|
O‘quv fanining dolzarbligi oily kasbiy ta’limdagi o‘rni
|
bet | 2/9 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 444,57 Kb. | | #145071 |
Bog'liq FD Texnalogiya va uni o\'qitish metodikasi (BT) 2018O‘quv fanining dolzarbligi oily kasbiy ta’limdagi o‘rni
Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tasviriy san’at, tabiatshunoslik fanlari bilan bog‘lanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni to‘garak ishlariga, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, ma’ruzalar, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fani ta’lim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beraladi. O‘quvchilarni amaliy ishga tayyorlash va ularni mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallashlarini ta’minlaydi. Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o‘quvchilarning aqliy o‘sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O‘quvchilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa, ularda do‘stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.Talabalarning fanni o‘zlashtirish jarayonida darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, uzatish qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, ta’limiy vositalarni va ta’limiy o‘yinlarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsadi – talabalarni boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
|
| |