• 1.4-§. AXBOROT TIZIMLARI
  • Axborot tizimi.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 1.79 Mb.
    bet15/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1.79 Mb.
    #13041
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
    Tayanch so’z va iboralar;

    Axborot; boshqaruv tizimining faoliyat ko‘rsatishi; moddiy oqimlar; axborot oqimlari; tashqi muhit; model; boshqaruv tizimi modeli.
    Takrorlash uchun savollar.

    1. Boshqaruv tizimi deganda nimani tushunasiz?

    1. Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlarini tushuntirib bering.

    1. Axborot va moddiy oqimlarga nimalar kiradi?

    2. Boshqaruv tizimining modeli deganda nimani tushunasiz?

    1.4-§. AXBOROT TIZIMLARI

    Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo‘lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo‘ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi.

    Axborot tizimi. Tegishli tashkilotlar (ob’ektlar) da faoliyat ko‘rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.

    Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.



    Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (1.8-rasm). Ushbu har bir darajaning o‘z vazifalari bo‘lib, ularni hal etishda axbo-rotga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga karatilgan. Axborot texnolo-giyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir daraja-sida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bo‘luvchi axborot paydo bo‘ladi.

    Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo‘ladi. Biroq bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intellektual imkoni-yatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chogadagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axbo-rotga muhtoj bo‘ladi.





    Download 1.79 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 1.79 Mb.