|
-mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi (ichki tuzilishi)
|
bet | 16/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»2-mavzu. Sotsiologiya fanining strukturasi (ichki tuzilishi)
Reja:
Sotsiologiya fani strukturasining tarkibiy qismlari
Fundamental va amaliy sotsiologiya. Nazariy va empirik tadqiqotlar. Mahsus va tarmoq yo‘nalishlar
Makrosotsiologiya, o‘rta darajadagi sotsiologiya va mikrosotsiologiya
Sotsiologiya fani strukturasining tarkibiy qismlari
Sotsiologiya fani boshqa fanlar kabi o‘zining struktura61siga, ya'ni ichki tuzilishiga ega. Fanning strukturasi deyilganida, fandagi asosiy elementlarning o‘zaro aloqadorlikda joylashishi, munosabati va tartibi tushuniladi. Fanning rivojlanganlik darajasi uning strukturasi holatini hamda mukammalligini belgilab beradi. Fan o‘zining umumiy asoslari, kategoriya va tushunchalari, bilishning turli darajalari va shakllarini ishlab chiqib, ularning o‘rtasida qat'iy mantiqiy bog‘lanish va muvofiqlikka erishsa, bir yaxlit sistema62 sifatida qaror topgan va o‘z strukturasiga ega bo‘lgan hisoblanadi.
Sotsiologiya fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan kech yuzaga kelgani uchun bugungi kunda xali o‘zining tugal va mukammal strukturasiga ega emas. U yosh fan sifatida turli xil rivojlanish yo‘nalishlari va ilmiy tizimlarning to‘plami sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o‘rganish predmeti va mazkur predmet asoslangan ilmiy konsepsiyalar sotsiologik bilimning strukturasini belgilab bermoqda. Shuning asosida sotsiologiya o‘zining bilim darajasiga ko‘ra, nazariy va empirik sotsiologiya; tashkil etuvchi sotsiologik bilim vazifalariga ko‘ra, fundamental va amaliy sotsiologiya; tadqiqot ob'ekti (butun jamiyat yoki uning ma'lum qismi)ga ko‘ra, umumiy va tarmoq sotsiologiyasi (makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya); tuzilish sohasiga ko‘ra, mahsus va tarmoq yo‘nalishlar sotsiologiyasiga bo‘linadi. Sotsiologiya fanining mazkur tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, ayrim hollarda bir-birlariga qo‘shilib ketadi, boshqa hollarda esa bir-birlarini inkor qiladi.
|
| |