• Boshqaruv tizimi modeli.
  • -§. BOSHQARUV TIZIMI FAOLIYATINING AXBOROT JIHATLARI




    Download 1.79 Mb.
    bet13/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1.79 Mb.
    #13041
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
    1.3-§. BOSHQARUV TIZIMI FAOLIYATINING AXBOROT JIHATLARI

    Tashkilot boshqaruv tizimining axborot jihatlari deganda, axborot ha-rakatlanishi va qayta shakllanish jarayoni sifatida boshqaruvni aks ettiruv-chi, boshqaruv tizimining vazifaviy ish strukturasini tashkil etuvchi bloklar to‘plami deb tasavvur qilish mumkin (1.5-rasm). Tizimning boshqaruv qismidagi qayta hosil bo‘lish predmeti – bu boshlang‘ich axborotdir.

    Yuqori darajadagi boshqaruv bloki va tashqi muhit bloki bayon etilayotgan boshqaruv tizimiga kirmaydi va unga nisbatan ichki hisoblanadi. Shuningdek, ob’ektni boshqarish jarayonini ifodalovchi ichki tizimidagi axborot oqimi paydo bo‘ladi.

    a1 va a2 kanallari bo‘yicha o‘tadigan axborot oqimi ko‘rib chiqila-yotgan tizim va yuqori darajadagi tizim o‘rtasidagi bo‘ysunuvchanlik munosabatini ifodalaydi. a1 axborot oqimi ko‘rib chiqilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy – buyruq (ko‘rsatmali) axborotlarining majmuini ifoda etadi. a2 aloqa kanali bu tashkilot boshqarish tizimining boshqaruvchi qismi a1 kirishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi teskari aloqa kanali sanaladi. Agar tashkilotning boshqaruv tizimi boshqaruvning yuqori darajadagi buyruqlarini hech bir kamchiliksiz bajarsa, u holda a2 ning chiqish joyida a1 ning kirish joyidagi bilan bir xil (vaqti-vaqtida ma’lum bir siljishlar bilan) axborot bo‘ladi, yoki axborot umuman bo‘lmaydi (bu a1 va a2 axborotlari bir xil degani).



    Tashqi muhit va boshqaruv tizimi o‘rtasidagi axborot almashinuvi chizmada b1 kirishi va b2 chiqishi bilan tasvirlangan. Ular gorizantal axborot aloqalari sanalib, tizim faoliyati uchun muhim bo‘lgan o‘sha tartibdagi tizimlar va boshqa axborot manbalari bilan kutib chiqilayotgan


    boshqaruv tizimining o‘zaro munosabatlarini modellashtiradi. Tizim fao-liyati uchun muhim sanalgan axborot manbalariga savdo, maorif, banklar, soliq inspeksiyasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur tizim jarayonida boshqarib bo‘lmaydigan turli xil ta’sirlar yuzaga keladi: f – kiritish bosh-qariladigan ob’ektga tashqi muhitning boshqarib bo‘lmaydigan ta’sirlarini modellashtiradi.

    Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqishni boshqariladigan ob’ektdan boshlaymiz. Resurslarga ega bo‘lgan holda boshqaruv ob’ektlari vaqt sarflash va resurslarning qayta hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonining amalga oshirish natijasida t2 ning ayrim samaralari to‘plamini chiqishga yo‘naltiradi. g1 kirish va g2 chiqish holati, tashqi muhit bayon etuvchi sharoitlar haqidagi, yuqori organlar tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi axborotlar boshqaruv blokiga kelib tushadi. Axborot bloki unga kiritilgan dasturga muvofiq boshqaruvchi ob’ekt holatini qayd etadi, ax-borotni to‘plash va ro‘yxatga olishni, uni oldindan qayta ishlashni, jumladan, tasniflash, guruhlash, ma’lumot berish kabi bir qator elementar mantiqiy va hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi.

    Boshqaruv bloki axborotlarni qayta ishlaydi va ayrim jo‘natiladigan axborotlar oqimini natijalovchi oqimga aylantiradi, boshqariladigan ob’ekt kirishiga ta’sir bilan bog‘lik bir qator qarorlarni ishlab chiqadi va o‘rta mu-hit hamda yuqori darajadagi boshqaruv bloklari bilan o‘zaro harakat qiladi.

    Bunda boshqaruv bloki boshqaruv ob’ekta, tashqi muhit va yuqori boshqaruv darajasidan kelgan axborotlardan foydalanadi. Me’yorida ishlashdan chetlangan dollar ro‘y berganda boshqaruv bloki chetlanganlikni bartaraf etish maqsadida qaror qabul qiladi va tegishli chorani tanlaydi. Boshqaruv bloki ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish uchun xotira (unga mutaxassislar xotirasi, elektron xotirani kiritish mumkin) va boshqaruv mezoniga ega (mezon bo‘yicha boshqariluvchi ob’ekt ko‘rsatkichlarining yaxshilangani yoki yomonlashuvi aniqlanadi).

    Ta’sir ko‘rsatish bloki shunday vosita sanaladiki, uning yorda-mida boshqaruv bloki kerakli foydali samaraga erishish maqsadida boshqaruv bloki boshqariladigan ob’ekt kirishiga ta’sir ko‘rsatadi.

    Boshqaruv bloki yuqori darajada a2 aloqa kanal i bo‘ylab ko‘rib chi-qilayotgan tizim holati to‘g‘risida axborot oladi, ayrim qarorlar kirralarini (spektrini) ishlab chiqadi va a1 aloqa kanali bo‘yicha boshqaruv blokiga kerakli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ko‘rib chiqilayotgan tizim faoliyati algoritmida ko‘rsatkichlar hisoboti tartibida, boshqariladigan ob’ekt ishini baholaydigan mezonlarda ayrim o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Tashqi muhit bloki tashqi muhitning ko‘plab elementlaridan iborat bo‘lib, qandaydir ma’noda mazkur tizim yoki uning boshqariluvchi ob’ekta bilan o‘zaro harakatlana oladi.

    Boshqaruv bloki tashqi muhit axborotlari asosida muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini bashoratlashda va boshqarila-digan ob’ektga ta’sir ko‘rsatishda, shuningdek boshqaruv tizimining o‘zidagi funksional bloklar o‘rtasida o‘zaro ta’sirni yuzaga kelti-rishda bunday bashoratlarni hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Shunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai nazaridan axborot jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir ko‘rinishida boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.



    1.6-rasmda boshqaruv ob’ektiga boshqariladigan ta’sir ko‘rsatishni ishlab chiqish ko‘rsatilgan.

    Qarorlarni amalga oshirish odamlar (ishlash) va mashinalar (mashina harakati) tomonidan bajariladi. Qayd etish lozimki, harakatlar boshqaruvga oid emas. Bu mehnat jarayonini bajarish yoki mashinalar bajaradigan harakatlardir.



    Boshqaruvni amalga oshirish jarayonini axborot ma’nosida quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:



    (1)
    bunda: i – boshqariluvchi ob’ektning t – vaqtdagi holati;

    i – boshkrriluvchi ob’ektning t – vaqtdaga holatini aks ettiruvchi axboroti;

    A - axborot asosida i – ob’ekt uchun shakllangan boshqaruv vazifasining hisob-kitob algoritmi;

    inp i – ob’ektam boshqarishdagi qarorlar qabul qilish uchun kerakli axborotlar (t vaqtidagi boshqaruvchi ta’sir);

    0i(t+l) – boshqaruvchi ta’sir amalga oshirilgandan so‘ng (t+1) vaqtdagi i – boshqariluvchi ob’ekt holati.

    Keltirilgan formula boshqaruv jarayonini ta’minlovchi axborot tizimi tavsifi, tarkibi va tashkil etish ketma-ketligini belgilab beradi.

    Boshqaruv tizimi modeli. Boshqaruv tizimi uzining tarkibiy nuqtai nazaridan ko‘p sonli funksional momentlardan (boshqaruv vazifalaridan) iborat bo‘lib, boshqarishning to‘liq, davrini namoyon qiladi. Bular: boshqaruvni bashoratlash, rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish, nazorat, tahlil etish va tartibga solish (1.7-rasm).



    Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.

    Yuqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga mo‘ljallangan asosiy yo‘lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi.

    I(v) – tashqi muhitning statsionar shart-sharoitlari haqidagi axborot;

    I(b) – tashqi ta’sirlar haqidagi axborotlar;

    I(g) – boshqariladigan ob’ekt harakatlari to‘g‘risidagi axborot;

    I(j) – boshqariladigan ob’ekt holati to‘g‘risidagi axborot;

    I(a) – tahliliy axborot;

    I(u) – hisobot axboroti;

    I(q) – bashoratlash axboroti;

    I(k) – nazorat axboroti;

    I(n) – me’yoriy axborot ;

    W(n) – reja axboroti;

    W(m) – dasturiy axborot;

    W(p) – tartibga soluvchi axborot;



    W(o) – tashkiliy axborot.




    Download 1.79 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. BOSHQARUV TIZIMI FAOLIYATINING AXBOROT JIHATLARI

    Download 1.79 Mb.