|
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2023/ 12 - SONBog'liq TDPU I A, 12 сон 2023 2 6 6 11 23 2 2 2 4ю04 removed 5TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2023/ 12 - SON
620
moddaning, tashqi ko’rinishi yoki biologik laboratoriyalarini namoyish etilishi bilan
o’quvchi ushbu tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Axborot
texnologiyalari yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o’quv kurslarini
yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‗plamidir. iSpring
Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring easyQuizzy, iSpring Kinetics
jamlangan. Bu dasturlardan iSpring easyQuizzy dasturi audio, video fayllar, tasvir
va formulalar yordamida interaktiv testlar yaratadi.
Virtual biologik laboratoriya Dastur animasiya tenglama va boshqalar
shaklida foydalanish mumkin bo‘lgan kolleksiyalar bazasi va laboratoriya jihozlari
to‘plamiga ega. Virtual laboratoriya dasturi turli moddalar bilan eksperimentlarni
vizual (ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan qilib) o‘tkazish imkonini beradi. Turli dasturlar
- virtual laboratoriyaning dasturiy ta'minoti qo‘shimcha o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Dastur bilan ishlashni osonlashtirish uchun "assistent" tushunchasi,
hisobkitoblar asosida tuzilgan o‘zgartirigichlar majmui, eksperimentlarni qayd qilish
uchun laboratoriya jurnali mavjud. Virtual eksperimentlar konsepsiyasi taxminan 20
yil oldin paydo bo‘lgan, bunda interfeysdan faol foydalanilganda dasturiy ta'minotga
o‘qituvchi o‘zi qo‘l bilan ko‘proq laboratoriyadan amaliy ko’nikmalarni berishi
mumkin va shu bilan o‘quvchilar tajribasi oshiriladi. Virtual laboratoriya yana bir
qancha afzalliklarga ega, ular yordamida o‘qituvchi va o‘quvchilar qo‘yilgan
maqsadlar, jihozlar, hamda sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda eng samarali
eksperimentlarni tanlashlari mumkin.
Ta'lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta'lim mazmunini
yanada boyitdi. Xususan, ―”Masofaviy ta'lim”, ―”Media ta'lim”―”Internet
forum” va boshqalar. Bunda eng asosiy e'tibor ta'lim oluvchilarning mustaqil ta'lim
olishlariga qaratiladi. Ushbu jarayonda esa o’quvchilarning ta'limga bo’lgan
qiziqishlari, o’quv – biluv motivlari muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot
texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat ko’rsatkichlari quyidagi
asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:
•
o’quv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
•
kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;
•
shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan o’zlashtirib olish malakalarining
shakllanishi.
Ta'lim
jarayonida
axborot
– kommunikatsion texnologiyalardan
foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak:
•
ta'lim oluvchilarda o’quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish
bosqichi,
•
Kompyuter bilan o’zaro muloqot jarayonida o’quv materiallarini
o’zlashtirish bosqichi;
|
| |