|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
|
bet | 20/109 | Sana | 18.01.2021 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #13041 |
Tayanch so‘z va iboralar:
Axborot; axborotga bo‘lgan ehtiyoj, axborotlashtirish; axborotlashgan jamiyat; axborot madaniyati; informatika; axborotni kodlashtirish; ma’lumotlar; hujjat aylanishi; axborot jihatlari.
Takrorlash uchun savollar.
Axborotga bo‘lgan ehtiyoj deganda nimani tushunasiz?
Axborotlashgan jamiyat kenday qilib shakllanadi?
Axborot madaniyati deganda nimani tushunasiz?
Axborotlarni kodlashtirish nima uchun xizmat qiladi?
2.2. TASHKILOTNING AXBOROT RESURSLARI
Resurs biror narsaning zahirasini, manbaini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining har qanday tarmog‘i tahlil etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.
Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat va xom-ashyolari majmuidir. Masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilgi, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hokazo.
Tabiiy resurslar – insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyoj-larini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan ob’ektlar, jarayonlar, tabiat sharoitlari, jarayonlari, ob’ektlaridir.
|
| |