• Ishdan maqsad
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2017-yil 15-sentabr, 728-son Ishni bajarish tartibi
  • III. Amaliy mashg‘ulot bajarish va topshirish tartibi




    Download 454,27 Kb.
    bet2/2
    Sana14.01.2024
    Hajmi454,27 Kb.
    #137053
    1   2
    Bog'liq
    3,4-Amaliy

    III. Amaliy mashg‘ulot bajarish va topshirish tartibi:
    IV. Amaliy mashg‘ulot kompyuterda bajariladi va fayl sifatida rasmiylashtirilgan telegram guruhiga tashlanadi.
    V. Amaliy mashg‘ulot belgilangan tartibda baholanadi.

    Tuzuvchi: S.N. Djumayev



    3-Amaliy mashg‘ulot
    Mavzu: Elektron davlat xizmatlari tasnifi. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi


    Ishdan maqsad: Davlat xizmatlari portlidagi har bir sohadan 1 ta pullik va 1 ta bepul xizmatni tavsiflash. Topshiriq hemisdagi tartib raqam bo‘yicha olinadi
    Nazariy qism:

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Belgilansinki:
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona portalda joriy etish maqsadida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
    Yagona portalda davlat xizmatlariga bo‘lgan eng ko‘p talabni baholash natijasida aniqlangan eng ko‘p talab qilinadigan davlat xizmatlari joriy etiladi;
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish “O‘zinfokom” markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” markazi deb ataladi) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator hisoblanadi;
    tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida talabgor elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar.
    4. “O‘zinfokom” markaziga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
    Yagona portalni texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
    Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish;
    Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam ko‘rsatish;
    Yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
    Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta’minlasin:
    ikki oy muddatda davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
    davlat organlari bilan birgalikda mavjud bo‘lgan eng talabgor bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
    davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini ta’minlash.
    6. Davlat organlari:
    bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan xodimlarini belgilasinlar, ularni “Elektron hukumat” (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar;
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi so‘rovi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini ta’minlasinlar.
    7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
    8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
    10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2017-yil 15-sentabr,
    728-son
    Ishni bajarish tartibi:

    Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i(topshiriqlari):
    Berilgan xizmatlardan tartib raqamingiz bo‘yicha tavsiflang


    Download 454,27 Kb.
    1   2




    Download 454,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Amaliy mashg‘ulot bajarish va topshirish tartibi

    Download 454,27 Kb.