|
-jadval
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik va qurollanganlik tahlili
|
bet | 27/37 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 227,31 Kb. | | #249533 |
Bog'liq Dissertatsiyai Асосий воситалар ҳисоби ва таҳлилини такомиллаштириш12-jadval
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik va qurollanganlik tahlili.
,,Mexmash” misolida
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlari sifatida bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari, ish o‘rni, maydonining asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniklanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni korxona faoliyatiga fakat miqdor ko‘rsatkichlar orqaligina emas balki sifat ko‘rsatkichlarini xam o‘rganish asosida ham baho beriladi.
Korxonada sanoat ishlab chiqarish xodimlarining asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 16905 so‘mga o‘sgan. Bu o‘sish ikkita omil hisobiga o‘zgargan 1- ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga, xamda 2- asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi hisobiga. Ishchilar sonining o‘zgarishi ta’siridagi farqlanish ( 93056-84294 ) = +8762 so‘mga, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishiga hisobiga
(101199-93056)=+8143 so‘mga. Omillar ta’siri = +8762+8143=16905 so‘m.
Bunda 93056 so‘m shartli, bitta sanoat ishlab chiqarish xodimiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar qiymati. Ya’ni asosiy vositalarning hisobot yilgi ko‘rsatkichi, xodimlarning o‘tgan yil ko‘rsatkichiga nisbati. (178110 / 1914).
|
| |