|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
|
bet | 25/109 | Sana | 18.01.2021 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #13041 |
To‘laqonlilik. Axborot to‘laqonliligi ob’ekt faoliyatining u yoki bu tomonlarining miqdoriy va sifat parametrlarini aniq belgilash hamda mos qarorlarni ishlab chiqarishda ifodalaniladi.
Axborotning noto‘laqonliligi qarorlar qabul qilishda xatolarga olib kelishi mumkin.
Ishonchlilik qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi saqlanadigan yetib kelgan va natijaviy axborotlarda muayyan darajada buzilishlarga yo‘l qo‘yadi.
Axborotni qabul qilishning bemalolligi vaqt birligida ma’lumotlarni qabul qilish tezligi bilan belgilanadi. Shu bois ham ma’lumotlar ko‘proq jadval shaklida beriladi, u nafaqat axborot mazmunini ochib beradi, balki yengil qabul qilinadi ham.
Ma’lumotlarning dolzarbliligi muayyan vaqt mobaynida aniq vazifani amalga oshirish uchun yaroqliligini ifodalaydi. Shu bois ham dolzarblilik, hozirjavoblilik va tezkorlik axborotga xos xususiyatlardir.
|
| |