va boshqa chiqimlar atamalari qo‘llaniladi

    Mulk (yer), bino, mashina va asbob- uskunalarni sotishdan foyda olinsa “Asosiy bo‘lmagan tushumlar (gains)”, zarar bo‘lsa esa “Odatdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar (Losses)” da tan olinadi.

    Milliy standartlarimizda asosiy vositalarni sotishdan foyda bo‘lsa “Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar”, zarar bo‘lsa “boshqa operasion xarajatlar”da hisobga olinadi


    Talqin qiladigan bo‘lsak, aktivlar moddiylik nuqtai nazaridan ikkita turga bo‘linadi: Moddiy aktivlar va nomoddiy aktivlar. Moddiy aktivlar o‘z navbatida, ikkita guruhga ajratiladi: Uzoq muddatli moddiy aktivlar va qisqa muddatli moddiy aktivlar. Hozirgi amaliyotimizda qo‘llanib kelinayotgan “asosiy vositalar” tushunchasi “uzoq muddatli moddiy aktivlar”ning mohiyati va aniqliklarini o‘zida mujassamlashtirishi kerak. Bu asosiy vositalar atamasi ushbu uzoq muddatli moddiy aktivlarni qanchalik darajada tavsiflashi muammoli holat, ya’ni misol uchun nomoddiy aktivlar asosiy vosita emasmi degan savol tug‘iladi.
    Shu bois, asosiy vositalar tushunchasini yangi bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirish zarurati mavjud, deb o‘ylaymiz. Fikrimizcha, uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirsak, “Mulk (yer), bino, mashina va asbob-uskunalar” atamasini amaliyotga kiritish maqsadga muvofiq.
    Milliy standartlarimizda asosiy vositalarga berilgan ta’rif xalqaro standartda “mulk, bino, mashina, asbob-uskunalar”ga berilgan ta’rifga to‘liq muvofiq keladi.
    Standartga ko‘ra “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yektlari aktiv sifatida tan olinadi, bunda:
    (a) katta ehtimol bilan ta’kidlash mumkinki, korxona aktivlarni foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy naf oladi; va (b) korxona uchun aktivning qiymati ishonchli baholanishi mumkin.
    Misol uchun, AVS kompaniyasi mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda shahardagi zavod hududiga yaqin, ya’ni asoiy kompaniya ishchilari yashovchi zavod posyolkasidagi maktablardan birining bozor qiymati 15000000 AQSH dollari miqdorida baholangan binosini o‘z qaromog‘iga oldi. Bu binoni profilini o‘zgartirish, sotish yoki kafillikka qo‘yish mumkin emas. Bu maktabda asosan kompaniya xodimlarining bolalari o‘qiydilar va u tarixiy qadriyatlarga ega.
    Bundan xulosa qilish mumkinki, kompaniya bu maktabdan bilvosita naf oladi, chunki unda kompaniya xodimlarining bolalari tahsil oladilar. Bu olinayotgan nafni iqtisodiy jihatdan baholab bo‘lmaydi. Shu bois, uni “Mulk, mashinalar va uskunalar” ob’yekti sifatida e’tirof etib bo‘lmaydi22.

    Download 227,31 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




    Download 227,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘lyozmа huquqidа udk 657. 6-051: 631(575. 1) Kosimov αKMΑL ΑKRΑmovich

    Download 227,31 Kb.