|
Toshkent davlat transport universiteti “Transportda axborot tizimlari
|
bet | 1/5 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #100524 |
Bog'liq 4-LABORATORIYA. KOMPYUTERDA QO‘SHIMCHA OT NI YUKLASH UCHUN VIRTUAL BOX DASTURINI QO‘LLASH.
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari”
kafedrasi
TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT
fanidan
4 – laboratoriya ishi
Тоshkent -2023
№4 Laboratoriya
MAVZU: KOMPYUTERDA QO‘SHIMCHA OT NI YUKLASH UCHUN VIRTUAL BOX DASTURINI QO‘LLASH.
Ishdan maqsad: Bir kompyuterda bir necha operatsion tizimni yuklash va sozlashni o‘rganish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1.Uslubiy ko‘rsatma bilan batafsil tanishing
2.Dasturni o‘rnatish va sozlash.
3.Qo‘shimcha OTni “VirtualBox” dasturi orqali yuklash.
Qo‘shimcha OTni yuklash uchun kompyuterlarni virtual tarzda ishlatish imkonini beruvchi, Oracle VM VirtualBox dasturini o‘rnatish, sozlash talab etiladi. VirtualBox dastur bepul xisoblanadi va bir nechta tillarda ishlaydi. Dasturni InnoTek korxonasi 2007 yili ishlab chiqargan. 2008 yili Sun Microsystem korxonasi uni sotib olgan va xozirgacha uni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu dastur xozirgi kundagi deyarli barcha OT (Windows, Linux/Unix, Mac OS) larni virtual ravishda o‘z kompyuteringizda ishlatish imkonini beradi.
VirtualBox ning imkoniyatlari:x86-virtualizatsiya;
ko‘p-yadroviy va ko‘p protsessorlik imkoniyatlari;
audio qurilmalar bilan ishlash;
USB-xostlarni virtualizatsiyasi;
ishlash tezligi yuqoriligi va shu bilan birga kompyuter resurslariga talabi baland emasligi;
xar xil turdagi tarmoq ulanishlar bilan ishlash (NAT, Host Network, Bridge, Internal);virtual kompyuterlarni xolatlarini "rasmga" olib ularni saqlab qo‘yish imkoniyati (snapshots), va ularga virtual kompyuterni ortga qaytarish mumkinligi;
VirtualBoxdasturini sozlash va boshqarishni buyruqlar yordamida cmd orqali boshqarish imkoniyati.
|
| |