Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»




Download 0,98 Mb.
bet18/108
Sana09.08.2024
Hajmi0,98 Mb.
#269317
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni, maqsadi va metodlari bilan farqlanadi. U nazariy va amaliy tadqiqotlarning natijalarini qanday qilib tahlil qilish, qanday uslub va vositalar orqali ularni tushuntirish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Amaliy sotsiologiya jamiyat hayotida bevosita sodir bo‘layotgan dolzarb sotsial muammolarni tadqiq etuvchi metodlar, metodologiyalar va metodikalarni o‘z ichiga oladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi. U XX asr boshlarida empirik tadqiqotlar asosida shakllandi. Bu davrda empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblangan. Ammo amaliy sotsiologiyani bu yo‘sinda tushunish u qadar to‘g‘ri emas. Empirik tadqiqotlar jonli faoliyatning bevosita shakllanishini o‘rgansada, u o‘zgartiruvchanlik faoliyati emas.
Amaliy sotsiologiya tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida amaliy tadqiqotlarning natijalari asosida amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqadi. Boshqaruv tizimining elementi sifatida amaliy tadqiqotlar fanning ijtimoiy funksiyalarini bajarib, uning natija va yutuqlarini amaliy faoliyatga aylantiradi. O‘zining amaliy yo‘nalishiga qarab ayrim hollarda amaliy tadqiqotlar ilmiy tadqiqotlar bilan qarama-qarshilikka boradi.
Mashhur sotsiolog olim M.Veber fanda ilmiylik va foydalilik bir-biri bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun tadqiqotchi olimlar haqiqatni ochishga intilishi zarur, ya'ni ilmiy bilimlardan to‘g‘ri foydalanish uchun jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy elementlarning tizimi mavjud bo‘lishi lozim.
Amaliy sotsiologiya “nima uchun o‘rganilayapti?”, degan savolga javob beradi. M.Veber tomonidan amaliy sotsiologiyaning vazifalari aniq ko‘rsatib berilgan. Uning fikricha, amaliy sotsiologiya quyidagi holatlarni aniq ochib, ko‘rsatib berishi kerak:

  • Amaliyot uchun zarur bo‘lgan vositalarni;

  • Amalga oshirilgan harakatlarning aniq salbiy oqibatlarini;

  • Tahlil natijasida o‘rganilayotgan hodisa yuzasidan uning bir necha xil rivojlanish variantini ko‘rsatib, ularga mos ravishda takliflar ishlab chiqish.

P.Sorokin amaliy tadqiqotlarni amaliy meditsina faoliyatiga qiyoslagan. Uning fikricha, sotsiologiyaning mazkur qismida “sotsial kasalliklarni yengish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rsatuvchi yo‘llar” ishlab chiqiladi. Olim ko‘rsatkichlar, statistik ma'lumotlar, anketa javoblari va so‘rov natijalari amaliy hamda empirik sotsiologiyaning vositalari bo‘lib, ular asosidagina o‘rganilayotgan muammo borasida fikr bildirish noto‘g‘ri, deb hisoblaydi. Tadqiqot tugal bo‘lishi uchun nazariy asosga ega bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda fundamental va amaliy sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi va ko‘magi sotsiologiya fanining rivojlanish istiqbolini belgilaydi.
Shunday qilib amaliy sotsiologiya nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki yangi nazariy, metodologik bilimlarni shakllantiradi. Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyaning amaliy samaradorligi masalalarini hal qilish, yangi muammolarni o‘rtaga qo‘yish orqali fundamental tadqiqotlarning rivojiga turki beradi. Amaliy sotsiologiya doirasida nazariy va metodologik muammolar bilan birgalikda, protsedura va metodik muammolar o‘rganiladi. Bugungi kunda metodologiya va metodika muammolari orasida koneptualizatsiya, formalizatsiya va operatsionalizatsiya masalalari dolzarb sanaladi. Bu muammolar sotsial qurilish va sotsial muhandislikning muammolarini hal etishda muhim o‘rin tutadi.
Sotsial muhandislik amaliy tadqiqotlarning negizida shaklangan faoliyatning bir turi. U sotsial strukturani (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy) ma'lum maqsadga yo‘naltirish yoki tubdan o‘zgartirish vositasida eng samarador holatga keltirishni nazarda tutadi.
Amaliy sotsiologiyaning sotsial muhandislikdan tashqari sotsial texnologiya qismi ham mavjud. U maqsadga erishishni ta'minlaydigan metodlar va vositalarning yig‘indisidan iborat.
Amaliy sotsiologiyaning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy omil jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy holat. Chunki amaliy sotsiologiyaning muammolarini aniqlab, ularni o‘rganish va hal etish yo‘llarini ishlab chiqish uchun buyurtmani zamon va makon belgilab beradi. Turli mamlakatlarda turli tarixiy davrlarda ijtimoiy-siyosiy holatning xusuiyatidan kelib chiqqan holda har xil muammolarni o‘rganish ehtiyojini shakllantiradi. Ilk bor ishlab chiqarishni tashkil etish, shaxsning ijtimoiylashuvi, deviant xulq-atvor, urbanizatsiya va jamiyatni barqarorlashtirish muammolarini yechish uchun sotsial buyurtmalar (jamiyat talabi) kerak.

Download 0,98 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Download 0,98 Mb.