Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy tavsifi




Download 1.79 Mb.
bet33/109
Sana18.01.2021
Hajmi1.79 Mb.
#13041
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy tavsifi


Metodologiya

Asosiy belgisi

Natija




Axborotni qayta ishlashning asosiy yangi vositasi

Boshqaruv texnologiyasiga «joylashish»

Kommunikatsiyaning yangi texnologiyasi




Yaxlit texnologik tizimlar

Mutaxassislar va mene-jerlar vazifasining integrallashuvi

Axborotni qayta

ishlash bo‘yicha yangi texnologiya






Maqsadga qaratilgan

holda axborotni yara-

tish, uzatish, saqlash

va aks ettirish


Ijtimoiy muhit

qonunchiligini

hisobga olish


Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning yangi texnologiyasi




Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta’minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq, variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, ko‘proq, kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta’minot, tashkiliy-uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo‘ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yig‘ish, uzatish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi.

Agar axborot tizimining butun hayotiy sikli ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, avtomatlashtirilgan axborot tizimi deganda, axborot tizimlarini, bazaviy, dasturiy, apparat va kommunikatsiya platformani loyihalash uslubiyoti va texnologiyasi majmui tushuniladi.

Axborot texnologiyasining asboblari – bu foydalanuvchining maqsadga erishishini ta’minlaydigan ish texnologiyasi, ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘liq, bir yoki bir necha dasturiy mahsulotlar sanaladi.

Har qanday axborot texnologiyasining maqsadi – belgilangan ta-shuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotni olishdir. Ayni paytda axborotni qayta ishlash jarayonining tezkorligi va ishonch-liligi, axborot resursidan foydalanish jarayonining ko‘p mehnat talab qilishiga, ma’lumotlarni qayta ishlash qiymatiga nisbatan cheklashlar bor.

Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassis-larga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o‘z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo‘llagan holda tezkor majlislarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.




Download 1.79 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy tavsifi

Download 1.79 Mb.