TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2023/ 12 - SON




Download 282,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.05.2024
Hajmi282,1 Kb.
#238619
1   2   3   4   5
Bog'liq
TDPU I A, 12 сон 2023 2 6 6 11 23 2 2 2 4ю04 removed 5

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2023/ 12 - SON 
619 
amalga oshirilishi zarurligining yaqqol misolidir. Mutaxassis kadrlarning 
intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish ustivor vazifa etib belgilanganligi ham 
alohida e’tiborga ega. 
Ma’lumki, [1] biologiyani o`qitishda avvalо, o`quvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish va rivоjlantirish uchun biоlоgiyaning asоsiy g`оya, 
nazariya, qоnuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, halq xo`jaligining turli 
tarmоqlarida tutgan o`rni, biоlоgik bilimlarni o`zlashtirishning ahamiyati bilan 
tanishtirish nazarda tutiladi va shu оrqali ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish 
va rivоjlantirish, insоnning tabiat va jamiyatga оngli munоsabatini tarkib tоptirish, 
shuningdsk kelgusidagi kasbiy faоliyati bilan uzviy bоg`langan xоlda ta’lim-
tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. Mazkur tizim o`zida o`quvchilar tоmоnidan 
o`quv fanlari mazmunidagi bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkam 
o`zlashtirishlari barоbarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish va 
rivоjlantirish masalalarini mujassamlashtiradi. 
Texnologiya grekcha tildan tarjima qilinganda san'at, mahorat haqidagi 
ta'limot kabi ma'nolarni bildiradi va ishlov berish, holatni o’zgartirish san'ati, 
mahorati, malakasi va metodlar yig’indisi. Axborot texnologiyalari – jarayonlarni 
boshqarishdagi asosiy manba bo‗lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni 
tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha qayta ishlangan 
ma'lumotlarni uzatishni o’z ichiga oladi
[2]. 
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi 
inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-
harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob‘ekt, 
jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini 
olish uchun ma'lumotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari 
jamlanmasidan foydalanish jarayondir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - 
axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta 
ishlashning kompyuter tizimini o’zida ifodalaydi. Axborot o’z tarkibida 
kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda 
odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun 
axborot ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi. Axborot tizimlarining asosiy 
vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan 
iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu 
maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli 
ta'sir ko’rsatadi. 
O’quvchilar kompyuterda sodir bo’layotgan hodisalarni ko’rib va eshitib, 
fikrlash orqali bilishga intiladi va darsga nisbatan qiziqishi ortadi. O‘quvchi sezgi 
organlari yordamida monitorda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarni idrok etib, 
ularning xossa va xususiyatlarini ham bilishga qiziqadi. Masalan ekranda biror 



Download 282,1 Kb.
1   2   3   4   5




Download 282,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2023/ 12 - SON

Download 282,1 Kb.
Pdf ko'rish