• II BOB. “MALUMOTLAR BILAN ISHLASH” BOBINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O’QITISHNING METODIK XUSUSIYATLARI
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • Sh.M.Mirziyoyev
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 49,13 Kb.
    bet2/5
    Sana19.01.2024
    Hajmi49,13 Kb.
    #140708
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Xayitmuradova
    2-amaliy ish, 1000 ta eng kerakli fe llar lug ati. (@Ruschani orgatamiz), to`g`ri chiziq tinglamalari00, IAKTT MUSTAQIL ISH RAYA hemisga, Славистика. Рогозинникова Н.Г., Электрон рақамли имзо, eleklab1, 1700734682, prUjqIbazCrcvdZHf5c0Jtx7zzt-j9l7, Alixonov 2011, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari, 38-Moliyaviy-risklarni-boshqarish-Oquv-qollanma-K-Sharifxodjayeva-T2017, 1797118, Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа-fayllar.org
    MUNDARIJA
    KIRISH…………………………………………………………….…...3
    I BOB.UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI 7-SINF ALGEBRA KURSINI ILMIY-METODIK ASOSLARI

      1. . Umumiy o’rta ta’lim maktablari 7-sinf algebra kursini mazmuni va mohiyati

      2. . 7-sinf algebra kursini o’qitishda kompetensiyaviy yondashuv asoslari



    II BOB. MALUMOTLAR BILAN ISHLASH” BOBINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O’QITISHNING METODIK XUSUSIYATLARI
    2.1 “Malumotlar bilan ishlash” bobini kompetensiyaviy yondashuv asosida o’qitishning o’rni va ahamiyati
    2.2. “Malumotlar bilan ishlash” bobini o’qitishda foydlaniladigan innovasion metodlar
    2.3. 7-sinf algebra darsida “Kombinatorika elementlari” mavzusini o’qitishga doir dars ishlanmasi
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Shiddatli axborotlashuv jarayonida amalga oshib borayotgan hozirgi davrda har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda zamonaviy texnologiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishga to’g’ri kelmoqda. Shu jumladan, matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo’q. O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
    Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi.Shu bilan birga ta’lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun bilan mushtarakdir.
    Ta’lim tizmidagi, o’quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni izchillik bilan, bosqichma-bosqich hal etish yo’llari va vositalari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarda belgilab berilgan. Ta’limning samaradorligini oshirishda yuksak imkoniyatlarga ega bo’lgan vositalardan biri sifatida ta’limning faol usullari qaralyapti. Ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalar tushunchasining kirib kelishi va ana shu texnologiyalarning keng qo’llanilishi hozirgi zamon talabidir.
    Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimini yangilash vazifalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni jadal kiritish, sinfda, darsdan tashqarida o’quv tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning faolligini oshirishga erishish orqaligina bajarish mumkin.
    Umumta’lim maktablarida interfaol usullarni qo’llash, ta’lim sifati va samaradorligini ko’tarish, takomilashtirilgan standart va modernizatsiya qilingan dasturlarni o’zlashtirishni kafolatlash, o’quvchilarni faollikka, erkin fikr yuritishga o’rgatish, o’z nuqtai nazarini himoya qilishga erishtirish uchun o’qituvchi faoliyatini innovatsion asosda qayta ko’rib chiqish, interfaol ta’limni yo’lga qo’yish dolzarb bo’lib qolmoqda.
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqararishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi.
    Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
    Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo’llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko’lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
    “Matematika fanini bilish darajasini baholash bo’yicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy ta’limning tegishli yo’nalishlari va mutaxassisliklarda matematika fani bo’yicha mashg’ulotlarni ko’paytirish hamda ta’lim berish sifatini oshirish” matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanganligi, matematika sohasida ta’lim olayotgan va ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida chet eldagi oliy ta’lim muassalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirilayotganligi mamlakatimizda matematikaga bo’lgan e’tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.
    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deb ta`kidlaydilar. O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu g‘oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, o‘z sohasi bo‘yicha raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashdir.
    Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!
    Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy metodikalar puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son, 2019 yil 8oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi PF-5847-son, 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli, 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli vazifalarni amalga oshirish doirasida mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy–huquqiy hujjatlar bitiruv ishiga ma’lum darajada xizmat qiladi.
    Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. Kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi. Matematika fanini o‘qitishga qo‘yilayotgan zamoaviy talablardan kelib chiqib, kompetentsiyaviy yondoshuvga asoslangan yangi davlat ta’limstandartlari asosida maktab matematika fani dasturiga mantiq, kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va statistika elementlari alohida mavzular yoki boblar sifatida kiritildi. Hozirgi kunda mazkur elementlarni va ularga doir masalalarni u yoki bu sinf darsliklarida uchratish mumkin. Asosiy muammo – yangi sharoitda maktabda ma’lumotlar bilan ishlash ya’ni jadval bilan ishlash: ma'lumotlarni o‘qish va hisoblash, diagrammalar va ular bilan ishlash, ma'lumotlar qatori tahlili kombinatorika va matematik statistika elementlarini qanday hajmda va qaysi sinflarda hamda qanday usullar yordamida o‘qitish kerakligini dolzarb muammolardan biri hisoblanadi .

    Download 49,13 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 49,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 49,13 Kb.