-rasm. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari




Download 227,31 Kb.
bet18/37
Sana22.05.2024
Hajmi227,31 Kb.
#249533
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш

1-rasm. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari.

Tadbirkorlik subyektida hosildor oʻsimliklardan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan vaqtdan boshlab, asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinadi va amortizatsiya hisoblash boshlanadi. Shuningdek, ular sotish uchun moʻljallangan aktiv sifatida tasniflanganda yoki asosiy vosita sifatida tan olish bekor qilingan sanadan amortizatsiya hisoblash toʻxtatiladi.16


Hosildor oʻsimliklarga hisobot davrida hisoblangan eskirish summasi ulardan yigʻib olingan qishloq xoʻjalik mahsulotlari tannarxiga kiritiladi va ulardan foydalanish davrida jamgʻarilgan eskirish summasi hosildor oʻsimliklarning balans qiymatini hisoblashda chegirib tashlanadi, yaʼni hisobot davri oxiriga tayyorlangan moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda hosildor oʻsimliklarning qiymati, ular boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasi chegirilgan holda aks ettiriladi. Hosildor oʻsimliklarning eskirishi va undagi oʻzgarishlar esa moliyaviy hisobotga izohlarda batafsil yoritib beriladi.
Shunday qilib, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiya hisoblash boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijasida quyidagi xulosalar va takliflar shakllantirildi:
1). Tadbirkorlik subyektlari qishloq xoʻjaligi faoliyatida foydalanilayotgan hosildor oʻsimliklarga amortizatsiya hisoblash tartibi milliy va xalqaro standartlar talablari asosida oʻrganildi hamda buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatlaridagi qoidalarni muvofiqlashtirish tartibi asoslandi;
2). Hosildor oʻsimliklarga amortizatsiya hisoblashda tadbirkorlik subyekti tomonidan foydalanishi kutilayotgan davr yoki ulardan olinishi kutilayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlaridan kelib chiqqan holda professional yondashuv orqali amalga oshirilishi lozimligi asoslab berildi;
3). Har hisobot yilining yakunida tadbirkorlik subyekti hosildor oʻsimlikning tugatilish qiymati va foydali xizmat muddatini qayta koʻrib chiqishi zarur. Agarda maʼlum bir texnologik, biologik yoki iqlim oʻzgarishlari natijasida koʻzlangan iqtisodiy naf boʻyicha kutishlar oldingi belgilangan hisob baholaridan farq qilsa, bunday hisob baholaridagi oʻzgarishlar 8-son BHXS “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar”ga muvofiq hisobga olinishi lozim;
4). Tadbirkorlik subyekti hisob siyosatida hosildor oʻsimliklarga nisbatan belgilangan amortizatsiya usuli ham har hisobot yilining oxirida qayta koʻrib chiqilishi lozim. Chunki, ular bilan bogʻliq turli oʻzgarishlar (iqtisodiy naf sezilarli darajada oʻzgarishi, foydali xizmat muddatining uzayishi yoki qisqarishi) yuz bersa, mazkur oʻzgarishni aks ettirish maqsadida amortizatsiya hisoblash usuli ham oʻzgartirilishi mumkin.


Download 227,31 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Download 227,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari

Download 227,31 Kb.