• 3.2-§. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 1,79 Mb.
    bet32/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1,79 Mb.
    #13041
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109
    Tayanch so’z va iboralar:
    Texnologiya; moddiy ishlab chiqarish; axborot texnologiyasi; moddiy resurslar; mahsulot; axborot mahsuloti; texnologiya komponentlari; avtomatlashtirish.
    Takrorlash uchun savollar.


    1. Texnologiya deganda nimani tushunasiz?

    2. Moddiy resurslar tarkibiga nimalar kiradi?

    3. Axborot mahsulotlari tarkibiga nimalar kiradi?

    4. Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

    5. Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi?


    3.2-§. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalaniladigan rivojlangan dasturiy ta’minotni qo‘llash bazasida bajariladi. Modomiki, axborot texnologiyasini amalga oshirishdagi texnik vositalarning asosiy qismini kompyuter texnikasi tashkil etar ekan, axborot texnologiyasi, ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyasi deganda komyuter axborot texnologiyasi tushuniladi. Garchi, «axborot texnologiyasi» tushunchasi barcha xildagi axborot (jumladan, qog‘oz asosidagi) shakllanishiga tegishli bo‘lsa ham.

    Zamonaviy axborot texnologiyasi (kompyuter axborot texnologiyasi) – personal kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchining do‘stona «interfeysi» axborot texnologiyasidir (1.4-jadval). Ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo‘ljallangan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.

    Zamonaviy axborot texnologiyasining asosiy elementlari quyidagicha:


    • ma’lum bir vaqt ko‘lamidagi axborotni kiritish va qayta o‘zgartirish;

    • tasvirni kiritish va unta ishlov berish;

    • signal axboroti paydo bo‘lgan yerda uni qayta ishlash;

    • og‘zaki axborotni qayta ishlash;

    • foydalanuvchining SHK bilan faol muloqoti;

    • turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish;

    • axborot almashuvining tarmoq; texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pochta, videoteka, teleteka, elektron gazeta);

    • taqsimlangan tarmoq, tizimlarida ma’lumotlarni multipro-sessor asosida qayta ishlash;

    • mahalliy, mintaqaviy va halqaro tarmoqlar bo‘yicha axborotni tezkor tarqatish.

    1.4 - j a d v a l.



    Download 1,79 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109




    Download 1,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 1,79 Mb.