– r a s m. Axborot tizimlari turlari va




Download 1.79 Mb.
bet17/109
Sana18.01.2021
Hajmi1.79 Mb.
#13041
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
1.9 – r a s m. Axborot tizimlari turlari va

boshqaruv darajalarining o’zaro aloqalari


  • yo’nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish;

  • mazkur tashkilot xodimi qayta ishlagan axborotlar bo’yicha teskari aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish.

Bu barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Har qanday tashkilot uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotdan foydalanishgacha bulgan tizim ishining ketma-ketligini belgi-lash eng muhim masala sanaladi. Bu o’rinda gap, tashkilotda hal etiladigan masalalarni turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foyda-lanish davriyligini bel­gilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standart-lash, axborotlarni kdyta ishlash tartibini standartlash to’g’risida ketayapti.

Axborot tizimiga nisbatan so’rovlarni, shuning­dek, ularga javob-ning shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo’lish mum-kin. Eskirgan vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, tash­kilotda foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish yoki olmasligida.

Hozirgi kunda axborot tizimi haqdsa kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Axborot texnologiyalari kabi axbo­rot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham fao-liyat ko’rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala.

Tashkilot axborot tizimida axborot xajmining o’sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog’liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o’z navbatida «sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizi­miga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan ma’lumot-larni yig’ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo’yicha ishi qisman amalga oshi­rilgan.





Download 1.79 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– r a s m. Axborot tizimlari turlari va

Download 1.79 Mb.