• Axborot resurlari
  • Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manba-lari.
  • Jahon axborot bozorlari.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 1.79 Mb.
    bet21/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1.79 Mb.
    #13041
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
    Mehnat resurslari – jamiyatda ishlash uchun umumta’lim va kasbiy bilimga ega kishilar;

    Moliyaviy resurslardavlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir.

    Energetik resurslar – energiya omillari, masalan, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo.

    Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko‘lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o‘zi yetarli emas. Chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bo‘lishning o‘zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko‘plab axborotga ham ega bo‘lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.

    Agar, axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o‘rinli foydalanilsa, u mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenta sifatida ishtirok etishi mumkin.

    Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularni isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi.

    Axborot resurlari – axborot tizimidagi (kutubxonalar, arxiv, jamg‘armalar, ma’lumotlar banklari va hokazo) alohida hujjatlar va hujjatlarning butun bir majmuidir. Axborot resurslarini axborot tizimidagi barcha axborotlar hajmi, deb tushunish mumkin. Masalan, mamlakat uchun bu mamlakatning axborot resursi sanaladi, tashkilot doirasida esa – tashkilotning axborot resursi, deb yuritiladi. Boshqacha aytganda, axborot resurslari – moddiy tashuvchi vositalarda qayd etilgan va jamiyat foydalanishi uchun mo‘ljallangan barcha bilimlar demakdir.

    Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo‘lgan, ammo ularga o‘z xususiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan. Garchi kishilar boshqaruv sohasida axborotdan doimo foydalanib kelgan bo‘lsa ham.

    Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko‘payib ketdiki, uni boshqaruv sohasida qayta ishlamaslikning iloji bo‘lmay qoldi.

    Boshqaruv iyerarxiyasining paydo bo‘lishi, tovar-pul munosabat-larining yuzaga kelishi, hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda ushbu qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi.

    Hozirda rivojlanish darajasi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakat milliy iqtisodi, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi. Axborot strategik resursga aylanib, axborot resurslari esa uniig muhim turlaridan biri sanaladi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini belgilab beradi deyishga asos bor.

    Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkab-lik darajasining yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot mavjudligi mamlakatning rivojlanishi, tarmoqlar, tashkilotlar yuksalinishini belgilab beradi. Axborot strategik resurs, axborot resurslari esa ulardan eng muhimi bo‘lib qoldi. Bu zahiraning umumiy foydalanadigan hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik, shu jumladan mudofaa qobiliyatini belgilab beradi.

    Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manba-lari. Har qanday tashkilot ayrim bir tashqi muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tashkilot ichki muhitni ham yuzaga keltiradi. Ichki muhit tashkilotning tuzilmaviy bo‘linmalari va u yerda ishlovchi xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida shakllanadi.



    Yuzaga kelish manbaiga bog‘liq holda tashkilot doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar mavjud.

    Ichki muhit axboroti odatda aniq bo‘lib, xo‘jalikning moliyaviy holatini to‘liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko‘pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi.

    Tashqi muhit – tashkilotdan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy sub’ektlardir. Bu tashkilotning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari va hokazo bilan iqtisodiy, ijti-moiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.

    Tashqi muhit haqidagi axborot ko‘pincha taxminiy, noaniq, noto‘liq, ziddiyatli, ehtimolli bo‘ladi.

    Bu holatda u nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.

    Tashkilot turli manbalardan quyidagi tashqi axborotni olishi mumkin:



    1. Iqtisodiyotning ahvoli haqida umumiy axborot. Manbalar: axborot – tahliliy materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, Internet resurslari.

    2. Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo‘yicha.

    3. Tovarlar narxlari bo‘yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal va byulletenlar, kataloglar, Internet ma’lumotlar bazasi.

    4. O‘ziga xos axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet. Uni axtarishda izlab topish tizimlaridan foydalaniladi.

    5. Davlat boshqarish organlaridan axborotlar (qonunlar, qarorlar, soliq organlari xabarlari va hokazo).

    Har qanday resurslar kabi, axborot resurslarini ham boshqarish mumkin, lekin ularni miqdoriy va sifat jihatidan baholash metodologiyasi, ularga bo‘lgan ehtiyojni oldindan belgilash hali ishlab chiqilmagan, shunga qaramay tashkilot darajasida axborot ehtiyojlarini o‘rganish, axborot resurslarini rejalash-tirish va boshqarish mumkin va zarur. Axborot resurslarini boshqarish deganda:

    • har bir darajada va boshqarish funksiyasi doirasida axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash;

    • tashkilotning hujjat aylanishini o‘rganish, uni optimallash, hujjatlar turi va shakllarini standartlash, axborot va ma’lumot-larni tuplash;

    • ma’lumotlar turlari nomunosibligini yengib o‘tish;

    • ma’lumotlarni boshqarish tizimini yaratish anglaniladi.

    Jahon axborot bozorlari. Jahon bozorida axborotni quyidagi asosiy sektorlarga bo‘lish mumkin:



    1. Download 1.79 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 1.79 Mb.