|
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti matematika va umumiqtisodiy fanlar kafedrasi fan.: Axborot texnologiyalarini sohada qo
|
bet | 3/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #229287 |
Bog'liq 1-mavzu. Kirish 2024 sirtqi 1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari о‘rganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan. 2. Axborot texnologiyasi tizimining unsurlari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik, erganomik va umumiy ta’minotlarni о‘rganadi. 2. Axborot texnologiyasi tizimining unsurlari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik, erganomik va umumiy ta’minotlarni о‘rganadi. 3. Boshqarish subyekti faoliyatiga ta’luqli bо‘lgan iqtisodiy masalalarni yechish yо‘llari о‘rganiladi.
Axborotning asosiy sifat kо‘rsatkichlari.
axborotning mazmundorligi
Axborotning reprezentativligi
Axborotning dolzarbligi
axborotning yetarliligi
axborotning о‘z vaqtidaligi
axborotning aniqligi
Axborotning ochiqligi
Axborotning barqarorligi
Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko‘rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. - Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko‘rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.
XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter bu - turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
1943-yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari Djon Mochli va Prespera Ekerta tomonidan elektron lampalar asosida boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) bo‘lib, keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich yaratildi. Og‘irligi 30 tonna, uzunligi 30 metr bo‘lib, tarkibida 18 ming elektrolampalar bor edi. Mashinada 1950-yilda birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti matematika va umumiqtisodiy fanlar kafedrasi fan.: Axborot texnologiyalarini sohada qo
|