|
IV.Seminar mashgulotlarni tashkil etish bo‘yicha
|
bet | 8/9 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 444,57 Kb. | | #145071 |
Bog'liq FD Texnalogiya va uni o\'qitish metodikasi (BT) 2018IV.Seminar mashgulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashgulotlarda talabalar “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fanidan quyidagi mavzuni o‘rganadilar.
Ish joyini tashkil etish talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
Texnologiya darslariga oid tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish
Texnologiya darslarini integratsiyalash
Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi.
O‘yinlar orqali kasb-hunarga yo‘naltirish
Zamonaviy ta‘lim shakllari: masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar.
Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish
Kasb-hunarga yo‘naltirishda boshqotirmalardan foydalanish
Axborot texnologiyalarini mashg‘ulotlarda qo‘llash metodikasi
Amaliy va seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ko‘rsatma va tavsiyalar talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlarni bajarish orqali bilimlarini yanada boyitishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallardan foydalanish hamda ilmiy maqolalar va tezislar nashr etish orqali talabalar bilimini yanada oshirish tavsiya etiladi.
V.Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarga “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
mustaqil ravishda darslik, o‘quv qo‘llanmalar va metodik q o‘llanmalardagi mavzularni o‘rganish va tahlil qilish;
tarqatma materiallar bo‘yicha o‘rganilgan ma’ruza materiallarini o‘zlashtirish;
ish turlari bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarish;
axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzu bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash;
fanga oid BMI, kurs ishilarini o‘rganish, tahlil qilish va tayyorlash;
zamonaviy ta’lim texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish usullarini o‘rganish;
ta’lim jarayonida muammoli o‘qitish usullari va masofaviy ta’limdan foydalanish
|
| |