|
Mixail Lomonosov (1711-1765)
|
bet | 7/108 | Sana | 09.08.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #269317 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»Mixail Lomonosov (1711-1765) moddaning atomdan tashkil topishi, modda va harakatni saqlash tamoyilini aniqladi, yerning tuzilishini ko‘plab minerallarning kelib chiqish manbalari asosida tushuntirib berdi. Nemis mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) 1755 yilda “Umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi” asarini anonim ravishda nashr etib, unda tabiat yaralgan paytdan boshlab mexanik qonunlar asosida osmon jismlarining yaralishi, shakllanishi va ularni harakatlantiruvchi manbalar to‘g‘risida fikr yuritib,30 “avvaliga osmon jismlarining barchasi tarqoq holatda mavjud bo‘lgan, ya'ni zamonaviy ilm nuqtai nazaridan tarqoq atomlardan iborat bo‘lgan”31 va materiya ba'zi zaruriy bo‘lgan qonunlarga, ya'ni tortishish va itarilish kuchlariga bo‘ysunishi borasida gipotezani ilgari surgan. Fransuz astronomi, matematik, fizik Per Simon Laplas (1749-1827) o‘zining kosmogoniya32 gipotezasi bilan olamning tuzilishi va kelib chiqishidagi metafizik qarashlarga chek qo‘ydi. Charlz Layell (1797-1875) tomonidan «Geologiya asoslari” ning yaratilishi (1830-1833), Jan Batist Lamark (1744-1829) biologiyada tirik tabiatning evolyutsiyasi konsepsiyasini yaratishi, Djon Dalton (1766-1844) yaratgan atomizm nazariyasi va gaz hosil bo‘lish qonunlari, Fridrix Vyoler (1800-1882) kimyoviy yo‘l bilan noorganik moddadan organik moddani olishi kabi qator kashfiyotldar mazkur davrgacha bo‘lgan ilmiy dunyoqarashning tubdan o‘zgarishiga hamda ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. XIX asrning birinchi choragida Gemfri Devi (1778-1829), Nikola Leonor Sadi Karno (1796-1832) tomonidan elektr hodisasini o‘rganish va shu asosdagi kashfiyotlar yaratildi. Urben Jan Jozef Levere (1811-1877) sayyoralar harakati va quyosh tizimining barqarorligi nazariyasini yaratib, uning hisoblari va bashorati asosida Iogann Galle (1812-1910) Neptun sayyorasini kashf qildi.
XIX asr o‘rtalarida tabiiy fanlarda amalga oshgan uchta yirik kashfiyot: hujayralar nazariyasining yaratilishi, energiyaning saqlanishi va hosil bo‘lishi qonunining ochilishi hamda biologiyada evolyusion nazariyaning yaratilishi sotsiologiyaning fan sifatida qaror topishida muhim rol o‘ynagan.
Hujayralar nazariyasi 1838-1839yillarda nemis olimlari — biolog Teodor Shvann (1810-1882) va botanik olim Mattias Yakob Shleyden (1804-1881) tomonidan yaratilgan. Ular hayvonlar va o‘simliklar hujayralarini o‘rganish asosida barcha organizmlar hujayralarining hosil bo‘lish va shakllanish yo‘llarini ko‘rsatishdi33. Mazkur nazariya asosida jonli mavjudotlarning o‘sish va rivojlanishi tushuntirib berildi. Bu flora va fauna olamlariga nisbatan bo‘lgan metafizik qarashlarga chek qo‘ydi.
Ishlab chiqarish amaliyotining rag‘batlantirilishi tabiiy fanlardagi kashfiyotlarning jadal tus olishiga olib keldi va energiyaning saqlanishi va hosil bo‘lishi qonuni ochildi. Ingliz kashfiyotchisi Djeyms Uatt (1736- 1819) bug‘ mashinasini kashf etdi. Mazkur dvigatel ishlab chiqarishda mashinalardan foydalanish uchun turtki bo‘ldi. Djeyms Preskott Djoul (1818-1889) eksperiment asosida energiyaning saqlanish va hosil bo‘lish qonunini asoslab berib, issiqlikning mexanik ekvivalentini topdi. German Lyudvig Ferdinand Gelmgols (1821-1894) uning ishini davom ettirib mazkur qonunni matematik jihatdan asoslab berdi. Shundan so‘ng olimlar orasida mavjud bo‘lgan olamni metafizik va idealistik jihatdan anglash g‘oyasi butkul o‘z kuchini yo‘qotdi.
Evolyusion rivojlanish nazariyasi Charlza Roberta Darvina (1809-1882) tomonidan uzoq yillar davomida olib borilgan amaliy tadqiqotlar va shaxsiy tajriba asosida yaratilgan. Uning yozishicha, hayvonot olamining jadal rivojlantiruvchi kuch sifatida u o‘zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlovdir34. O‘zining 1871yilda chiqqan “Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlov” asarida Darvin odamning tabiiy jihatdan kelib chiqishini tushuntirib, ilohiy qarashlarni rad etdi. Olim o‘zining evolyusion nazariyasi orqali olamdagi barcha jonli mavjudotlar evolyutsion rivojlanish natijasida o‘zgarib, takomillashib borishini ko‘rsatdi.
Evolyutsionizm g‘oyasi biologiyada vujudga kelib, o‘sha davr jamoatchilik fikrining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi va sotsial fanlar doirasida sotsial-darvinizm g‘oyasining shakllanishiga sabab bo‘ldi.
XIX asr birinchi yarmi va o‘rtalarida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlarning ob'ektiv ahamiyati shundan iboratki, ular tabiatda yuz berayotgan voqyea va hodisalarning o‘zaro aloqadorligini ochib berib, metafizik qarashlarning noto‘g‘ri ekanligini isbotladi.
Tabiiy fanlardagi yutuqlar yangi dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘lib, O.Kont, G.Spenser va E.Dyurkgeym tomonidan yaratilgan jamiyat to‘g‘risidagi qarashlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Ularning biologiya tamoyillariga asosilangan sotsial qarashlari “jamiyat rivojlanishining organik nazariyasi” nomi bilan yuritiladi.
XVIII-XIX asrlarda yevropada bo‘lib o‘tgan sanoat inqilobi va Buyuk Fransuz inqilobi (1789-1794yy), jamiyat to‘g‘risidagi yangi fanning rivojlanishida ulkan turki bo‘ldi. Bu ikki revolyusiya G‘arbiy yevropada kapitalizmning qaror topishini ta'minlab, ko‘rib chiqilayotgan davrning iqtisodiy va siyosiy hayotida ulkan iz qoldirdi. N.I.Kareevning yozishicha, “metafizikaning g‘oyalari asosida amalga oshirilgan yirik tarixiy to‘ntarish, ya'ni fransuz inqilobi kutilgan natijalarni bermadi va inqirozga yuz tutdi. Inqilob dasturi Fransiyaning o‘zida ham oxirigacha hayotga tadbiq qilinmagan edi. Shuning uchun ko‘pchilik mazkur inqilobning inqirozidan so‘ng aql-idrok imkoniyatlaridan ko‘ngli qoldi. Jamiyatdagi vaziyatni xolisona ravishda o‘tmish, mavjudlik va kelajak nuqtai nazaridan tahlil etish ehtiyoji tug‘ildi35”.
Sotsiologiyaning paydo bo‘lishida ishchi sinfining shakllanishi va ijtimoiy munosabatlar inqirozi36ning jadallashuvi muhim o‘rin egallaydi. Tarixiy jihatdan ishchi sinfining shakllanishi XV asrda boshlangan bo‘lsada, inqilobdan keyingi holat proletariat37 sinfining yetakchi sinfga aylanishini ta'minladi. Avvaliga ular o‘zining asosiy muammosi sifatida yangi stanok va mexanizmlarning paydo bo‘lishini ko‘rishgan bo‘lsa, keyinchalik sotsial jarayon va holatni o‘zgartirish zarurati birlamchi ekanligini tushunib yetishdi. Shundan so‘ng fabrikalarda proletar sinf vakillaridan iborat bo‘lgan va ularning manfaatlarini ko‘zlovchi tredyunionlarning paydo bo‘ldi. Kapitalizm va uning ilk qarama-qarshiliklari XIX asr boshlarida sanoatlashib, katta fabrikalarga aylanayotgan tashkilotlarda proletar sinf vakillarining o‘zaro birlashib, ishsizlik, ekspluatatsiya, bolalar va ayollar mehnati kabi sotsial muammolarga qarshi kurashishga undadi. 1825 yildan boshlab kapitalistik iqtisodiyotda davriy inqirozlar kuzatila boshlandi va xaddan tashqari yuqori ekspluatatsiya, ish soatlarining uzoqligi, mehnat sharoitlarining yaxshi emasligi, ish haqining pastligi, ayollar va erkaklar mehnatining bir xil baholanmasligi kabilarda o‘z ifodasini topdi. Bu proletar sinfning kambag‘allashuviga, kichik hunarmand va savdogarlarning esa kasod bo‘lishiga olib keldi. Natijada ishchi sinfi qarshilik munosabati sifatida qurolli chiqishlarni amalga oshira boshladi. Undan tashqari proletariat sinfining talablari borgan sari tizimli va tartibli ko‘rinishga kirib, siyosiy xarakter kasb eta boshladi. Natijada marksizm38 g‘oyasi tug‘ildi va rivojlandi.
|
| |